U. M. Matmusayev, M. Q. Qulmetov, T. A. Ochilov, T. A. Toytrova, J. R. Muxtarov metrologiya, stand artlash




Download 8,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/150
Sana24.11.2023
Hajmi8,02 Mb.
#104425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
Bog'liq
Metrologiya, standartlash va sertifikatlash asoslari

I-BOB. M ETROLO GIYA ASOSLARI
l.l- § . O ’zbekiston o ’lchashlar birligini ta'minlash tizimi
O ’lchashlar birligini ta'm inlash Davlat tizimi har qanday davlat uchun muhim 
vazifalardan hisoblanadi. M am lakatning barcha tadbirkor sub'ektlari ulam ing qanday 
tashkilotga tegishliligi va mulkdorlik shaklidan qat'iy nazar, o ’lchashlar birligiga 
rioya qilish lozimdir.
M am lakatim izda o ’lchashlar birligi o ’lchashlar birligini ta'm inlash tizimining 
faoliyati natijasidata'm inlanadi.
O ’zbekiston 
Respublikasida 
o ’lchashlar 
birligini 
ta'm inlash 
tizimi 
m am lakatim iz 
xalq 
x o ’jaligi 
kom pleksining 
samarali 
iqtisodiy 
rivojlanishi 
talablaridan kelib chiqqan holda, o ’lchashlar birligiga erishish va uni asrash ilmiy- 
asoslangan, texnik maqbul va iqtisodiy maqsadga muvofiq me'yorlar, qoidalar va 
protseduralar tizimidir.
O ’lchashlar birligini ta'm inlash tizimining asosiy nizomlari O ’zDSt 8.001-1998 
«O ’lchashlar birligini ta'minlash tizim i. Asosiy nizomlar» da bayon etilgan.
O ’zbekiston o ’lchashlar birligini ta'minlash tizim ining asosiy maqsadlari 
m e'yoriy-huquqiy hujjatlarda quyidagicha belgilanadi:
-o ’m atilgan qonun-tartiblarini, yuridik va jism oniy shaxslam ing huquq va 
manfaatlarini o ’lchashlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan him oya qilish;
-o ’lchash vositalarini tayyorlash, ta'mirlash, sotish va ijara masalalari bo’yicha 
boshqarish 
davlat idoralari 
bilan x o ’jalik yurituvchi 
sub'ektlar o ’rtasidagi 
m unosabatlam i tartibga solish;
-O ’zbekiston xalq x o ’jaligi kompleksining barcha sohalarida o ’lchashlam ing 
birliligi va talab etilgan aniqligiga erishishni ta'm inlaydigan shart-sharoitlam i 
yaratish;
-O ’zbekiston o ’lchashlar birligini ta'm inlash Davlat tizim i qoidalari, me'yorlari 
va protseduralarini xalqaro tashkilotlar va boshqa davlat o ’zshash tizimlarining 
tavsiyanom alari bilan u yg’unlashtirib, xalqaro hamkorlikda texnik to ’siqlarni bartaraf 
etish;
6


-metrologik faoliyat doirasidagi ishlam i xalqaro va hududiy darajalarda o ’zaro 
hamkorlik qilish va tan olishni ta'minlash;
-tadbirkorlik sub'ektlari darajasida O ’zbekiston o ’lchashlar birligini ta'minlash 
tizimi talablarini boshqa tizim lam ing talablari bilan uyg’unlashtirish.
O ’zbekiston o ’lchashlar birligini ta'minlash Davlat tizim ining asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat:
-milliy qoidalarini xalqaro qoidalari bilan uyg’unlashtirish asosida davlatlararo 
m unosabatlaming rivojlanishiga ko’maklashish;
- O ’zbekiston o ’lchashlar birligini ta'm inlash tizimining rivojlanishini bashorat
qilish;
-o ’lchashlam ing birligini, talab etilgan aniqligini, ishonchliligini ta'minlash 
asosida milliy iqtisodiyotning ilmiy va texnik im koniyatlarini rivojlantirishda 
qatnashish, 
shuningdek 
o ’lchashlar 
uslublarini, 
o ’lchash 
vositalarini 
mukammallashtirish va ulam ing aniqligi, ish unumi va puxtaligini oshirishga yordam 
berish.
O ’zbekiston 
Respublikasida 
28 
dekabr 
1993 
yilda 
«M etrologiya 
to’g ’risida»dagi 
qonuni 
qabul 
qilinganligi 
munosabati 
bilan 
O ’zbekistonda 
o ’lchashlar birligini ta'm inlash tizimining qonuniy asosi yaratildi.
Bu qonunda m etrologiya sohasida ishlatiladigan atam alar va ta'riflar, davlat 
boshqaruv vakolatli idorasining faoliyat sohasi, fizik kattaliklam ing birliklari, ularni 
qayta tiklash va qo’llanilishi, O ’zbekiston Respublikasining m etrologik xizmatlari
davlat 
metrologik 
tekshiruv 
va 
nazorati, 
m etrologiya 
b o ’yicha 
ishlami 
moliyalashtirish belgilangan.
O ’zbekiston o ’lchashlar birligini ta'm inlash tizim i-bu davlat tomonidan tartibga 
solinadigan o ’lchashlar birligini ta'minlash bo’yicha ishlami o ’tkazish talablari, 
qoidalari, nizomlari, me'yorlari va tartibini belgilovchi, o ’zaro bog’liq va bir-birini 
taqoza qiluvchi xalqaro, davlatlararo va milliy me'yoriy va uslubiy hujjatlar 
majmuidir. Bunday hujjatlar majmui metrologiya b o ’yicha milliy idora tomonidan 
tasdiqlanadi va mamlakat hududida foydalanishga kiritiladi.


п
л  vsA
O ’zbekiston Respublikasi davlat va x o ’jalik va boshqaruv idoralari, 
tadbirkorlik sub'ektlari o ’z vakolatlari doirasida davlat metrologik tekshiruvi va 
nazorati qo’llanilmaydigan sohada «O ’zstandart» agentligining o ’lchashlar birligini 
ta'm inlash b o ’yicha me'yoriy hujjatlarini ravshanlashtiruvchi va ularga zid 
kelm aydigan m etrologiya doirasida me'yorlar va qoidalami o ’matuvchi me'yoriy 
hujjatlam i yaratishi va tasdiqlashi mumkin.

Download 8,02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Download 8,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



U. M. Matmusayev, M. Q. Qulmetov, T. A. Ochilov, T. A. Toytrova, J. R. Muxtarov metrologiya, stand artlash

Download 8,02 Mb.
Pdf ko'rish