Elektrotexnikada standartlashtirish b o ’yich a




Download 8,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/150
Sana24.11.2023
Hajmi8,02 Mb.
#104425
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   150
Bog'liq
Metrologiya, standartlash va sertifikatlash asoslari

Elektrotexnikada standartlashtirish b o ’yich a 
Evropa 
q o ’mitasining rasmiy tili 
inglizcha, 
frantsuzcha va nemischa.
Elektrotexnikada standartlashtirish bo’yicha Evropa qo’mitasining asosiy 
maqsadlari Evropa iqtisodiy uyushmasi bilan yaqin ham korlikda elektrotexnik 
standartlar to ’plamini yaratish, shuningdek Evropa erkin savdo assotsiatsiyasi 
Sekretariatining yordam ida bu hudud m am lakatlarida m ollar v a xizm atlam ing yagona 
bozorini ta'minlashdan iborat. Elektrotexnikada standartlashtirish bo’yicha Evropa 
qo’mitasi a'zo-m illiy qo’m italam ing to ’liq o ’zaro kelishuvi bilan yaratilgan 
standartlarga bu vazifani ta'minlash uchun muhim vosita sifatida qaraladi. 
Elektrotexnikada standartlashtirish bo’yicha Evropa q o ’mitasining asosiy faoliyati 
a'zo-mamlakatlar milliy standartlari o ’rtasidagi va buyum lam ing standartlarga 
muvofiqligini sertifikatlashtirish protseduralari o ’rtasidagi barcha texnik farqlami 
bartaraf etishga y o ’naltirilgan. Bunday faoliyat savdoda texnik to ’siqlarga y o ’l 
qo’ymaslik uchun zarur. Bu ish m ollam ing g ’arbiy evropa darajasida erkin yurishi 
uchun zarur kafolat deb hisoblashadi.
Sessiya qatnashchilarining ta'kidlashicha, Jahon savdo tashkilotining tuzilishi 
xalqaro iqtisodiy hamkorlikda yangi davmi ochadi, barcha xalqlam ing farovon 
yashashi uchun ancha oqilona va ochiq ko’p tom onlam a savdo tizimi doiralarida 
ishlashga keng istaklami aks ettiradi.
Jahon 
savdo tashkilotini 
tuzishda savdo 
muzokaralari 
qatnashchilari 
"o’zlarining savdo sohasidagi munosabatlari va iqtisodiy siyosati hayot darajasini 
oshirish, to ’liq bandlikni va hakiqiy darom adlar darajasining jiddiy va doimiy 
o’sishini ta'm inlash, talabning samaradorligi, shuningdek ishlab chiqarishni va mollar 
hamda xizm atlar savdosini kengaytirish maqsadida amalga oshirilishi lozimligiga 
tayanishlari lozim". Bunda iqtisodiy rivojlanishning turli darajalarida barqaror
143


rivojlanish maqsadlarida, atrof-muhitni himoyalash va asrashga intilgan holda dunyo 
boyliklaridan maqbul foydalanish lozimligi e'tiborga olinishi lozim.
Bunda Jahon savdo tashkilotining kuchi rivojlanayotgan mamlakatlarga 
savdodagi tariflarni va boshqa to ’siqlarni jiddiy qisqartirish va xalqaro savdo 
munosabatlarida kamsitishlarni bartaraf etish, savdoda tariflar b o ’yicha Bosh bitim 
(GATT) asosida ancha yashovchan va barqaror k o ’p tom onlam a savdo tizimlarini 
yaratish y o ’li bilan xalqaro savdoning o ’sishida kafolatlangan ulushini ta'm inlashga 
yo’naltiriladi.
Savdo tizim ining asosiy printsiplari:
-kamsitishsiz savdo;
-tariflarni qisqartirish va kamaytirish y o ’li bilan bozorga kirib borishni 
oldindan bilish va kengaytirish (1995-2000 yillarda rivojlangan m am lakatlam ing 
mollarga tariflari 40 % g a qisqardi);
-okilona raqobatni rivojlantirish;

iqtisodiy islohatlam ing rivojlanishini rag ’batlantirish. Jahon savdo tashkiloti 
bo’yicha Bitim ning asosiy kismi 
"K o’p tom onlam a savdo bitimlari" 
va 
"Qatnashchilar doirasi cheklangan Bitim" nomli huquqiy hujjatlardan iborat 
Cheklovlar Bitim lami qabul qilgan Jahon savdo tashkilotining a'zolariga tegishli). 
K o’rsatilgan bitimlarga, m asalan, X izmatlar savdosi bo’yicha bosh bitim (GATS), 
mahsulotni j o ’natishdan oldingi inspektsiya, bojxonadagi narxi, import maxsulotni 
lntsenziyalash, savdodagi texnik to ’siqlar (STT) to ’g ’risida bitimlar, fuqarolar 
aviatexnikasi savdosi to ’g ’risidagi bitim, sut mahsulotlari, mol g o ’shti b o ’yicha 
bitim lar va h.k. kiradi.
O ’zbekiston Respublikasi Jahon savdo tashkilotiga kirishni m o’ljallamoqda. 
Kirish to ’g ’risida 1994-yilda ariza berilgan va shu yilning dekabr oyida kirishga 
tayyorgarlik b o ’yicha ishchi guruh tuzildi. O ’zbekiston Respublikasi 1998-yilda 
Jahon savdo tashkilotiga tashqi savdo rejimi to ’g ’risida memorandum taqdim etdi. 
Jahon savdo tashkilotiga kirish uchun Respublika tashqi savdo rejimini Evropa 
Ittifoqi va Jahon savdo tashkilotining talablariga mos keltirishi lozim. Evropa ittifoqi 
savdodagi texnik to ’siqlar bo’yicha o ’zining qonunlarnni Jahon savdo tashkilotining


qonunlari bilan to ’liq uyg’unlashtirgan. Shuning uchun O ’zbekiston qonunlarini 
Evropa ittifoqining qonunlariga yaqinlashtirish Jahon savdo tashkilotining talablariga 
muvofiqlikni ta'minlaydi. Bu masalani hal etish uchun 1999-yilda Florentsiyada 
(Italiya) Evropa ittifoqi va O ’zbekiston o ’rtasida sherikchilik va hamkorlik b o ’yicha 
bitim (ShHB) imzolandi.
Jahon savdo tashkilotiga kirishga tayyorlanish m aqsadida savdodagi texnik 
to ’siqlar b o ’yicha bitim va fitosanitariya tadbirlarini q o ’llanish bo’yicha bitim 
talablarini bajarish uchun O ’zbekiston Respublikasining “Texnik tartibga solish 
to ’g ’risida" Qonunning loyihasi tayyorlandi.
Savdodagi texnik to ’siqlar bo’yicha bitim maqsadlari uchun (ISO/IEC 2:199(1 
O'zs DSt 1.10) da qabul qilingan atam alar va ta'riflarning o ’zi, lekin savdodagi texnik 
to ’siqlar b o ’yicha bitim konteksti, predmeti va maqsadini hisobga olgan holda 
qo’llaniladi.
Savdodagi texnik to ’siqlar b o ’yicha bitim maqsadlari uchun qo’llaniladigan 
atamalar va ta'riflar:
Savdodagi texnik tadbirlar-m ollarga bajarilishi majburiy b o ’lgan talablami: 
o ’rnatish va amalga kiritish, shuningdek mollam ing bu talablarga muvofiqligini 
majburiy tasdiqlash protseduralarini q o ’llanishni o ’z ichiga olgan texnik siyosat 
tadbirlari;
Savdodagi texnik to ’siqlar-vatanda va xalqaro amaliyotda qabul qilingan 
texnik reglamentlar va standartlar yoki muvofiqlikni tasdiqlash protseduralaridagi 
talablar o ’rtasidagi, ko’proq cheklashlarga ega b o ’lgan farq, ya'ni texnik reglamentlar 
va standartlami yaratishda qonun bo’yicha o ’m atilgan m aqsadlarga erishish uchun 
zaruriydan ortiqcha cheklovga ega, natijada mollami jahon yoki vatan bozorida sotish 
uchun oddiy tijoratdagiga nisbatan qo’shimcha m ablag’ va (yoki) vaqt sarflashga 
sabab bo’luvchi farqlar.
Texnik reglament-molning tafsilotlari o ’rnatilgan hujjat yoki bu tafsilotlar 
bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish jarayonlari va uslublari, shu jum ladan 
qo’llaniladigan, rioya qilinishi majburiy bo’lgan ma'muriy nizomlar. Hujjat molga, 
ishlab chiqarish jarayoni yoki uslubga nisbatan qo’llaniladigan atamalar, belgilar.
145


idishlarga joylash, tam g’alash yoki etiketka yopishtirishga talablam i ham o ’z ichiga 
olishi yoki faqat shunday talablardan iborat b o ’lishi mumkin.
Standart-vakolatli idora tom onidan tasdiqlangan, umumiy va ko’p marta 
foydalanish uchun m o’ljallangan qoidalar, q o ’llanmalar yoki m ollam ing tafsilotlarini 
yoki bular bilan bog’liq bo’lgan, rioya qilinishi majburiy bo’lmagan ishlab chiqarish 
jarayonlari v a uslublarini o ’z ichiga olgan hujjat. Bu hujjat o ’z ichiga atamalar, 
belgilar, tam g ’alash yoki m olga tegishli etiketkalami yopishtirishga talablam i ham 
o ’z ichiga olishi yoki fakat shunday talablardan iborat bo’lishi mumkin.
O'z D St 1.10 da keltirilgan ta'rifga asosan, standartlar majburiy yoki savdodagi 
texnik to ’siqlar b o ’yicha bitim maqsadlariga m o’ljallangan standartlardan farqli 
ravishda, q o ’llanishi majburiy b o ’lmagan ixtiyoriy b o ’lishi mumkin.
Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo’lishning muhim sharti standartlashtirish 
b o ’yicha milliy idoralar tom onidan standartlami tayyorlash, tasdiqlash va 
q o ’llanishga oid vijdonan yaqinlashish amaliyoti kodeksini tan olish va rioya 
qilishdan iborat.
V ijdonan 
amaliyot 
kodeksini 
tan 
olgan 
va 
unga 
rioya 
qiladigan 
standartlashtirish b o ’yicha idoralar savdodagi texnik to ’siqlar bo’yicha bitim 
printsiplariga rioya qiluvchilar sifatida Jahon savdo tashkilotining a'zosi deb tan 
olinadi.
O ’z SDT ni islohot qilish asosiy y o ’nalishlari fundamental dastlabki shartga: 
mahsulot, jarayon, xizm atlarga talablam i o ’m atishning ikki darajali tizim iga o ’tish 
(rioya qilinishi shart bo’lgan texnik reglam entlam ing talablari va talablariga rioya 
qilish shart b o ’lmagan standartlar-ixtiyoriy standartlar) dan iborat.
O ’zbekistonda, sobiq Sovet Ittifokining boshqa davlatlaridagi kabi, majburiy 
texnik me'yorlar standartlarda, farmakopeya maqolalarida, sanitariya, ekologik, 
shahar qurilish, yong’indan saqlash, veterinariya, energetik, transport qoidalari va 
m eyorlarida va boshqada o ’m atilgan.
M ajburiy hujjatlar turining ko’pligi mamlakatimizdagi ishlab chiqaruvchilar 
uchun mahsulot va xizm atlami yaratish va sotishda hamda tashqi savdo aloqalarida 
qiyinchiliklar tu g ’diradi.
146


Texnik tartibga solish doirasida xalqaro ish amaliyotiga asta-sekin o ’tish va 
texnik to ’siqlar 
b o ’yicha 
bitim 
nizom lariga 
mos 
keltirish 
uchun 
davlat 
standartlashtirish tizim iga "texnik reglament", "ixtiyoriy standartlar" tushunchalari 
kiritilgan. O ’zbekiston 
Respublikasida qo’llaniladigan me'yoriy hujjatlam ing 
darajalariga xalqaro, hududiy va chet m am lakatlam ing milliy standartlari kiritilgan.
Hozirgi vaqtda DAK a'zo-davlatlar tomonidan texnik qonunlar va ulam ing 
huquqiy asoslari b o ’yicha ishlar faol olib borilmoqda. Hozirgi kunda "Texnik tartibga 
solish 
asoslari 
to ’g ’risida" 
milliy 
qonunlar Rossiya federatsiyasi, 
Belarus 
Respublikasi, 
Ukraina, 
Q ozog’iston, 
M oldava 
Respublikasi, 
Q irg’iziston 
Respublikasi tom onidan qabul qilingan.
Bundan tashkari, 2003-yildan boshlab, davlatlararo manfaatga ega b o ’lgan 
sektorlarda davlatlararo model texnik qonunlam i qabul qilish jarayoni boshlandi. 
Mustaqil davlatlar ham do’stligi mamlakatlari tom onidan yangi texnik tartibga solish 
tizim iga o ’tish taxminan 7 yilga rejalashtirilmoqda. M ustaqil davlatlar ham do’stligi 
mamalakatlarining iqtisodiyotida sodir b o ’layotgan yuqori darajadagi integratsiyani, 
respublika 
sanoatida 
davlatlararo 
standartlam ing 
k o ’pligi 
(foydalanayotgan 
hujjatlaming umumiy sonidan 60-80 foizni tashkil etadi), O ’zbekistonning yaqin 
orada Jahon savdo tashkilotiga kirishini hisobga olgan holda texnik tartibga solish 
sohasida mustaqil davlatlar ham do’stligi mamlakatlari bilan kelishilgan harakatlami 
o ’tkazish zarur.

Download 8,02 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   150




Download 8,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektrotexnikada standartlashtirish b o ’yich a

Download 8,02 Mb.
Pdf ko'rish