UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
155
anglashimiz kerakki, qonunni bilmaslik hech qachon aybni yengillashtirmaydi. Biz qonunga mensimaslik bilan qarasak,
uni o‘rganmasak, hurmat qilmasak, shunday noqulay ahvolga tushib qolamiz. Qonunni bilish, hurmat qilish jinoyatdan,
jinoiy olamda yiroq yurishning birdan-bir yo‘lidir.
Manashuning uchun ham huquqiy savodxonlikni yuqori darajaga kutarish tarbiya borasidagi asosiy
vazifalardan biridir. Huquqiy madaniyatni, savodxonlikni rivojlantirmay turib, qonunni mensimaydiganbuzg`inchilar,
o‘g`rilar, tovlamachilar, laganbardorlar, axloq-odobsizliklar, qotilliklar kabi salbiy holatlarning oldini olish, tugatish
anchayin mushkul ish.
Talabalar fuqaroviy savodxonlikni yanada batafsil yoritish uchun «Milliy istiqlol g`oyasini shakllantirishda
tashkiliy-uslubiy yondashuvlar»(Sh.Qurbonov, M.Quronov, R.Axliddinov) uslubiy qo‘llanmasining 167-168
betlaridan foydalanishlari lozim.
2. Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan o‘zbek xalqi ko‘p ming yillik boy huquq va huquqiy madaniyat
tarixiga ega. Payg`ambar alayhissalom vafotlaridan so‘ng islom olamida yangi qonun va qoidalarning paydo bo‘lish
jarayoni to‘xtadi. Ana shu davrdan boshlab barcha huquqiy muammolar Qur‘oni Karimda va Payg`ambar Alayhssalom
sunnatlarida ko‘rsatib bergan qonun va qoidalar asosida hal etilib huquqiy tarbiya beriladigan bo‘ldi. Islom
huquqshunosligi asosan Qur‘oni Karim va sunnati Naboviya asosida shakllanadi va sunnatning negizini tashkil etuvchi
hodisalarni jamlab kelajak avlodning huquqiy ehtiyoji vujudga keladi. Buyuk islom olimi faqih Burhonuddin-al
Marg`iloniy Qur‘oni Karim va hadis ilmini mukammal egallab fiqh- islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur
ilmga ega bo‘lgan va huquqiy tarbiya sohasida beqiyos durdona hisoblangan "Al-Hidoya" asarini 573 yil (milodiy
1170yil)da yozgan. "Al-Hidoya" bir necha asrlar davomida ko‘p musulmon mamlakatlarida, jumladan Markaziy
Osiyoda huquqiy tarbiyaga oid eng yirik asosiy manbalardan biri bo‘ldi.
3.
Talabalar fuqarolik tarbiyasini berishda milliy vatanparvarlik mafkurasi haqida to‘xtalishdan oldin Vatan,
Vatan tuyg`usi, vatanparvarlik- so‘zlarining ma‘nolarini keng yoritib berishlari kerak.Buning uchun ular «Xalq ta‘limi»
ilmiy jurnalining 2004 yil №1 son 149-152 betlaridan foydalanishlari mumkin.
Fuqaroviylik hissini yoshlar ongida shakllantirishni ma‘naviy –axloqiy tarbiyaning asosiy mezoni sifatida
qarash lozim. Chunki o‘tmish madaniy, tarixiy merosga oqilona munosabatda bo‘lish o‘tmish ajdodlardan faxrlanish
xissini tug`diradi. Bu narsa milliy ongning o‘sishiga, milliy o‘z-o‘zini anglashga yo‘l ochadi. Milliy ongning
rivojlanishi esa vatanparvarlik tuyg`usini shakllantiradi. Vatanparvarlik eng avvalo, kindik qoni to‘kilgan joyga,
qarindosh-urug` va mahalla-kuyga, el-yurt, ona zaminga bo‘lgan hurmat-e‘tibor, mehr-muhabbatdan boshlanadi.Hayot
tajribasi, aql-idrokning o‘sib borishi, kishilar va jamiyat oldidagi ma‘suliyat hissini o‘sib borishi bilan Vatan tuyg`usi
kundalik odatdan iymon-e‘tiqodga aylana boshlaydi. Vatanparvarlikning e‘tiqodga aylanishi har bir inson qalbida,
uning shuurida va faoliyatida o‘tmish, hozirgi kun va kelajak uyg`unlashib, uning bundan keyingi hayotiy faoliyatini
belgilab beradigan ichki ma‘naviyatning ifodasi bo‘lib qoladi. Binobarin vatan tuyg`usi alohida individual tushuncha
bo‘lsa ham, bu alohidalik bolalikdagi xotiralardan boshlanib, keng qamrovli «Vatan»tushunchasiga aylanadi.
Mana shu o‘rinda «Vatanparvarlik o‘zi nima? U qanday maqsadga xizmat qiladi?» degan savollarga javob berish
lozim.
Milliy vatanparvarlik-bu o‘zbek xalqining qoniga singib ketgan iymon va insof, mehr-muhabbat, oqibat, shavqat,
vijdon va andisha, or-nomus, ona-yurtga, o‘z elatiga sadoqat kabi azaliy axloqiy-ma‘naviy qadriyatlar haqidagi
g`oyalar, qarashlar yig`indisidir.
Bugungi kun milliy vatanparvarlik mafkurasining tarkibiy qismlari quyidagilar:
-mustaqillik g`oyasi va uni to‘la idrok etishi;
-o‘zbek milliy mafkurasi;
-ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining vatanparvarligi.
Tavallud topgan yerga hurmat tariqasida ulug` ajdodlarimiz o‘z nomlari oxiriga tug`ilib qsgan joyi nomini
qo‘shib aytganlar. Masalan: Xorazmiy, Buxoriy, Termiziy, Farg`oniy, Marg`uloniy, Farobiy, Yassaviy, Qoshg`ariy,
Beruniy va boshqalar. Bu o‘z vataniga, kindik qoni to‘kilgan yerga bo‘lgan sadoqat hurmat belgisi sifatida xizmat
qilgan. Yagona pedagogik jarayonda talaba yoshlarda vatanparvarlik his-tuyg`usini shakllantirishda O‘zbekistonning
yangi davlat ramzlaridan foydalanish samarali natijalar beradi.
2. So‘rovnomaga misol keltiramiz.
«Haq-huquqlaringiz poymol etilganda, o‘z huquqlaringizni himoya qilish uchun aniq nima ishlar qilardingiz?»
savoliga
1.
Sudga murojaat etaman;
2.
Huquqni himoya qilish organlariga (militsiya, prokurotura) murojaat etaman;
3.
Advokat xizmatidan foydalanaman;
4.
Mahalla qo‘mitasiga murojaat qilaman;
5.
Ota-ona va obro‘li qarindoshlardan yordam so‘rayman;
6.
O‘zim, mustaqil haq-huquqimni talab qilaman.
7.
Hech nima qilmayman.
Bunday testlar-so‘rovnomalar yoshlarning o‘z haq huquqlarini to‘liq anglab yetishlariga xizmat qiladi.
XULOSA
Xullas, yagona pedagogik jarayonda yoshlarga fuqarolik, vatanparvarlik va huquqiy tarbiya berish demokratik
jamiyat qurishning ustivor mezonlari sifatida xizmat qiladi.