• Muammoli pedagogik masala yechish
  • Umum ped na amal-O`um 13-14




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet207/307
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,15 Mb.
    #249463
    1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   307
    Savol va topshiriqlar: 
     
    1. «Bola tarbiyasiga jamoaning ta‘siri»
    va 
    «Jamoaga bolaning ta‘siri» 
    mavzularida munozara va debat 
    uyushtiring. ikki guruhga bo‘linib, birinchi guruh jamoaning bolaga (shaxsga) ta‘sirini, ikkinchi guruh 
    shaxsning(bolaning) jamoaga ta‘sirini yoritib o‘zaro munozara uyushtiring. Bunda har guruh o‘z qarashlari va 
    g‘oyalarini hayotiy misollar bilan asoslab berishga harakat qilishi lozim.
    Munozarada quyidagi ma‘lumotlarga tayanishni unutmang. Jamoaning bola tarbiyasiga ta‘sir ko‘rsatish shakl 
    va uslublari quyidagilar:
    1.
    Jamoaning jamoat fikriga tayanishi. 
    2.
    O‘quvchilar jamoasida tanqid va o‘z-o‘zini, tanqidni rivojlantirish. 
    3.
    O‘quvchilarning sinf majlisi. 
    4.
    -Makro va -mikro guruhda liderning o‘rni. 
    1.
    «Men guruh sardori bo‘lganimda. . .» mavzusida 5 minutlik esse yozing.
    Sаvоllаr 
    1. Jаmоа nimа? 
    2. O`quvchilаr jаmоаsining ishlаb chiqаrish jаmоаlаridаn fаrqi nimаdа? 
    3. Jаmоаning o`zigа хоs хususiyatlаrini tаvsiflаng.
    4. Jаmоаni shаkllаntirish bоsqchlаrini sаnаng vа ulаrning o`zigа хоs хususiyatlаrigа bаtаfsil to`хtаling. 
    5. Jаmоаni tаshkil etish mеtоdikаsi mаzmunini so`zlаng. 
    Keys 
    Muammoli
    pedagogik masala yechish: 
    Yosh o‘qituvchini 1X sinfga sinf rahbari etib tayinladilar. Bu ancha murakkab bo‘lgan va yaqinda tashkil 
    topgan sinf edi. Sinf jamoa bo‘lib uyushmagan, o‘quvchilar tarqoq edi. Sinf rahbari ularni sinf va maktab ishlarini 
    bajarishga chorlash bilan uyushtirishga harakat qildi. Bunga kuzgi ekskursiya ham yordam berdi. Bu o‘qituvchiga har 
    bir bolaning qiziqishi va imkoniyatini bilishga sharoit yaratdi. Sinfda tashkil etilgan xar bir tadbir o‘zaro sog‘lom
    munosabatlarni o‘rnatishga, yuqori sinf o‘quvchilarining jamoadan talablarini qondirishga qaratilgan edi. Sinf 
    o‘quvchilaridan biri o‘z inshosida shunday yozadi: «Men sinfga faqat o‘qish uchun bormayman. Bu yerda mening 
    doimo yordamga tayyor bo‘lgan do‘stlarim bor. Ilgari mening faqat ko‘chada do‘stlarim bor edi. Ular bilan juda 
    ma‘nisiz hayot kechirgan ekanman. Meni unday hayotdan sinfim olib chiqdi. Men go‘zallikni qadrlashga, odamlarni 
    sevishga, ularning mehriga ishonishga, o‘z hatti-harakatim uchun javob berishga o‘rgandim. Men sinfimga biror -bir 
    ziyon yetkazishdan xavotirlanaman». 

    Download 6,15 Mb.
    1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   307




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish