20
rahbarligida doktoranturani o„tadi va 1953-yili shu institutda “Bir jinsli
Markov zanjirlari uchun limit teoremalar” mavzusida doktorlik dissertat-
siyasini himoya qildi. Bu dissertatsiyaga B.V.Gnedenko, Yu.V.Minnik
va M.V.Smirnov kabi taniqli akademiklar opponentlik vazifasini baja-
rishgan. S.H.Sirojiddinovning doktorlik dissertatsiyasida birinchi bo„lib
bog„liqsiz tasodifiy miqdorlar uchun markaziy limit teoremalardagi
qoldiq hadning nolga intilishi tartibi bir jinsli
Markov zanjirlari uchun
ham bir xil bo„lishligi isbot qilinganligi
ehtimollar nazariyasi va
matematik statistika fanida katta yangiliklardan biri bo„ldi. Shuningdek,
bu natijalarni olishda oddiy Markov zanjirlari uchun A.N.Kolmogorov
tomonidan isbotlangan ko„p o„lchovli lokal teoremaning qoldiq hadining
asimtotik yoyilmasi topildi. Bu natijalarni olishda S.H.Sirojiddinov
stoxastik matritsalarni spektral nazariyasini kashf etdi va uni analitik
metod ‒ xarakteristik funksiyalar metodi bilan moslashtirdi.
S.H.Sirojiddinovning matematik statistikaga bag„ishlangan ishlari ishlab
chiqarish mahsulotlarini nazorat qilish metodlariga bag„ishlangan.
1953‒1957-yillarda Moskva Davlat universitetida professor vazifasida
ishlagan paytlarida tayyor mahsulotlar sifatini statistik usullar bilan
nazorat
qilish,
diskret
taqsimotlarni
o„rta qiymatlari uchun
“siljimaydigan” statistik baholar topish masalalari bilan shug„ullanib,
katta natijalarga erishdi. Akademiklar V.I.Romanovskiy (1879-1954),
T.A.Sarimsoqov (1915-1995), S.H.Sirojiddinovlarning (1920-1988)
sa‟y-harakatlari natijasida O„zbekistonda matematika
sohasida yetakchi
ilmiy maktab barpo etildi. Bu maktab bag„rida matematikaning turli
ilmiy yo„nalishlari, shu jumladan, zamonaviy ehtimollar nazariyasi va
matematik statistika rivojiga bebaho hissa qo„shgan olimlarning butun
bir guruhi tarbiya topdi. Ayniqsa, akademik S.H.Sirojiddinovning
zamonaviy matematikaning yangi yo„nalishlarini rivojlantirishda, yosh
talantli matematiklarni tanlash va tarbiyalash, O„zbekistonda matematik
ta‟limni takomillashtirish va rivojlantirishdagi katta xizmatlarini alohida
ta‟kidlash joiz. Uning rahbarligida va bevosita
ishtirokida ehtimollar
nazariyasi va matematik statistika fani hamda O„rta Osiyo matematika
tarixi ustida keng miqyosda ilmiy tadqiqotlar olib borildi, bu sohalarda
bajarilgan ishlar mamlakatimiz va xorij mutaxassislarining diqqatiga
sazovor bo„ldi. Xorijlik S.A.Ayvazyan, M.L.Meshalkin kabi yetuk
mutaxassislar S.H.Sirojiddinovning bevosita shogirdlari hisoblanadi. U,
O„zbekiston ehtimolliklar nazariyasi va
matematik statistika fanini
hamda matematika tarixini o„rganish sohasidagi yetakchi ilmiy
markazlardan biriga aylanishiga o„zining betinim mehnati, faoliyati
21
bilan salmoqli hissa qo„shdi. S.H.Sirojiddinov tashabbusi bilan
ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanining, jumladan: o„zaro
bog„liq tasodifiy miqdorlarni qo„shish nazariyasi;
tasodifiy jarayonlar
(xususan, tarmoqlanuvchi jarayonlar, ommaviy xizmat qo„rsatish
sxemalari, statsionar jarayonlarning ektremal masalalari); statistik
baholarning asimtotik xossalari kabi zamonaviy yo„nalishlarda ilmiy
tadqiqotlar olib borildi. S.H.Sirojiddinov ehtimollar nazariyasi va
matematik statistika fani bo„yicha ilmiy mutaxassislarni tayyorlashga
ham katta e‟tibor berdi, uning rahbarligida 10 dan ortiq doktorlik va 60
dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi, shuningdek, u 120
dan
ortiq ilmiy maqolalar, 5 ta monografiya, 2 ta o„zbek tilida nashr
etilgan darsliklar (“Kompleks o„zgaruvchining funksiyalari”, “Ehtimol-
lar nazariyasi va matematik statistika”) va bir necha o„quv qo„llanmalar
muallifi, ko„pgina ilmiy asarlar muharriridir. S.H.Sirojiddinov samarali
ilmiy-pedagogik faoliyatini jamoat va tashkiliy ishlar bilan qo„shib olib
bordi. U 1956-yil O„zRFA haqiqiy a‟zosi, 1957‒1960 va 1962‒1967-
yillarda O„zR FA ning V.I.Romanovskiy nomli matematika instituti
direktori, 1967‒1970-yillarda ToshDU (hozirgi O„zMU) rektori, 1970‒
1983-yillarda O„zR FA Vitse prezidenti, 1983‒1987-yillarda ToshDU
rektori vazifalarida xizmat qildi. 1986-yili ehtimollar nazariyasi va
matematik statistika fani bo„yicha Xalqaro Bernulli jamiyatining 1-
kongressi Toshkentda bo„lib o„tgani va unda akademik S.H.Sirojiddinov
tashkiliy qo„mita raisi vazifasini bajarganligini faxr-iftixor bilan
eslaymiz. Olim 1956-yilda Moskva matematiklar jamiyatining
a‟zoligiga, 1966-yilda ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
sohasida dunyo miqyosida tan olingan mutaxassis sifatida Xalqaro
statistika institutining a‟zoligiga saylandi. S.H.Sirojiddinov ilm-fanga
qo„shgan katta hissasi uchun hamda
yuqori malakali matematik
mutaxassislarni tayyorlashda yuksak xizmatlari, samarali ilmiy, ijtimoiy
faoliyati uchun O„zbekistonda xizmat ko„rsatgan fan arbobi (1970-y.) va
Abu Rayxon Beruniy nomli davlat mukofoti (1973-y.) hamda bir qancha
ordenlar, medallar va faxriy yorliqlar bilan mukofotlandi.