Agar yarim o‘tkazgichga elektr kuchlanish berilsa, elektronlar bir atomdan boshqasiga
bir xil yo‘nalishda harakatga keladi. Teshiklar esa qarama-qarshi yo‘nalishda paydo bo‘ladi.
Zaryadi elektron zaryadiga teng bo‘lgan musbat zaryadlangan zarracha teshik deb ataladi.
Elektronlar harakatiga qarama-qarshi yo‘nalgan teshiklarning harakati teshikli tok deb
ataladi. Teshikli tok tufayli yuzaga kelgan yarim o‘tkazgichning elektr o‘tkazuvchanligi
teshikli yoki n
-tipidagi* o‘tkazuvchanlik deyiladi.
Shunday qilib, elektronlarning bir yo‘nalish, teshiklarning qarama-qarshi yo‘nalish
bo‘yicha harakatlanishi yarim o‘tkazgichlarning xususiy o‘tkazuvchanligini belgilaydi,
chunki tok tashuvchilar (elektronlar va teshiklar) yarim o‘tkazgichning xususiy atomiga
tegishli hisoblanishadi.
Bu holatda umumiy tok
I elektron
I