- O‘zbekistonda ehtimollar nazariyasi va matematik statistika




Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/85
Sana01.01.2024
Hajmi1,93 Mb.
#129364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
kombinatika, ehtimol 230170022338

2-
O‘zbekistonda ehtimollar nazariyasi va matematik statistika 
fani 
 
O„rta Osiyo xalqlari madaniyati tarixida ro„y 
bergan yirik voqealardan biri Toshkent Davlat 
univeritetining (hozirgi O‘zbekiston Milliy univer-
siteti) tashkil etilishidir. Bu nufuzli universitet turli 
davrlarda turlicha atalgan: 1918-yilda Turkiston 
xalq dorilfununi, 1919-yilda Turkiston Davlat 
dorilfununi, 1920-yildan 1954-yilgacha O„rta Osiyo 
Davlat dorilfununi, 1954-yildan 1960-yilgacha 
O„rta Osiyo Davlat universiteti, 1960-yildan 1995-yilgacha Toshkent 
Davlat universiteti, 1995-yildan 2000-yilgacha Mirzo Ulug„bek nomli 
Toshkent davlat universiteti, 2000-yildan boshlab Mirzo Ulug„bek nomli 
O„zbekiston Milliy universiteti. Bu universitetning O„zbekistonda 
matematika ta‟limi va fanining taraqqiyotiga hamda davlat uchun yetuk 


15 
mutaxassislar tayyorlash yo„lidagi hissasi beqiyosdir. Bu nufuzli 
universitetning 
Fizika-matematika 
fakulteti 
tarixi 
1918-yildan 
boshlanadi. Fakultetda o„sha paytda yagona Matematika kafedrasi 
mavjud bo„lib, bu kafedra V.I.Romanovskiy rahbarligida 1935-yilgacha 
fizika-matematika va boshqa fakultetlarda barcha umumiy va maxsus 
matematika kurslarini o„qishni ta‟minladi. Fakultetda mavjud yagona 
matematika kafedrasi asosida 1935-yilda 3ta: ehtimollar nazariyasi va 
matematik statistika, matematik analiz, umumiy matematika kafedralari 
tashkil qilindi. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasiga 
1944-yilgacha O„zbekiston “ehtimolliklar nazariyasi va matematik 
statistika” fanining asoschisi buyuk olim, pedagog V.I.Romanovskiy 
rahbarlik qildi. O„zbekistonda oliy matematika ta‟limining vujudga 
kelishi va dunyoning yirik ilmiy markazlaridagidek darajaga ko„tarilishi, 
Toshkentda yashab, ijod qilgan mashhur olim, ajoyib pedagog, 
akademik Vsevolod Ivanovich Romanovskiy nomi bilan bog„liqdir. 

Download 1,93 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- O‘zbekistonda ehtimollar nazariyasi va matematik statistika

Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish