Uch o’lchovli modellashtirish” o’quv amaliyotidan




Download 8,27 Mb.
bet76/123
Sana01.12.2023
Hajmi8,27 Mb.
#109374
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   123
Bog'liq
Уч ўлчовли моделлаштириш ЎА

KONIMEX TUMAN
KASB-HUNAR MAKTABI

UCH O’LCHOVLI MODELLASHTIRISH
O’QUV AMALIYOTIDAN


MA’RUZA MATNI

2021-yil
KIRISH



Bugungi kun talablari va zamonaviy sanoat ehtiyojlaridan kelib
chiqgan holda, “3D modellashtirish va raqamli animatsiya” fani
ko‘pgina sohalar bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ushbu sohalardagi
jarayonlarning kechishini bevosita uch o‘lchovli modellarni qurish
va ularni animatsiya ko‘rinishida kuzatuvchilarga taqdim etishlar
sababli unga bo‘lgan talab tobora o‘shib borayotganligini kuzatish
mumkin.
Ma’lumki, axborot almashinuvida insonning ko‘rish sezgi
organi yordamida qabul qilingan axborot eng samarali qabul qilinadi
va u xotirada ham chuqur iz qoldiradi. Jumladan, tovush vositasida
berilgan axborot ham ijobiy ta’sir etadi. Ammo axborot almashinuvi nafaqat so‘zlar va tovushlar, balki tasvirlar, ranglar, shakllar va dinamik harakatlar bilan ham amalga oshiriladi. Buning yorqin dalili ommaviy axborot vositasi bo‘lgan televideniya orqali uzatilayotgan turli xildagi kinolar, multfilmlar, kliplar va boshqa
ijtimoiy-madaniy ko‘rsatuvlar uchun uch o‘lchovli kompyuter dasturlari muhitida yaratilgan sahna va personajlar, ularning harakatlarini keltirishimiz mumkin. Shuningdek, ko‘pgina ilmiy tadqiqot obyektlari ustida ish olib borish va olinadigan natijalar ham kompyuterli modellashtirishlarga asoslanadi. Albatta, ushbu ishlar
zamirida yurtimiz iqtisodiyotini ichki va tashqi bozorda yanada mustahkamlash va xalq farovonligi ta’minlash uchun o‘zining intellektual qobiliyatlarini namoyon etadigan yuksak malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash kabi vazifalarga bog‘liq ravishda oily ta’lim muassasasining ilmiy salohiyati va moddiy-texnik
ta’minlanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining moddiytexnika bazasini ustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011 yil 20 maydagi PQ–1533-son qarori hamda “Axborotkommunikasiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini
yana takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013 yil 5 martdagi PQ–1942-son qarori, shuningdek, “2011–2016 yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan
yaxshilash Dasturi” oliy ta’lim sohasida qator yo‘nalishlar bo‘yicha
faoliyat ko‘rsatish va ta’lim mazmunini takomillashtirishni talab
etdi. Jumladan, o‘quv va ilmiy laboratoriyalarni lingafon kabinetlari
hamda ulardagi ilmiy asbob-uskunlari, jihozlari zamon talabiga mos
ravishda yangilanishini jadallashtirish, fanning eng ilg‘or yutuqlari
bilan boyitilgan o‘quv adabiyotlari, zamonaviy kompyuter
texnologiyalarining texnik va dasturiy vositalari bilan ta’minlash,
axborot resurs markazlarining avtomatlashtirilishi va Internet
tarmog‘iga chiqish imkoniyatini yaratish kabi vazifalar belgilangan.
Hozirgi kunda ushbu vazifalarga bog‘liq ravishda respublikada
zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida yangi
o‘quv adabiyotlarni yaratish, axborot resurs markazlariga
joylashtirish va ulardan samarali foydalanishni rivojlantirishga
alohida e‘tibor qaratilayotganini ko‘rish mumkin.
Ushbu vazifalarga bog‘liq ravishda mazkur o‘quv qo‘llanma
yurtimiz oliy ta’lim tizimidagi bakalavr bosqichida o‘qitiladigan
“3D modellashtirish va raqamli animatsiya” o‘quv fani mazmunini
yoritishga bag‘ishlangan. 3D modellashtirish va raqamli
animatsiyaning qo‘llanish ko‘lami juda ham keng bo‘lib, avvalom
bor ushbu sohani vizualligi va ixtiyoriy vaqtda o‘zgartirishlar
kiritish imkoniyati diqqatga sazovordir. Kompyuter grafikasini har
xil – matematik, algoritmik, dasturiy, texnik vositalar majmuasi
tashkil etadi. Boshqacha aytganda, bu puxta ilmiy shu jumladan
matematik bazaga ega fanlar kompleksidir. Gap shundaki, tasvir
monitor ekranida paydo bo‘lishidan avval bir qator
almashtirishlardan o‘tadi va har bir bosqichda o‘zining usul va
algoritmlari qo‘llaniladi. Ayrim bosqichlar obyektning geometrik
xarakteristikalari bilan ishlaydi. Bu xarakteristikalar nafaqat
obyektning shakli va harakatini ifodalashda, balki uning
yoritilganlik jarayonini modellashtirishda ham hisobga olinadi.
Obyekt geometriyasi bilan ishlash uchun geometrik modellashtirish
apparatidan foydalaniladi, va o‘lchamlari bilan berilgan geometrik
obyektni matematik modellashtirishdir. Geometrik obyektlarni
tasvirlashda uning shaklidan tashqari o‘zini tutishini ham hisobga
olish kerak: uchta koordinata o‘qlariga nisbatan (oltita erkinlik
darajasi) ko‘chishi va burilishi hamda metamarfoza (rivojlanish
natijasida boshqa ko‘rinishga o‘tishi, boshqa tusga kirish)
jarayonida geometrik xarakteristikalarini o‘zgartirishi kabilarni.
Ko‘chish va burish nafaqat harakatni tasvirlash uchun kerak, balki
ular yordamida sodda tashkil etuvchilar – primitivlardan murakkab
obyektlar yig‘iladi. Fazoviy obyektlarning obrazini ekran
tekisligida (3D→2D) hosil qilish uchun yana bir geometrik
almashtirish – proeksiyalash qo‘llaniladi. Geometrik obyektlar nafaqat geometrik xarakterlanadi, balki vizual xossalari – rangi, teksturasi, yorqinligi bilan ham
xarakterlanadi. Ushbu qo‘llanmada bu xossalar mufassal qaralmaydi. Asosiy e’tibor tekis poligonlar, ikkinchi tartibli sirtlar va bikubik splaynlar asosidagi sirt modellari ko‘rinishida ifodalangan grafik obyektlarining matematik tavsiflashga qaratiladi.
Tarkibiy sirtlarni tasvirlash va ular harakatini modellashtirish uchun
zarur bo‘lgan geometrik almashtirishlar haqidagi ma’lumotlar qo‘llanmada o‘z aksini topgan.
Keltirilgan nazariy ma’lumotlar asosida real obyektlarni yaratish uch o‘lchovli grafika sohasida keng tarqalgan amaliy dasturiy vositalardan biri hisoblangan 3D Studio Max muhitida aniq misollar orqali qarab chiqilgan. Shuningdek, 3D Studio Max dasturining asosiy buyruqlari, standart obyektlari, modifikatorlari, materiallari, yorug‘lik va kameralar bilan ishlash, obyektlarni animatsiyalashda kadrlar chastotasi almashinuvi, to‘g‘ri va teskari kinematika, obyektlarni bog‘lanishi va zanjiri haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Qo‘llanma materiallari murakkablik darajasining ortishi tartibida tuzilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda oxirgi yillarda rivojlangan davlatlar nashriyotlarida chop etilgan adabiyotlardagi manbalardan keng foydalanildi.


  1. Download 8,27 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   123




Download 8,27 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uch o’lchovli modellashtirish” o’quv amaliyotidan

Download 8,27 Mb.