|
XX-asrning 70-80-yillarda Pdf ko'rish
|
bet | 222/307 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,15 Mb. | | #249463 |
XX-asrning 70-80-yillarda
o'qituvchining xarakter-xislatlari, pedagogik qobiliyatlari, unda tarbiyachilik
mahoratini tarlab toptirish sharilari chuqur o‗rganildi. Jumladan, ms olimasi
N.V.Kuzmina
o‗qituvchilik faoliyatida
pedagogik qobiliyatlaming o‗mi va ulami tarkib toptirishga oid qator ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. U o‗z
tadqiqotlarida pedagogik qobiliyatlami gnostik (bilishga oid), proyektiv (oldindan rejalashtirishga qaratilgan),
konstruktiv, tashkiliy va kommunikativ turlarga ajratib, ulaming har biriga chuqur psixologik ta‘rif beradi.
N.V.Kuzmina pedagogik qobiliyatning muhim alomatlari qatoriga kuzatuvchanlikni ham
kiritadi,
0
‗qituvchining bu hislati o‗quvchining ichki kechinmalari, his-tuyg‗ulari kabi omillami aniqlashga xizmat
qiladi.
Tadqiqotchi A.I.Shcherbakov fikriga ko‗ra,
pedagogik faoliyat - bu
0
‗qituvchi oldiga jiddiy talablar qo‗yadigan
murakkab psixologik aktdir. Pedagogik faoliyat o‗qituvchini chuqur va puxta bilimga, pedagogik qobiliyatga,
mustahkam xarakterga, yuksak ma‘naviyatga ega bo‗lishini taqozo qiladi.
A.I.Shcherbakov
0
‗qituvchi shaxsi 6 ta
kasbiy-tarkibiy qismdan
iborat ekanligini ta‘kidlaydi: 1) yuksak saviyadagi bilim va madaniyat; 2) yo‗nalishning aniq
ifodalanganligi; 3) yuksak axloqiy hislaming mavjudligi; 4) yuqori darajada yuzaga keluvchi faollik va barqaror
mustaqillik; 5) qat‘iy va silliq xarakter; 6) pedagogik qobiliyatlar.
F.N.Gonobolin'>Yirik olim F.N.Gonobolin
pedagogik qobiliyatlami quyidagi turlarga ajratishni taklif etadi: 1) didaktik
qobiliyatlar; 2) akademik qobiliyatlar; 3) pertseptiv qobiliyatlar; 4) nutq qobiliyatlari; 5) tashkilotchilik qobiliyati; 6)
avtoritar qobiliyatlar; 7) kommunikativ qobiliyatlar; 8) pedagogik xayolot; 9) diqqatni taqsimlay olish qobiliyati.
F.N.Gonobolin
pedagogik qobiliyatlami tarkib toptirish bosqichlari, xususiyatlari va xossalari to‗g‗risida
mukammal ma‘lurngtlar beradi. Ta‘lim va tarbiya jarayonini takomillashtirishda pedagogik qobiliyatlaming roli tajriba
materiallariga asoslanib sharhlab beriladi.
Kasbiy-pedagogik faoliyatning muvafaqqiyatli amalga oshishi ko‗p jihatdan pedagogning maxsus pedagogik
qobiliyatlami egallaganligiga bog‗liq:
T.I.Gavakov
pedagogik qobiliyatlami quyidagi tarzda guruhlashtirishni taklif
etadi: obyekt(ta‘lirn oluvchilar)ni his eta olish; kommunikativ (kishilar bilan aloqa o‗matish, samimiylik,
muloqotchanlik); pertseptiv (kasbiy etuklik, empatiya, pedagogik intuitsiya); shaxs dinamizmi (irodaviy ta‘sir
ko‗rsatish va mantiqiy ishontirish qobiliyati); emotsional barqarorlik (o‗z-o‗zini boshqara olish qobiliyati); kreativ
(ijodiy ishga qobiliyatlilik).
|
| |