4
oid ma‟lumotlar bayon qilingan. Shuningdek, kombinatorikaning asosiy
qoidalariga, o„rinlashtirishlarga, o„rin almashtirishga, guruhlashlarga
(gruppalashlar),
binom formulasiga, takrorlanuvchi o„rinlashtirishlar,
o„rin almashtirish va gruppalashlarga hamda takrorlashga doir misollar
keltirilgan.
Uchinchi bobda ehtimollar nazariyasining asosiy tushunchalari,
hodisalar va ular ustida amallar, ehtimollikni hisoblashning turli ta‟rif-
lari, ehtimollikning xossalari, shartli ehtimollik, ehtimollikning ko„pay-
tirish teoremasi, hech bo„lmasa bitta hodisaning ro„y berish ehtimolligi,
to„la ehtimollik formulasi, Bayes formulasi, bog„liqmas sinovlar ketma-
ketligi,
Bernulli sxemasi, binomial taqsimot, ehtimollikning klassik va
geometrik ta‟rifiga doir misollar, hodisalar va ular ustida amallar, shartli
ehtimollik va hech bo„lmasa bitta hodisaning ro„y berish ehtimolligiga,
to„la ehtimollik formulasiga va Bayes formulalari (gipotezalar
teoremasi)ga, bog„liqmas sinovlar ketma-ketligi, Bernulli sxemasi,
binomial taqsimotga doir misollar keltirilgan.
To‘rtinchi bobda matematik
statistikaning obyekti, predmeti,
vazifalari, asosiy masalalari, bosh to„plam, tanlanma to„plam va uni
hosil
qilish usullari, variatsion qator, gistogramma va poligon, empirik
taqsimot
funksiyasi, tanlanmaning o„rta qiymatlari, o„rta arifmetik va
o„rta kvadratik qiymatlar, matematik kutilma va dispersiya kabi ba‟zi
ma‟lumotlar bayon etiladi.
O„quv qo„llanmani tayyorlashda
xorijiy va davlatimiz olimlari,
pedagoglarining darslik, o„quv qo„llanma va ilmiy tadqiqotlari, ilmiy
maqolalaridan hamda muallifning ilmiy tadqiqot natijalaridan keng
foydalanildi.
O„quv qo„llanma bilan to„liq
tanishib, uni takomillashtirishga
foydali maslahatlarini bergan taqrizchilarga o„z minnatdorchiligimizni
bildiramiz.