Keys Muammoli pedagogik vaziyatlarni yeching




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/307
Sana22.05.2024
Hajmi6,15 Mb.
#249463
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   307
Keys
Muammoli pedagogik vaziyatlarni yeching. 
1. 2- sinfda har xil buyumlar: qalam ruchka, rezinka va boshqalar yo‘qola boshladi. Bir kuni sinfdagi qizchaning 
bosh kiyimi yo‘qoldi. O‘qituvchi topilmalar byurosining faoliyati haqida gapirib berdi. Bolalar topib olingan narsalar 
qaytarib berilishi to‘g‘risidagi kattalardan eshitgan misollarni aytishdi.
O‘qituvchi qanday tarbiya metodini qo‘llagan. Bu metodning samaradorligi nimalarga bog‘liq. Har doim ham 
ushbu metod samara beradimi? 
2. Muallim quyidagicha hikoya qiladi: «O‘g‘lim (9 yosh) qorong‘idan va balandlikdan qo‘rqadi. Men imkon 
boricha uni ko‘proq ana shu qo‘rquvni yenga oladigan sharoitga qo‘yaman: Goho ob-havo qandayligini bilib kelish 
uchun kechqurun hovliga, goho go‘yo esdan chiqqan narsani olib kelish uchun qorong‘i xonaga yuboraman.
O‘yin paytida ayrim paytlari chuqurlikka sakraymanda, «Daraxtning hov anavi novdasini menga olib ber. Uni 
emas, narigi, yuqoridagisini» deyman.
O‘qituvchi to‘g‘ri qiladimi? Bu qanday tarbiya metodi.? U nima uchun samarali?
3. Dars boshlanishidan oldin o‘qituvchi yerda g‘ijimlangan qog‘oz parchasi yotganini ko‘rib, bir o‘quvchiga 
«qog‘ozni ol», deb murojaat qildi. O‘sha o‘quvchi sekin partadan turib «men tashlamaganman, nega olarkanman» deb, 
yana joyiga o‘tirdi. 
O‘qituvchi nima qilishi kerak? Sinfning ta‘sirlanishi qanday bo‘ladi va bu nimaga bog‘liq? 
1.
O‘qituvchi o‘zini-o‘zi darsdan chiqarib yuborgan holni eshitganmisiz? Bunga quyidagi voqea sabab bo‘lgan edi: 
o‘qituvchi dars o‘tish uchun sinfga kirsa, tanaffusda navbatchilar sinfni darsga tayyorlamagan, doska o‘chirilmagan, 
latta yo‘q, bo‘r yo‘q. O‘qituvchi : «Shunday oddiy masalani hal qila olmagan yomon o‘qituvchi dars o‘tishi mumkin 
emas»,- deb sinfdan chiqib o‘qituvchilar xonasiga ketdi. Uch minutdan keyin esa sinf o‘quvchilaridan vakillar borib, 
o‘qituvchidan kechirim so‘rab, uni sinfga qaytishini iltimos qilishdi. 
Vaziyatni tahlil qiling. O‘qituvchi to‘g‘ri yo‘l tutdimi? O‘quvchilarda ongli intizomni tarbiyalash usullari qaysi 
hollarda samara beradi? 

Download 6,15 Mb.
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   307




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Keys Muammoli pedagogik vaziyatlarni yeching

Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish