Malaka ishi mavzuining dolzarbligi




Download 0.53 Mb.
bet3/12
Sana14.06.2021
Hajmi0.53 Mb.
#15019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1. Malaka ishi mavzuining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2016 30- dekabrda O’zbekiston Respublikasi Fanlar aka-demiyasining akademiklari bilan bo’lgan uchrashuvda “Fan-ta’lim-amaliyot” uyg’unligini amalga oshirish, fan va texnika, hamda ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish borasida fundamental fan xodimlari, yetakchi olimlar oldiga bir qator vazifalarni qo’ydi. Shu qatorida joriy yilnig 20- aprelida oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2909-sonli qarori qabul qilindi.

Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning, ijtimoiy hayotning real talablaridan kelib chiqqan holda, yurtimizda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, unga o’qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislar tayyorlash bo’yicha ixtisoslik yo’nalishlarini takomillashtirish borasida katta ishlar qilindi.

Qarorda belgilangan vazifalarning samarali yechimini to’liq ta’minlash maqsadida oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’limmuassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o’quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash maqsadida Oliy ta’lim tizimini 2017-2021 yillarga mo’ljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.

Mazkur dasturda, asosan, mamlakatimizning har bir oliy ta’lim muassasasi bilan AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Niderlandiya, Rossiya, YAponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va shu kabi boshqa davlatlarning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarining o’rnatilgani o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Shu asosda har yili 350 nafardan ortiq xorijlik yuqori malakali pedagog va olimlarning mamlakatimiz oliy o’quv yurtlariga o’quv jarayoniga jalb etilishi ko’zda tutilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, mamlakatimizning izchil rivojlanib borayotgan iqtisodiyotini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, barcha hududlar va tarmoqlarni strategik jihatdan kompleks rivojlantirish masalalarini hal qilish borasida oliy ta’lim tizimi ishtirokini kengaytirish yo’lidagi yana bir muhim amaliy qadamdir.

XXI asrga kelib fizika tabiiy fanlar orasida bilimlarni boshqaruvchi soha bo’lib qoldi. Fizik nazariyalar va fizik tekshirish usullari boshqa tabiat fanlari orasida borgan sari kira boshladi. Shu bilan birga fizika hozirgi zamon texnikasining nazariy asosiy rolini o’ynay boshladi, ko’p sohalar (elektrotexnika, radiotexnika, elektronika, yadro energetikasi va shu kabilar) fizik kashfiyotlar asosida paydo bo’ldi. Shu bilan birga fizikaning tabiatshunoslik sohasi sifatidagi ahamiyati va o’rni belgilanadi.

Fizika asosini fundamental nazariyalar, tabiat qonunlari, ilmiy tushunchalarni tashkil etgan fan hisoblanadi. Fizika mikroolam va kosmos, zaryadlangan zarrachalar va elektromagnit maydondan hamda shunga o’xshash xossalarga tegishli eksperimental dalillarga, hajmi jihatdan ko’p manba faktlarga tayanadi. Bundan yuz yil muqaddam yaratilgan maxsus nisbiylik nazariyasi zamonaviy kuzatish va tajribalar negizida yanada mustahkamlanib bormoqda.

Bitiruv malakaviy ishida nisbiylik nazariyasining yaratilishi davridan hozirgi kungacha bolgan ahamiyati va o’rni xorijly manbalar asosida o’rganilgan vatahlil qilingan.





Download 0.53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0.53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Malaka ishi mavzuining dolzarbligi

Download 0.53 Mb.