VSEVOLOD IVANOVICH ROMANOVSKIY




Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/85
Sana01.01.2024
Hajmi1,93 Mb.
#129364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   85
Bog'liq
kombinatika, ehtimol 230170022338

 
VSEVOLOD IVANOVICH ROMANOVSKIY 
 
(1879-1954) Qozog„istonning Verniy (hozirgi Olma-
ota) shahrida tug„ilgan. Yoshlik yillarida uning oilasi 
Toshkentga ko„chib keladi va u o„rta ma‟lumotni 
Toshkent real bilim yurtida oladi. 1906-yilda Peter-
burg universitetini a‟lo baholar bilan tamomlagandan 
so„ng, magistraturaga qabul qilinadi. Magistraturada 
o„qish davrida unga mashhur rus matematigi
A.A. Markov ilmiy rahbarlik qiladi va magistrlik 
imtihonlarini topshirgach, 1908-yilda Toshkentga qaytdi hamda o„zi 
bitirgan o„quv yurtida fizika va matematika o„qituvchisi bo„lib ishladi. 
1912-yilda “Xususiy hosilali differensial tenglamalar” mavzusida 
dissertatsiya yoqlab, magistr ilmiy darajasini oldi. 1911‒1917-yillarda 
Polshaning Varshava va Rostovning Don universitetlarida dastlab 
dotsent, so„ngra professor lavozimlarida ishladi. 1916-yilda doktorlik 
dissertatsiyasini tayyorladi, lekin o„sha paytdagi urush sharoitida uni 
yoqlash imkoniyati bo„lmadi. Lekin V.I.Romanovskiyga 1935-yilda 
dissertatsiya yoqlamasdan fizika-matematika fanlari doktori ilmiy 
darajasi berildi. V.I.Romanovskiy faoliyati mobaynida O„rta Osiy 
Davlat universiteti (hozirgi O„zMU) bilan ilmiy va pedagogik aloqani 
uzmadi. 34 yil davomida, dastlab matematika kafedrasiga, so„ngra 
ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasiga rahbarlik qildi. 


16 
Bir necha yillar fizika-matematika fakulteti dekani lavozimida xizmat 
qildi. O„zbekiston Fanlar Akademiyasi tashkil topgan davr 1943-yildan 
boshlab, V.I.Romanovskiy uning haqiqiy a‟zosi, akademiya Prezidiumi 
a‟zosi, fizika-matematika bo„limi raisi, matematika va mexanika ilmiy 
tadqiqot instituti rahbari lavozimlarida faoliyat olib bordi. Taniqli 
matematik olimlar T.N.Qori-Niyoziy, N.N.Nazarov, T.A.Sarimsoqov, 
S.H.Sirojiddinov, M.K.Kamolov, M.I.Eydelnant, N.A.Akbarxo„jayev, 
umuman, 60 dan ortiq kishilarning birinchi ustozi V.I.Romanovskiydir. 
U matematikaning turli xil sohalariga doir 170 dan ortiq ilmiy ishlarni 
e‟lon qilgan. V.I.Romanovskiy ustozi A.A.Markov tomonidan kiritilgan 
“tasodifiy miqdorlarning zanjir arqoni bog„liq bo„lishligi” tushunchasini 
umumlashtirdi. Manfiy bo„lmagan matritsalar nazariyasini kengaytirib
uni Markov zanjiriga tatbiq etdi. Zamonaviy ehtimollar nazariyasi va 
matematik statistika fanida Romanovskiyning “Matritsa metodlari” juda 
ahamiyatlidir. V.I.Romanovskiy matematik statistikani mustaqil 
matematik fan sifatida shakllanishiga salmoqli hissa qo„shgan 
olimlardan biridir. Uning “Математическая статистика” (M., 1938, 
803 bet) nomli fundamental kitobi xorijiy universitetlarda ham asosiy 
darslik sifatida uzoq yillardan biri foydalanib kelingan. Shuningdek
V.I.Romanovskiy Markov zanjiri bo„yicha yozilgan birinchi adabiyot 
“Дискретые цепи Маркова” M., 1949, 507 bet), matematik statistika 
metodlarini xalq xo„jaligining turli sohalari (texnika, qishloq xo„jaligi, 
sanoat, iqtisod)ning tatbiqiga bag„ishlangan “Применение математи-
ческой статистики в опытном деле” nomli klassik adabiyotlar 
muallifi. Shuningdek, O„zbekistonda matematikaning asosiy yo„na-
lishlaridan biri bo„lgan ehtimollar nazariyasi va matematik statistika 
sohasida dunyo miqyosida tan olingan mutaxassisdir. V.I.Romanovskiy 
ehtimollar nazariyasi va matematik statistika sohasidagi yirik ilmiy 
ishlari bilan O„zbekiston matematikasini butun dunyoga tanitdi. U 
Toshkent matematika jamiyatining 1918-yildan boshlab doimiy raisi
“Bilim” jamiyatining aktiv a‟zosi, O„zbekiston Fanlar akademiyasining 
akademigi, “O„zbekistonda xizmat ko„rsatgan fan arbobi” va bir necha 
medallar, bir qancha davlat mukofotlariga sazovor bo„lgan.

Download 1,93 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   85




Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish