N a zo ra t sa vollari va topsh iriq lari:
1. O ’zbekiston standartlashtirish davlat tizim iga ta 'rif bering?
2. M intaqaviy standartlashtirish deganda nimani tushunasiz?
3. Milliy standartlashtirishdagi oxirgi o ’zgarishlar?
4. Standartlashtirish davlat tizimi nim aga asoslanadi?
T ayanch iboralar:
O ’zbekiston standartlashtirish davlat tizimi standartlashtirishning asosiy
vazifasi-faoliyatning barcha sohalarida tartibga tushirishga qaratilgan ilmiy-
texnikaviy faoliyat sifatida, standartlashtirish ishlarini tashkillashtirish va o ’tkazish
tartibini belgilaydi, O ’zbekiston standartlashtirish davlat tizimi -"ma'lum butunlik,
yagonalikdan" iborat b o ’lib, faqat "harakatda", ya'ni doimiy va muttasil ravishda
69
rivojlanish, dolzarblanish sharoitlarida ishlaydi, O ’zbekiston standartlashtirish davlat
tizimi me'yoriy hujjatlami rejalashtirish, ishlab chiqish, kelishish, davlat ro ’yxatidan
o ’tkazish tartibini o ’m atadi; meyoriy hujjatlam i tekshirish, bekor qilish, qayta k o ’rib
chiqish, ularga o ’zgartirishlar kiritish; mahsulot ishlab chiqarishni me'yoriy hujjatlar
bilan ta'minlash, xizm at k o ’rsatish, tashish, saqlash, sotuvga chiqarish, ta'mirlash,
ishlatish yoki ist'emol qilish, qayta foydalanish; me'yoriy hujjatlam ing ilmiy-
texnikaviy darajasini ekspertizadan o ’tkazish va baholash ishlarini o ’tkazish usullari;
xalqaro, davlatlararo, hududiy, xorijiy standartlami q o ’llanish usullari tartibini
o ’matadi.
E slab qolish u chu n atam alar:
Standartlashtirish davlat tizimi, tarmoqlararo tizim, meyoriy hujjatlar, ilmiy-
texnikaviy daraja, hududiy, davlatlararo, xorijiy standartlar, Xalqaro tashkilot,
Xalkaro elektrotexnik komissiya.
2.2-§. S ta n d a rtla sh tirish ish larin in g h u q u q iy asoslari
O ’zbekiston
Respublikasida
standartlashtirish
b o ’yicha
ishlami
tashkillashtirish to ’g ’risida" Respublika Vazirlar M ahkam asining qarori bilan
belgilangan standartlashtirishning tashkiliy asoslari "Standartlashtirish to ’g ’risida"
O ’zbekiston Respublikasining Qonuni bilan qonunlashtirilgan. Qonun 28 dekabr
1993 yilda qabul qilingan, 28 fevral 1994 yil umumiy axborot vositalarida chop
etilgan va shu kundan boshlab kuchga kirgan.
Qonunda standartlashtirishning asosiy maqsadlari belgilangan:
-iste'm olchilar va davlatning mahsulot (xizmatlar) ning aholi hayoti, sog’ligi va
mulki, atrof-muhit uchun xavfsizligi masalalari bo’yicha manfaatlarini himoya qilish;
-mahsulotning o ’zaro almashinuvchanligi va moslashuvchanligini ta'minlash;
-mahsulotning sifati va uning raqobatbardoshligini oshirish;
-barcha turdagi boyliklam ing tejalishiga ko’maklashish;
-ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalami amalga oshirish;
70
-tabiiy va texnogen halokatlar va boshqa favqulodda vaziyatlarning sodir
bo’lishi ehtimolini hisobga olgan holda xalq xo’jaligi ob'ektlarining xavfsizligini
ta'minlash;
-o ’lchashlarning birligini ta'minlash.
O ’zbekiston
Respublikasining
"Standartlashtirish
to ’g ’risida"
qonunida
belgilanganki, Respublikada standartlashtirish b o ’yicha ishlarni o ’tkazish umumiy
tashkiliy-texnik qoidalarini belgilovchi O ’zbekiston standartlashtirish Davlat tizimi
faoliyat ko’rsatadi. Bu qoidalam ing o ’zi «O ’zstandart» agentligi tomonidan
o ’rnatiladi.
X alqaro (davlatlararo, hududiy), xorijiy me'yoriy hujjatlar «O ’zstandart»
agentligi tomonidan belgilangan tartibda q o ’llaniladi, yagona va uzluksiz ta'lim
davlat tizim ida ta'lim davlat standartlari ish-lab chiqiladi, Respublika Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yaratilayotgan standartlashtirish b o ’yicha me'yoriy hujjatlar mamlakatimiz va
xorijiy davlatlam ing fan va texnikasining zamonaviy yutuqlariga asoslanishi va
Xalqaro savdo uchun ortiqcha to ’siqlar paydo b o ’lmasligi kerak. Raqobatbardoshlikni
ta'minlash uchun oldindan tuzilgan standartlar yaratilishi lozimdir.
Mahsulotni me'yoriy hujjatlarsiz ishlab chiqarish va sotuvga chiqarish qat'iyan
man etiladi.
M ahsulotning aholi hayoti, sog’ligi, mulkiga xavfsizligini ta'-minlaydigan
me'yoriy hujjatlam ing talablari, mahsulotning mos keluvchanligi va o ’zaro
almashinuvchanligini, bulam i tekshirish usullarining bir xilligini va bir xil
tam g’alanishini ta'minlash uchun rioya qilinishi shart.
Standartlar va o ’lchashlar birligini ta'minlash ustidan davlat nazorati idoralari,
ob'ektlari va sub'ektlari, davlat nazoratini bajaruvchi davlat inspektorlarining
huquqlari va mas'ulligi, shuningdek davlat nazorati sub'ektlarining va bularga rahbar
shaxslaming standartlashtirish to ’g ’risida qonunlam i buzganligi uchun, shuningdek
standartlardagi majburiy talablam i buzganligi uchun javobgarliklari belgilangan.
Davlat nazorati idoralariga quyidagi: aniqlangan buzilishlami bartaraf etish
to ’g ’risida ko’rsatma berish; jarim a solish; tadbirkor sub'ektlarning lavozimli
71
shaxslarini ma'm uriy javobgarlikka tortish; tekshirilgan mahsulotni ishlab chiqarishni
ta'qiqlash yoki sotuvga q o ’yish (etkazib berish, sotish)ni, foydalanish (ekspluatatsiya
kilish) ni to ’xtatish; standartlarning majburiy talablariga mos kelm aydigan va davlat
ro ’yxatidan
o ’tmagan
im port
mahsulotning
xaridga qo’yilishini
ta'qiqlash;
mahsulotni ishlab chiqarish yoki sotuvga q o ’yishni (etkazib berish, sotishni)
ta'qiqlash to ’g ’risidagi davlat inspektorining ko'rsatm asini buzganligi uchun jarim a
yozish huquqlari berilgan.
Jarima
sud
tom onidan
belgilanadi,
agar
tadbirkor
sub'ekt
qoidani
buzganlikdagi aybini o ’z b o ’yniga olsa va jarim ani o ’z ixtiyori bilan to ’lashga rozi
b o ’lsa, bu to ’g ’rida qaror Davlat nazorat idoralari tom onidan qabul qilinadi.
O ’zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asining 10 noyabr 2006 yildagi
235-sonli qarori bilan D avlat nazorati to ’g ’risidagi N izom da jarim aga tortish qismida
o ’zgartirishlar va qo’shim chalar kiritilgan. Bu N izom 12 avgust 1994 yil 410-sonli
hukumat qarori bilan tasdiqlangan.
Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan ishlar ro ’yxati belgilangan:
-xalqaro, davlatlararo, hududiy me'yoriy hujjatlam i ishlab chiqish yoki
qatnashish;
-standartlashtirishning muayyan ob'ektlari bo’yicha qonun huj- jatlarining
loyihalarini ishlab chiqish;
-asos b o ’luvchi tashkiliy-uslubiy va umum texnikaviy me'yoriy hujjatlami
ishlab chiqish va uning ishlashini ta'minlash;
-texnik-iqtisodiy axborot tasniflagichlarini ishlab chiqish, ular to ’g ’risida
rasmiy axborot tayyorlash va chop etish, shuningdek barcha foydalanuvchilarga
tarqatish:
-um umdavlat ahamiyatidagi ilmiy-tadkiqot va boshqa ishlami bajarish;
-standartlarning majburiy talablariga rioya qilish ustidan davlat nazoratini
amalga oshirish;
-me'yoriy hujjatlar davlat jam g ’armasini shakllantirish va olib borish.
Standartlami, mahsulot va xizm atlar katalogini belgilangan tartibda sotuvga
qo’yishdan olingan m ablag’lar, standartlashtirish to ’g ’risidagi qonunlarni buzganligi
uchun jarim aga tortishdan olingan m ablag’lam ing bir qismi ham moliyalash
manbalari b o ’Iishi mumkin.
|