Nazorat savollari 1. Kombinatorikada nimalar o„rganiladi?
2. Kombinatorika matematikaning alohida yo„nalishi sifatida qachon
shakllandi? 3. Kombinatorika iborasi qachon, kim tomonidan kiritilgan?
4. Kombinatsiya deganda nimani tushunasiz?
5. Kombinatsiyani tashkil qilgan elementlarning o„rni almashtirilsa,
uning xususiyati o„zgaradimi? 6. To„plamning qism to„plamlari soni qanday topiladi?
7. Dekart ko„paytma deganda nimani tushunasiz? 8. Dekart ko„paytmadagi birlashmalar soni qanday topiladi?
9. Qo„shish va ko„paytirish qoidasi qanday ifodalanadi? 10. Umumlashgan qo„shish va ko„paytirish qoidasini ayting. 11. Asosiy kombinatsiyalarga nimalar kiradi? 12. O„rin almatirishlar soni qanday hisoblanadi? 13. O„rin almashtirishlar formulasini tushuntiring. 14. O„rinlashtirishlar soni qanday hisoblanadi?
15. O„rinlashtirishlar formulasini tushuntiring.
16. O„rin almashtirish va o„rinlashtirishlar orasidagi farqni ayting.
17. Guruhlash tushunchasini ayting.
18. Guruhlash formulasini keltirib chiqaring.
19. O„rinlashtirish, o„rin almashtirish va guruhlashlar orasidagi farqni
tushuntiring.
20. Guruhlashning qanday xossalari mavjud?
21. Paskal uchburchagi haqida ma‟lumot bering.
22. Paskal uchburchagining xossalarini ayting.
23. Paskal uchburchagi va qisqa ko„paytirish formulalari orasidagi
bog„lanishni tushuntiring.
47
24. Arifmetik uchburchak va binomial koeffitsiyentlar orasida qanday
bog„lanish mavjud?
25. Nyuton binomi formulasini ayting.
26. Binom koeffitsiyentlarining xossalarini ayting.