|
Mashg`ulotdan ko‘zlangan maqsad Pdf ko'rish
|
bet | 209/307 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,15 Mb. | | #249463 |
Mashg`ulotdan ko‘zlangan maqsad:
Ta‘limiy maqsad
: ijtimoiy tarbiyaning maqsad, vazifalari va mazmunini yoritib berish, tarbiya metodlarini
mohiyati va turlari to‘g`risida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad:
Tarbiya metodlarini o‘rganish orqali bo`lg`usi o`qituvchilarda tarbiyaviy faoliyatda
ulardan foydalanish ko`nikmalarini shakllantirib borish
Rivojlantiruvchi maqsad:
metodlarini tarbiya jarayonida to‘g`ri tanlab bilishni o‘rgatish, o‘zlashtirishi
past
bo‘lgan o`quvchilarga alohida topshiriqlar berib, individual yondashishni shakllantirish.
MAShG`ULOTNING BORIShI
Tarbiya biz uchun yo hayot- yo
mamot, yo najot yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidir.
Abdulla
Avloniy.
Tarbiya metodlari haqida so‘z yuritilar ekan, avvalo talabalar tarbiya metodi nima? degan tushunchani
yoritishlari kerak. Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday metoddan
foydalanishga bog`liq.
Tarbiya natijasi tarbiya jarayonining usullari, uslubi, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanishga bog`liq.
Tarbiyachilar ta‘sir etishning bola shaxsiyatiga mos usulini eng maqbul usulini tanlab olishi, uning shaxsini
o‘zgartirishi uchun kerakli shart - sharoit yaratishlari lozim. Tarbiya usullari har bir bolaga har qaysi bolalar jamoasiga
alohida munosabatda bo‘lishni nazarda tutadi.
Xalq pedagogikasi o‘zbekona axloq, odob va tarbiyaning murakkab barcha qirralarini o‘zida
mujassamlashtiradi.
Metod- yunoncha atama bo‘lib- aynan nimagadir yo‘l, usul orqali maqsadga erishish yo‘lini bildiradi. Metod, ya‘ni
usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab:
1.
So‘z orqali ifodalash usuli.
2.
Ko‘rgazmalik usuli.
3.
Amaliy, namuna usuli.
4.
Rag`batlantirish va jazo usuli.
Yuqoridagi metodlar o‘z navbatida quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Brinchi guruh-
so‘z orqali uzatish, maslahat berish, ma‘lumotlarni eshitish orqali qabul qilish, hikoya,
ma‘ruza, suhbat va boshqa usullarga;
|
| |