• 1.3-§. M etrologik tam inotning asosiy maqsadi
  • U. M. Matmusayev, M. Q. Qulmetov, T. A. Ochilov, T. A. Toytrova, J. R. Muxtarov metrologiya, stand artlash




    Download 8,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/150
    Sana24.11.2023
    Hajmi8,02 Mb.
    #104425
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
    Bog'liq
    Metrologiya, standartlash va sertifikatlash asoslari

    Eslab qolish uchun atamalar:
    Metrologiya, kattalik, kattalik o ’lchami, kattalikning qiymati, chin qiymat, 
    haqiqiy qiymat, k o ’rsatkich, kattaliklar tizimi, asosiy kattalik, hosilaviy kattalik, 
    karrali, ulushli, o ’lchov aniqligi, birlik etaloni, davlat etaloni, o ’lchash vositasi.
    15


    1.3-§. M etrologik ta'm inotning asosiy maqsadi
    «O ’zstandart» agentligi D avlat tizim ining qoidalarini quyidagicha amalga 
    oshiradi:
    a) mahsulotning yaratilish va foydalanish davrining hamma bosqichlarida 
    sifatni va bozor munosabatlari sharoitlarida uning raqobatbardoshlik qobiliyatini 
    oshirish;
    b)agregatlar, qismlar, detallam ing o ’zaro alm ashinuvchanligini ta'minlash;
    v) o ’lchash natijalarining kerakli aniqligi, ob'ektivligi va ishonchligini 
    ta'minlash asosida ilmiy-tadqiqot va tajribaviy loyihalash ishlari, hamda sinovlar 
    unumini oshirish;
    g) savdo-sotiq va aholiga maishiy xizm at k o ’rsatish bilan bog’liq o ’lchov 
    ishlarini bajarish;
    d) sog’likni saqlash, m ehnat va atrof-m uhitni muhofaza qilish masalalarini hal
    qilish.
    Metrologik ta'm inot darajasi mahsulotning sifat k o ’rsatkichlariga bevosita ta'sir 
    etadi. Natijada, bu ta'sir samaradorligini oshirish maqsadida metrologik ta'm inot 
    masalalariga alohida ahamiyat beriladi.
    «O ’zstandart» agentligining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
    1) belgilangan huquqiy tartib, yuridik va jism oniy shaxslam ing huquqlari va 
    manfaatlarini 
    o ’lchash 
    natijalarining 
    ishonchli 
    bo’lmaganligi 
    tufayli 
    salbiy 
    oqibatlardan him oya qilish;
    2) o ’lchash vositalarini ishlab chiqarish, ta'm irlash, sotish va ijaraga berish 
    masalalari b o ’yicha davlat boshqaruv idoralari va x o ’jalik sub'ektlari orasidagi 
    munosabatlami y o ’lga qo’yish;
    3) O ’zbekiston Respublikasining xalq x o ’jaligi majmuasini barcha sohalarida 
    o ’lchashlar birligiga va talab etilgan aniqligiga erishishni ta’minlash asoslari va 
    sharoitlami yaratish;
    4) o ’lchashlar birligini ta'minlash milliy tizim ning qoidalari va tadbirlarini, 
    xalqaro hamkorlikda texnikaviy to ’siqlarni bartaraf etish maqsadida xalqaro
    16


    tashkilotlami va boshqa davlatlam i shunga o ’xshash tizim larining tavsiyalari bilan 
    uyg’unlashtirish;
    5) metrologiya faoliyati sohasida xalqaro va mintaqaviy m iqyosda hamkorlikni 
    ta'm inlash, o ’lchashlar, qiyoslash, kalibrlash, sinash, sertifikatlashtirish va metrologik 
    idoralami va xizmatlami akkreditlash natijalarini o ’zaro tan olish to ’g ’risidagi 
    davlatlararo bitimlarni bajarish uchun sharoitlami yaratish;
    6) x o ’jalik sub'ektlari darajasida «O ’zstandart» agentligi talablarini sifat 
    tizimlarini, hamda korxonalar va tashkilotlarda amal qilayotgan boshqa tizim lam ing 
    talablari va qoidalari bilan uyg’unlashtirish.
    M etrologik xizmat bo’yicha «O ’zstandart» agentligining asosiy vazifalari 
    quyidagilardan iborat:
    1) Xalqaro birliklar tizim ini joriy etish va unga rioya qilish asosida va 
    «O ’zstandart» agentliging metrologik me'yorlari, qoidalari va tadbirlarini, o ’lchashlar 
    birligini ta'minlash, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va akkreditlashtirish 
    bo’yicha xalqaro tashkilotlar va milliy tizim lar tavsiyanomalari bilan uyg’unlashtirish 
    asosida O ’zbekiston Respublikasining davlatlararo munosabatlarini rivojlantirishga 
    ko’maklashish;
    2) O ’zbekiston Respublikasining xalq x o ’jaligi majmuasi-ning ajralmas qismi 
    sifatida «O ’zstandart» agentligining rivojlantirishini oldindan aytib berish;
    3) o ’lchashlar birligini, talab etilgan aniqligini, ishonchliligini ta'minlash, 
    hamda o ’lchash uslublarini, o ’lchash vositalarini, unumdorligi va ishonchliligini 
    oshirishni mukammallashtirish asosida ilmiy va texnikaviy potentsialni, milliy 
    iqtisodni rivojlantirishda qatnashish;
    4) bozor munosabati sharoitlarida o ’lchashlami ma'qul bo’lgan tartibda tashkil 
    etish va mahsulot yaratishning barcha bosqichlarida metrologik ta'minlash asosida 
    mahsulot sifati va raqobatbardosh-ligini ta'minlash.
    5) jam oat manfaatlarining barcha sohalarida, shu jum ladan savdo, sog’liqni 
    saqlash, mehnat xavfsizligini, mahsulot va texnologiyalam i, atrof-muhitni muhofaza 
    qilishni hisobga olgan hollarda o ’lchash natijalarining kerakli ishonchlilik bilan 
    o ’matish va ta'minlashni yuridik va huquqiy asoslarini yaratish.
    17


    «O ’zstandart» agentligining maqsadlari va vazifalarini amalga oshirish turli 
    ixtisos va mulk shaklidagi barcha darajadagi x o ’jalik sub'ektlarini hisobga olgan 
    holda mamlakatni xalq x o ’jaligi majmuasini metrologik ta'm inlash y o ’li bilan 
    bajariladi.
    «O ’zstandart» agentligining asosiy vazifalarini bajarish quyidagicha amalga 
    oshiriladi:
    - kattalik birliklarining davlat etalonlari va yuqori aniqlikdagi o ’lchash 
    vositalarini yaratish va m ukam mallashtirish, kattalik birliklarining o ’lchamlarini 
    etalonlardan barcha o ’lchash vositalarga uzatish me'yorlarini va qoidalarini belgilash 
    maqsadida ilmiy tadqiqotlami tashkil etish va o ’tkazish;
    - o ’lchashlar birligini ta'm inlashning asosiy nizom lari, qoidalari, talablari va 
    me'yorlarini standartlashtirish, « O ’zstandart» agentligining huquqiy, me'yoriy va 
    uslubli asosini yaratish va saqlab turish;
    - jam iyatni ishonchsiz o ’lchashlam ing salbiy oqibatidan him oya qilishni 
    ta'm inlash uchun metrologik me'yorlar va qoidalami ishlab chiqish va tasdiqlash;
    - fan, ma'lumot va axborotdan, hamda metrologik idoralardan, texnikaviy, 
    m ehnat va moddiy-moliyaviy m anbalardan tashkil topgan metrologik infra tuzilmani 
    tuzish va boshqarish.
    «O ’zstandart» agentligi quyidagilardan tashkil topadi va am alga oshiriladi:

    O ’zbekiston 
    R espublikasida 
    qo’llanilishga 
    ruxsat 
    etilgan 
    kattalik 
    birliklarining tizimi;
    - mamlakat iqtisodini rivojlantirish talablariga muvofiq bo’lgan aniqlikda 
    birliklam i qayta tiklanishni ta'm inlaydigan kattalik birliklarining davlat etalonlari 
    majmui va eng yuqori aniqlikdagi boshlang’ich o ’lchash vositalaridan;

    kattaliklar birliklarining 
    o ’lchamlarini 
    qiyoslash 
    sxemalari 
    asosida 
    etalonlardan barcha o ’lchash vositalariga uzatish tizimi bilan;
    - vazirliklar, muassasalar, korxonalar miqyosida ishlab chiqiladigan, hamda 
    tasdiqlanadigan va O ’zbekiston standartlash-tirish agentligi nizom lari, me'yorlari, 
    qoidalari va talablarini amalga oshirishni ta'minlaydigan me'yoriy va uslubli hujjatlar 
    majmuasi bilan;
    18


    o ’lchash 
    vositalari 
    turini 
    sinash, 
    m etrologik 
    attestatsiyalash, 
    sertifikatlashtirish, ulam ing davlat leestrini yuritish y o ’li bilan;
    - o ’lchash vositalarining qiyoslanishi, kalibrlashi, solishtirishini tashkil etish va 
    amalga oshirish, o ’lchashlami bajarish uslublarini metrologik attestatsiyalash bilan;
    - modda, materiallar tarkibi va xossalarini tavsiflaydigan kattaliklar birliklarini 
    qayta tiklanishini ta'm inlaydigan moddalar, m ateriallar tarkibi va xossalarining 
    standart namunalarini yaratish, tasdiqlash va foydalanish bilan;
    - modda va materiallarning fizik o ’zgarmas xossalari to ’g ’risidagi standart 
    ma'lumotlardan foydalanish bilan;
    - metrologik idoralar, ishlar va xodim lam i akkreditlashtirish, ruxsatnoma 
    berish va sertifikatlashtirish y o ’li bilan;

    metrologik 
    axborotni 
    tasniflash 
    va 
    kodlash 
    tizim i 
    va 
    axborotli 
    texnologiyalam i joriy etish bilan;
    - davlat va boshqa metrologik idoralarining metrologik tekshiruvi va nazorat
    orqali.
    «O ’zstandart» agentligining ilmiy asosi metrologiya bo’lib, bu o ’lchashlar, 
    ulam ing birligini ta'minlash uslublari va vositalari va talab etilgan aniqligiga erishish 
    usullari to ’g ’risidagi fan.
    «O ’zstandart» agentligining texnikaviy asosi O ’zbekiston Respublikasining 
    o ’lchashlar birligini ta'minlash davlat tizimi masalalarini echishni ta'minlaydigan 
    texnikaviy vositalar majmuasidir va o ’z ichiga quyidagilam i oladi:
    - kattaliklar birliklarining davlat etalonlarini;
    - etalonlardan ishchi o ’lchash vositalariga qiyoslash sxem asiga muvofiq 
    kattaliklar birliklarini uzatish vositalarini;
    - moddalar, materiallar tarkibi va xossalarining standart namunalarini;
    - xo’jalik sub'ektlarining faoliyatini m etrologik ta'm inotida foydalaniladigan 
    o ’lchash va yordamchi uskunasini.
    «O ’zstandart» agentligining me'yoriy asosi O ’zbekiston Respublikasining 
    o ’lchashlar birligini ta'minlash davlat tizimining hujjatlar majmuasidir, hamda
    19


    «O ’zstandart» agentligi qoidalarini amalga oshirishni ta'm inlaydigan m e'yoriy va 
    uslubiy hujjatlaridir.
    «O ’zstandart» agentligining axborot asosini, ilmiy-tadqiqotlar va yutuqlar, 
    qoidalar, nizomlar, talablar, tavsiyanom alar va boshqa m etrologiya bo’yicha 
    axborotni o ’z ichiga olgan ilmiy, me'yoriy, uslubli va ma'lumotli materiallardir.
    O ’zbekiston Respublikasining o ’lchashlar birligini ta'minlash davlat tizim ining 
    tashkiliy asosi O ’zbekiston Respublikasining m etrologik xizmatidir. U davlat 
    metrologik xizmati va yuridik shaxslam ing metrologik tuzilmasidan iborat b o ’ladi.
    O ’zbekiston Respublikasida o ’lchashlar birligini ta'minlash bo’yicha ishlami 
    muvofiqlashtirish m etrologiya b o ’yicha Milliy idora - «O ’zstandart» agentligi amalga 
    oshiradi.
    D avlat metrologik xizm atiga o ’lchashlar birligini ta'minlash b o ’yicha 
    belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa xizm atlar kiritilishi mumkin.
    «O ’zstandart» agentligi qoshidagi davlat etalonlarining Markazi O ’zbekiston 
    Respublikasining etalon bazasini rivojlanishini va mukammallashtirishini asosiy 
    y o ’nalishlarini aniqlash ishlarini, kattaliklar birliklarining davlat etalonlarini yaratish, 
    saqlab turish, asrash va qo’llash ishlarini o ’tkazadi.
    M etrologik xizm atning bosh markazi o ’lchashlar birligini ta'minlashni ilmiy- 
    uslubiy, texnik-iqtisodiy, tashkiliy, me'yoriy asoslarini ishlab chiqishni, metrologiya 
    sohasida kadrlami tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiradi.
    M etrologiya bo’yicha Davlat boshqarish faoliyati - O ’zbekiston Respublikasi 
    Vazirlar M ahkamasi qoshidagi «O ’zstandart» agentligi hisoblanadi. «O ’zstandart» 
    agentligiga quyidagilar bo’ysinadi:
    1. M etrologiya bo’yicha hudud va tarmoqlararo koordinatsiyalash faoliyati.
    2. Yaratish qoidalarini belgilash, tasdiqlash, saqlash va fizik o ’lchov 
    birliklarining etalonlarini qo’llanilishi.
    3. Vositalar, uslublar va o ’lchash natijalariga umumiy metrologik shartlam i 
    aniqlash.
    4. Davlat metrologik nazoratini amalga oshirish.


    5. O ’zbekiston Respublikasi barcha hududida majburiy kuchga ega bo’lgan, 
    boshqa davlat boshqarish idoralari bilan birgalikda metrologiya masalalari bo'yicha 
    me'yoriy aktlami qabul qilish.
    6 . M etrologiya bo’yicha ilmiy va m uhandis-texnik kadrlam i tayyorlash.
    7. M etrologiya b o ’yicha O ’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarga 
    rioya etishni nazoratdan o ’tkazish.
    8. M etrologiya masalalari bo’yicha xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok
    etishi.
    Metrologik xizm atning davlat idoralari, Q oraqalpog’iston Respublikasi, 
    viloyatlar va shaharlam ing standartlashtirish, m etrologiya, sertifikatlashtirish 
    markazlari «O ’zstandart» agentligi tasdiqlangan SMShM to ’g ’risidagi Nizomga 
    muvofiq o ’lchashlar birligini ta'minlash bo’yicha muvofiqlashtirish ishlarini, O ’zDst 
    8.002 b o ’yicha davlat metrologik tekshiruv va nazoratiga tegishli doirasida 
    biriktirilgan hududida m etrologik tekshiruv va nazoratni amalga oshiradilar.
    Xalq x o ’jaligi m ajm uasida o ’lchashlar birligini ta'm inlash uchun davlat 
    boshqaruv idoralari va yuridik shaxslar o ’z faoliyatining xususiyatlarini hisobga 
    olgan holda birlashm alarda, tashkilotlarda va korxonalarda bosh, tayanch va 
    metrologik xizmatlarini tashkil etadilar.
    Korxonalarda o ’lchashlar birligini ta’minlash b o ’yicha o ’tkaziladigan ishlar, 
    faoliyatining asosiy turlariga ta'lluqlidir.
    Barcha 
    darajadagi 
    metrologik 
    xizmatlari 
    o ’z 
    ishlarini 
    O ’zbekiston 
    Respublikasining o ’lchashlar birligini ta'minlash davlat tizim ining Davlat metrologik 
    xizmati idoralari bilan kelishilgan me'yoriy hujjatlariga va ular to ’g ’risidagi 
    nizomlarga muvofiq tashkil etadilar.
    Metrologik xizm at bo’limi o ’z ishlarini ular haqidagi nizom lar asosida olib 
    boradi: ushbu nizomlar idora boshliqlari qarori bilan tashkil etilgan xizm atlam ing 
    namunaviy nizomlari 
    asosida tuziladi va boshliq tomonidan 
    tasdiqlanadi. 
    «O ’zstandart» agentligi to ’g ’risidagi Nizom O ’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
    Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.
    21



    Download 8,02 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




    Download 8,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    U. M. Matmusayev, M. Q. Qulmetov, T. A. Ochilov, T. A. Toytrova, J. R. Muxtarov metrologiya, stand artlash

    Download 8,02 Mb.
    Pdf ko'rish