17
TOSHMUHAMMAD ALIYEVICH SARIMSOQOV
(1915-1995) Andijon viloyati Shahrixon shahrida
tug„ilgan. Uning bolalik yillari Qo„qon shahrida
o„tgan. O„rta ma‟lumotni Qo„qon shahridagi maktabda
olgan. 1931-yilda O„rta Osiyo Davlat universitetining
(hozirgi
O„zMU) fizika-matematika fakultetiga
o„qishga qabul qilinib, uni 1936-yilda tamomlagan va
ehtimollar
nazariyasi
va
matematik
statistika
kafedrasiga aspiranturaga qoldirilgan, shu davrda
fizika-matematika fakultetida assistentlik vazifasini
ham bajargan. T.A.Sarimsoqov akademik V.I.Romanovskiy ilmiy
rahbarligida 1938-yili “Ikkinchi tartibli differensial tenglamalar
integrallarining ildizlari taqsimoti va algebraik tenglamalarning
asimtotik taqsimoti” mavzusida nomzodlik disertatsiyasini himoya qildi
va shu yili unga dotsentlik ilmiy unvoni berildi. 1939‒1941-yillarda
matematika kafedrasi mudiri va fizika-matematika fakulteti dekani
muovini, 1941‒1942-yillarda harbiy xizmatda harbiy meteorolog
vazifasida xizmat qilgan. Shu bilan birga, akademik V.I.Romanovskiy
rahbarligida 1942-yilda “Mumkin bo„lgan holatlari sanoqli bir jinsli
tasodifiy jarayonlar nazariyasiga doir” mavzusida doktorlik dissertat-
siyasini yoqladi va T.A.Sarimsoqovga professor ilmiy unvoni berildi.
Olim birinchilar qatorida 1943-yilda tashkil topgan O„zbekiston Fanlar
Akademiyasining haqiqiy a‟zosi etib saylandi. 1943‒1946-yillarda O„zR
FA ning Vitse-prezidenti, 1946‒1952-yillarda O„zR FAning prezidenti,
1943-1944, 1952‒1958-yillarda O„rta Osiyo davlat universitetining
(hozirgi O„zMU) rektori, 1959‒1960-yillarda O„zR Oliy va O„rta
maxsus ta‟lim vazirligida bo„lim boshlig„i, 1960‒1970-yillarda O„zR
Oliy va O„rta maxsus ta‟lim vaziri, 1971‒1983-yillarda ToshDU
(hozirgi O„zMU) rektori, 1983-yildan keyin kafedra mudiri kabi bir
qancha lavozimlarda xizmat qilgan. T.A.Sarimsoqov serqirra olim,
mahoratli pedagog sifatida mamlakatimiz va chet el matematika jamoat-
chiligi orasida ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, matematik
analiz, funksional analiz, umumiy topologiya va ularning tatbiqlari
sohasidagi keng qamrovli tatqiqotlar muallifi sifatida tanildi. U –
O„zbekistonda matematikaning asosiy yo„nalishlaridan biri bo„lgan
ehtimollar nazariyasi va matematik statistika sohasida dunyo miqyosida
tan olingan mutaxassis, olim. Ehtimollar nazariyasi bilan shug„ul-
lanuvchi o„zbekistonlik olimlarning an‟anaviy yo„nalishlaridan biri ‒
18
Markov zanjirlari va jarayonlari, tasodifiy miqdorlar yig„indisi uchun
limitik teoremalar, matematik statistikaning parametrik masalalari va
statistik usullarning tatbiqidir. T.A.Sarimsoqov Markov zanjirlari
nazariyasini rivojlantirishga katta hissa qo„shib, limitik teoremalarni
Markov zanjirlari sxemasi bo„yicha tekshirishda muhim natijalarni
qo„lga kiritdi. V.I.Romanovskiyning Markov zanjirlarini matritsa usuli
bilan o„rganish metodlarini kengaytirib umumlashtirishni va ularning
holatlari cheksiz (sanoqli yoki kontinium) to„plamni tashkil qilgan
tasodifiy Markov jarayonlarini
o„rganishga tatbiqlari haqidagi
muammolar T.A.Sarimsoqovning asosiy ilmiy mavzusi bo„lgan.
Holatlari uzluksiz to„plam bo„lgan Markov zanjirlari uchun ehtimollar
nazariyasining asosiy limit teoremalari ‒ markaziy limit teorema va
takroriy logarifm qonunlari uchun o„rinli bo„lgan muammolar
T.A.Sarimsoqov tomonidan ilk bor o„rganilgan. Bu muammolarni
yechish jarayonida
asrning birinchi yarmida L.Fredgolm yaratgan
integral tenglamalar nazariyasini ehtimollar nazariyasi uchun o„ziga xos
ko„rinishda talqin etish mumkinligi isbotlandi. Bu ilmiy tadqiqotlar
holatlari kontinium to„plamlar bo„lgan Markov jarayonlarini o„rganish
uchun “integral tenglamalar metodi” ni yuzaga kelishiga olib keldi.
T.A.Sarimsoqovning ilmiy izlanishlari negizida Markov jarayonlarini
o„rganish va ularni tatbiq etish sohalari bo„yicha yangi istiqbolli ilmiy
yo„nalishlar yuzaga keldi. Bu tadqiqotlar uning rahbarligida va bevosita
ishtirokida
taniqli
matematiklar
S.V.Nagaev,
T.A.Azlarov,
T.L.Malevich, Sh.Q.Formanov, M.U.G„ofurov va boshqalar tomonidan
olib borildi, davom ettirildi, rivojlantirildi. Shuningdek, T.A.Sarimsoqov
rahbarligida abstrakt fazolarda ehtimollar taqsimoti tushunchalari bilan
bog„liq yangi matematik obyektlarni o„rganish ishlari olib borildi. Bu
yo„nalishda funksional analiz fani uchun muhim bo„lgan “topologik
yarim maydonlar” nazariyasi yaratildi. Ehtimollar nazariyasidan farqli
ravishda, bu ehtimollar fazolarida elementar hodisa, tasodiy miqdor kabi
tushunchalarga aniq ma‟no beradigan fizik tushunchalarini topish
imkoniyati yuzaga keldi. T.A.Sarimsoqov tomonidan nazariy fizika
fanidagi muayyan masalalarda uchraydigan jarayonlarning Gilbert
fazolari uchun “kvant ehtimolliklar” ning matematik modellari
mukammal o„rganildi. U ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaga
oid “Основы теории Марковских процессов”. (M.,1954) hamda
“Введение в квантовую теорию вероятностей”. (T., Fan, 307 bet)
nomli monografiyalar muallifi. T.A.Sarimsoqov ilmiy kadrlar
tayyorlashga katta ahamiyat beradi. Uning rahbarligida 50 dan ortiq fan
19
nomzodlari va bir qancha fan doktorlari tayyorlangan. U S.H.Siro-
jiddinov, S.V.Nagaev, M.Ya.Antonovskiy, Yo.Qo„chqorov, Sh.Ayupov
va boshqa yirik olimlarning ilmiy ijodlariga katta ta‟sir ko„rsatgan.
T.A.Sarimsoqov fan va oliy ta‟lim sohasida katta tashkilotchi bo„lib,
O„zR FA ni tashkil qiluvchilardan biri bo„lgan. Uning bevosita
tashabbusi va aktiv ishtiroki bilan matematikaning turli sohalariga doir
bir qancha konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlar o„tkazildi, shu
asnoda O„zbekistonda matematika fanining taraqqiyotiga ko„maklashdi.
T.A.Sarimsoqov yirik pedagog edi, ToshDU (hozirgi O„zMU) ning
matematika fakultetida bir qator maxsus kurslardan ma‟ruzalar o„qigan,
ilmiy seminarlarga rahbarlik qilgan, o„zbek tilida chop etilgan “Haqiqiy
o„zgaruvchili funksiyalar nazariyasi” “Funksional analiz” darsliklari, 5
ta monografiya va 250 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. T.A.Sarim-
soqov respublikada taniqli davlat va jamoat arboblaridan biri, Beruniy
nomidagi Davlat mukofoti laureati, bir qancha orden va medallar,
Faxriy yorliqlar bilan mukofotlangan, O„zbekiston Fanlar akademiyasi
akademigi, O„zbekistonda xizmat ko„rsatgan fan va texnika arbobi,
O„zbekistonda funksional analiz va topologiya maktabining asoschisi va
ehtimollar nazariyasining tatbiqlari sohasidagi chuqur tadqiqotlar
muallifi hamdir. Shuningdek, u sinoptik meteorologiya sohasidagi
tadqiqotlari uchun Davlat mukofotiga sazovor bo„lgan.
|