• 3-mavzu: Vektorli ob’ektlarning tuzilishi va xususiyatlari
  • = 55 =  COREL DRAW dasturida murakkab chiziqlar va shakllar xosil kilish  Egri chiziqlar guruxi asboblari (Surve)




    Download 4,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/55
    Sana16.11.2023
    Hajmi4,25 Mb.
    #100059
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
    Bog'liq
    vEKTORLI GRAFIKA ASOSLARI

    = 55 = 
    COREL DRAW dasturida murakkab chiziqlar va shakllar xosil kilish 
    Egri chiziqlar guruxi asboblari (Surve) 
    Egri chiziqlar guruxi asboblari panelida quyidagi uskunalar bor:
    Chizish (Freehand), Bez’e (Vezier), Pero (Natural Pen), Chizik ulchami
    (Dimension), Boglovchi chizik (Sonnector Line) va Boglovchi ( Sonnector). 
     
    Кo’pburchak asbobi (Ro1ugon). 
    Кo’pburchakni, kerakli tomonlarga ega bo’lgan geometric ob’ekt sifatida
    tushunish mumkin. Кo’pburchakning bir varianti sifatida yulduzchani olish
    mumkin, bunda ichki chizilgan ko’pburchakni maydonini kesib utadi.
    Кo’pburchakni yoki yulduzchani chizish to’rtburchak chizishdan farqi yo’k.
    S1g1 tugmasini bosib turgan xolda muntazam ko’pburchak chiziladi.
    Кupburchak parametrlarini ob’ekt xossalari paneli orqali o’zgartirish mumkin. 
    Кo’pburchak vkladkasini tanlab ushbu panelda tomon qirra maydonida 
    ko’pburchakning qirralar sonini kiritish mumkin. Qirralar o’tkirligi maydonida 
    shartli birliklarda qirraning o’tkirlik darajasini kiritish mumkin.
    Кo’pburchak va yulduzcha tugmachalari ko’pburchaklarni tanlash imkonini
    beradi. Barcha ushbu maydon va tugmachalar xossalar asboblari qatorida
    qaytariladi 


    O’MT = Vektorli grafika asoslari Tuzuvchi: Maxsus fan o’qituvchisi O’lmasbek Xolmirzayev 2-son KHM
    = 56 = 
    Shuni aytib utish kerakki dasturda ba’zi kelishmovchiliklar xam bor.
    Masalan,
    parametrlar muloqot oynasida ko’pburchakning yulduzcha shaqlidagi yana
    bir turi mavjud. (Ro1ugon as Star) 
    3-mavzu: Vektorli ob’ektlarning tuzilishi va xususiyatlari 
    Vektor grafikasida tasvir vektor deb nomlanuvchi chiziqlar asosida
    qurilib, ularga turli parametrlar – rang, chiziq qalinligi va joylashuvi 
    (vaziyati) xususiyatlari beriladi.


    O’MT = Vektorli grafika asoslari Tuzuvchi: Maxsus fan o’qituvchisi O’lmasbek Xolmirzayev 2-son KHM
    = 57 = 
    Vektor grafikasida primitivlar deb nomlanuvchi ob‘ektlar bilan 
    ishlanadi. Primitivlarga ikki va uch o’lchamli oddiy geometrik figuralar
    kiradi. Ikki o’lchamli geometrik figuralarga – nuqta, to’g‗ri chiziq, egri 
    chiziq, aylana, ko’pburchak kabi tekis shakllar kirsa, uch o’lchamli geometrik
    figuralarga – kub, prizma, piramida, sfera, konus, silindr kabi jismlar kiradi.
    Ushbu oddiy geometrik figuralar asosida murakkab bo’lgan geometrik 
    figuralar – ob‘ektlar yaratiladi.
    Vektorli grafika odatda ob’ektga qaratilgan grafika yoki chizma 
    grafikasi deb ham nomlanadi. Vektor grafikasida asosiy mantiqiy element
    primitivlar bo’lganligi uchun, asosiy e‘tibor primitivlarni qurishda ularning
    parametrlariga qaratiladi. Misol uchun yopiq ko’pburchak tomonlari teng
    yonli yoki ixtiyoriy bo’lishi, yopiq hududlar aylana, ellips yoki ixtiyoriy egri
    chiziq asosida qurilishi mumkin bo’lib (1.4- rasm, a), ushbu yopiq
    ko’pburchak yoki hudud ichini ranglash (1.4- rasm, b), gradientlash (1.4-
    rasm, c) yoki shtrixlash (1.4- rasm, d) mumkin.
    Agar rastr grafikasida bazaviy element nuqta bo’lsa, vektor grafikasida 
    chiziq hisoblanadi. Chiziq to’g‗ri yoki egri (splayn) bo’lishi mumkin. Chiziq bir 
    butun ob‘ekt hisoblanib, u matematik ifodaga ega. Shuning uchun ham vektor
    grafikasi fayl hajmi rastr grafikasiga nisbatan ancha kam joy egallaydi. Vektor 
    grafikasi bilan ishlaganda biron bir ob‘ekt tahrirlanganda boshqa ob‘ektlar 
    tahrirlanmaydi. Ya‘ni tasvirda biron bir geometrik ob‘ektga osongina o’zgartirish
    kiritish mumkin bo’lib, shu ob‘ekt ustida yoki ostida joylashgan boshqa
    geometrik ob‘ektlar tahrirlanmasligi imkoniyatlari mavjud.
    Vektor grafikasi aniq va tiniq tasvirlar yaratishga imkon beradi. 
    Tasvirlar masshtablashtirilganda ularning sifati saqlanib qoladi. Shuning 


    O’MT = Vektorli grafika asoslari Tuzuvchi: Maxsus fan o’qituvchisi O’lmasbek Xolmirzayev 2-son KHM
    = 58 = 
    uchun ham undan dizayn, poligrafiya, reklama va animatsiyada keng 
    foydalaniladi (1.5-rasm).
    Vektorli grafikaning eng qulay tomoni u chiqarish qurilmalarining 
    barcha sifat sig‗imi imkoniyatlaridan foydalanadi. Ya‘ni vektor buyruqlari 
    chiqarish qurilmasiga, aytaylik printerga berilgan masshtabdagi tasvir chiziq va
    ranglarini printer qancha nuqtadan iborat qilib chiza olsa shuncha nuqtalarni
    qo’llashni buyuradi. Agar rastrli format printerga chegaralangan nuqtalar
    to’plamidan foydalanib chop ettishni buyursa, vektorli format printer qancha 
    nuqtalar to’plamini qo’llay olsa shuncha nuqtalarni qo’llashni buyruq beradi.
    Vektorli tasvirlar kompyuterdan chiqarish qurilmasi (printer)ga turli 
    vektor buyruqlarini yo’llaydi. Printerlarda o’zining mikroprotsessori bo’lib, u 
    buyruqlarni qayta ishlaydi va ularni nuqta ko’rinishda qog‗ozga tushiradi.
    Printerlarning turiga qarab ayrim hollarda kompyuter va printer
    orasidagi ikki mikroprotsessorning axborotlarni qayta ishlashida muammolar
    yuzaga keladi va natijada tasvir qog‗ozda qisman yoki umuman chop etmasligi 
    yoki ekranga xatolik haqidagi axborot chiqarilishi mumkin.

    Download 4,25 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




    Download 4,25 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    = 55 =  COREL DRAW dasturida murakkab chiziqlar va shakllar xosil kilish  Egri chiziqlar guruxi asboblari (Surve)

    Download 4,25 Mb.
    Pdf ko'rish