3
SO‘Z BOSHI
Matematika fani borliqdagi obyektlarning fazoviy formalari va ular
orasidagi miqdoriy munosabatlarni baholash xususiyatiga ko„ra deter-
ministik va stoxastik yo„nalishlarga ajralgan. XX asrning 80‒90-
yillarida ilmiy manbalarda “stoxastika” atamasi keng qo„llanila
boshlandi va u matematika fanining tasodifiylikka asoslangan barcha
tarmoqlari: kombinatorika, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika,
tasodifiy jarayonlar nazariyasi, graflar nazariyasi, o„yinlar nazariyasi,
matematik mantiq kabi sohalarning umumlashma nomi sifatida talqin
etila boshlandi.
Respublikamizda stoxastika elementlarining (kombinatorika, ehti-
mollar nazariyasi va matematik statistika) tushunchalari akademik litsey
va kasb-hunar kollejlari matematika fani o„quv dasturlariga kiritilgan.
Mazkur o„quv qo„llanma akademik litsey va kasb-hunar kollejla-
rining matematika fani o„quv dasturlaridagi kombinatorika, ehtimollar
nazariyasi va matematik statistikaga oid barcha materiallarni o„z ichiga
oladi. O„quv qo„llanma
4 ta bob, 15 ta paragraf, 38 ta banddan iborat
bo„lib, har bir paragraf bir necha bandlarga bo„lingan.
Qo„llanmaning eng ijobiy va yutuq tomonlaridan biri ‒ muallifning
tadqiqotlari asosida misol va masalalar yangidan tuzilganligi, nazariy
materiallar esa o„quvchilarning psixologik xususiyatlarini va fanning
uzviyligi, izchilligini hisobga olib bayon qilinganligidadir. Shuningdek,
nazariy ma‟lumotlarni bayon etishda misollardan keng foydalanilgan
bo„lib, 323 ta misol va masalalar yangi tuzilgan, jumladan: 81 ta misol
va masalalar yechib ko„rsatilgan.
O„quv qo„llanmaning
birinchi bobida stoxastika elementlarining
paydo bo„lishi haqidagi ayrim tarixiy ma‟lumotlar, stoxastika
tushunchasining ma‟nosi va stoxastik metodlarning ahamiyati, bu
sohani shakllanishiga salmoqli hissa qo„shgan yetuk olimlar haqida
ma‟lumotlar, stoxastikaning matematika ta‟limida va uzluksiz ta‟limda
tutgan o„rni bilan bog„liq ba‟zi ma‟lumotlar bayon etilgan.