• 13- MAVZU: O‘QUVCHILARNI IQTISODIY VA EKOLOGIK TARBIYALASH, ULARNI AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI REJA.
  • Umum ped na amal-O`um 13-14




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet212/307
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,15 Mb.
    #249463
    1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   307
    ADABIYOTLAR RO`YXATI 
    1.
    O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi». Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining 
    poydevori.T., 1998y. 
    2.
    I.A.Karimov. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. – T.: ―Ma‘naviyat‖, 2008.
    3.
    Мирзиѐев Ш.M. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар 
    фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. –T., ―Ўзбекистон‖, 2017й, 43 б 
    4.
    Pеdаgоgikа. // M.Tохtахоdjаеvаning umumiy tаhriri оstidа. – T.: O`zbеkistоn Fаylаsuflаri Milliy jаmiyati, 2010.
    5.
    Ibragimov X.I.., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika nazariyasi. - T.: ―Fan va texnologiyalar‖ nashriyoti, 2008.
    6.
    Jeff Halstead . Navigating the new pedagogy. R and Education, 2011.84-85b. 
    7.
    Хасанбоев Ж, Тўракулов Х., Хайдаров М., Ҳасанбоева О. Педагогика фанидан изоҳли луғат. – Т.: Фан ва 
    технология, 2008.
    8.
    Ismоilоvа Z. Pеdаgоgikаdаn аmаliy mаshg`ulоtlаr. – T.: Fаn, 2001.


    UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
    153 
    13- MAVZU: 
    O‘QUVCHILARNI IQTISODIY VA EKOLOGIK TARBIYALASH, ULARNI AMALGA OSHIRISH 
    YO‘LLARI 
    REJA. 
    1. Iqtisodiy tarbiya maqsadi va vazifalari. 
    2. Iqtisodiy tarbiya berish yo`llari. 
    3.Ekologik tarbiyaning mohiyati va mazmuni
    4. Darsda va darsdan tashqari ishlarda ekologik tarbiya. 
    MAShG`ULOTNING BORIShI. 
    1.
     
    Iqtisodiy tarbiyaning hozirgi kundagi ahamiyati, uning maqsad va vazifalari yoritib beriladi. Iqtisod, 
    iqtisodiyotning o`zi nima? Bu tushuncha yunon olimi Geliot tomonidan kiritilgan bo`lib, bu – «uy xo`jaligini 
    boshqarish san‘ati» ma‘nosini anglatadi. Keyinchalik bu tushunchaning mohiyati kengayib, ma‘nosi ham to`ldirib 
    borilgan. Iqtisodiyot – bu juda keng va murakkab tushuncha. Iqtisod atamasi tor ma‘noda inson yaratgan barcha 
    boyliklarni tejash, shuningdek, inson mehnatini qadrlash ma‘nosini anglatadi. Keng ma‘noda iqtisodiyot insonning 
    tirikchiligini o`tkazishga qaratilgan xo`jalik faoliyati bo`lib, bu faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanib, yaratilgan 
    mahsulotlarni iste‘mol etish bilan yakunlanadi. 
    Demak, iqtisod inson faoliyatining asosiy jihati bo`lib, jamiyatning eng muhim negizi, uning poydevori 
    hisoblanadi. Chunki, eng avvalo, insonning inson sifatida talab-ehtiyojining qondirilishi, albatta, uning iqtisodiy 
    faoliyati asosida erishiladi. 
    2. Mehnat tarbiyasining iqtisodiy tarbiya bilan aloqadorligi va iqtisodiy ta‘lim, iqtisodiy tarbiya haqida fikr 
    yuritiladi. Iqtisodiy ta‘lim o`quvchilarga xo`jalik yuritish tizimi (oila byudjetini shakllantirish, xo`jalikni yuritish, 
    mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko`paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to`g`ri tashkil etish va hokazolar) 
    to`g`risidagi nazariy bilimlarni berishga yo`naltirilgan pedagogik jarayon. 
    Iqtisodiy tarbiya o`quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda xo`jalik yuritish faoliyat (oila byudjetini 
    shakllantirish, xo`jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko`paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to`g`ri 
    tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko`nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat pedagogik faoliyat jarayoni.
    Yurtboshimizning bu masalaga iqtisodiyotning rivojlantirishning muxim 5 tamoyili iktisodiyot siyosatdan 
    ustun bulishi. Davlat bosh islohatchi bulishi. Qonun ustivorligi. Axolining ijtimoiy ximoyasi. Bozor munosabatlariga 
    bosqichma-bosqich o`tilishi haqidagi qarashlari va iqtisodiy tarbiya berishning yo`l-usullarini ham ko`rib chiqishi 
    lozim. 
    3. Tabiat bilan inson o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ma‘lum qoidalarga bo‘ysungan holda boradi.Bu 
    qonunlarni buzilishi ertami kechmi ekologik xalokatga olib keladi. Mustaqil respublikamizdagi ekologik muammolar
    umumijtimoiy masalalarning ajralmas qismi hisoblanib,keng jamoatchilik oldidagi xal etilishi zarur bo‘lgan
    masalalardan biridir.Ekologiya tushunchasi fanga birinchi bo‘lib ,1866 yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan
    kiritilgan. Ekologiya yunoncha so‘z bo‘lib ,uning ma‘nosi tirik organizmlarning yashash sharoiti yoki tashqi muxit 
    bilan o‘zaro munosabatini bildiradi. Ekologik ta‘lim va tarbiyani bog‘chadan hamda umumta‘lim maktablarining 
    1- sinfidan boshlash kerak. Ekologik tarbiya insonning tabiatiga, biosferaga bo‘lgan yangicha munosabatlarni 
    shakllantirishda muhim bosqich hisoblanadi. Ekologik tarbiya atrof muhitga, olamga, xayvonot va o‘simlik dunyosiga 
    muxabbat va extiyotkorona munosabatlarni shakllantirish jarayonidir. 
    Ajdodlarimiz bu masalaga aloxida e‘tibor bilan qaraganlar . Bolalar go‘daklik chog‘laridanoq axloqiy va 
    mehnat tarbiyasini oilada boshlaganlar. Ularda mehnatga muxabbat atrof muxitga xurmat, obodonchilik va 
    ko‘kalamzorlashtirish hissi shakllantirilgan. Oila davrasida farzandlarga "Suvga tuflama, uni iflos qilma, chunki 
    barcha jonivorlar uni ichib baxra oladi", "Birni kessang, o‘nni ek" kabi o‘git, nasixat qilganlar. Hozirda umumta‘lim
    maktablarining 5 - sinflaridan boshlab, e k o l o g i ya fani o‘qitila boshlanadi. 
    4. Bolalarda ekologik xususiyatdagi tasavvurlarini kengaytirishda tarix va geografiya fanlarining imkoniyati 
    katta. Bundan 500 yil,1000 yil avval o‘lkamiz tabiati qanday bo‘lgan , o‘simlik va xayvonot olami qanday bo‘lgani
    kabi savollarga javob topish mumkin. Ona tili darslaridagi ko‘plab mashqlar o‘quvchilarda tabiatga mexr uyg‘otishi 
    qo‘l keladi.
    Matematika fanida beriladigan ekologik ta‘lim tarbiya jarayonida o‘quvchilar tabiatidagi salbiy yoki ijobiy 
    o‘zgarishlar inson sog‘ligiga qanday ta‘sir qilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishadi. Masalan: Respublikamizda
    1200 ga yaqin sanoat korxonasi borligi, ular xavoga 1500 tonnaga yaqin zaharli moddalarni chiqarayotganligi, 
    bunday holat 10 yil, 20 yildan keyin shu maromda ketaversa nimalarga olib kelishi mumkinligini misollar vositasida
    ekologik falokat oqibatlari yoshlarga tushuntiriladi.
    Ekologik yo‘nalishdagi to‘garaklarda bolalar tabiatga zarar yetkazmaslikka, tabiat go‘zalliklaridan 
    zavqlanishga, atrof muxitni sevishga o‘rgatilib boriladi. 
    To‘garak mashg‘ulotlarida o‘tiladigan "Tabiatni e‘zozlaylik", "Tabiat va inson", "Ekologiya va inson", "Orol madad 
    so‘raydi", "Kushlar bizning do‘stimiz" kabi mavzularda tabiatga qiziqishni yanada oshiradi. O‘qituvchining bolalarga
    ekologik ta‘lim tarbiya berishda xalqimizning o‘ziga xos milliy tarbiyasidan o‘rinli foydaanishi yaxshi samara
    beradi. 

    Download 6,15 Mb.
    1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   307




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish