UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
162
Yirik psixolog
S.L.Rubinshteyn
ta‘kidlab o‗tganidek, pedagogik jarayon o‗qituvchi-tarbiyachining faoliyati
tariqasida rivojlanuvchi bola shaxsini shakllantiradi, bu esa pedagogning o!quvchi faoliyatiga naqadar rahbarlik
qilishiga yoki aksincha, unga ehtiyoj sezmasligiga bog‗liq. Bola shaxsining rivojlanishida o‗qituvchining roli benihoya
muhimdir, chunki u ta‘lim va tarbiya jarayonining tashkilotchisi vazifasini bajaradi. Shu bois, hozirgi sharoitda
o‗qituvchimng tashkilotchilik qobiliyatiga nisbatan yuksak talab qo‗yiladi, shuning uchun ijtimoiy-tarixiy tajribalaming
boyligi ehtiyojlar ko'lamming ortishiga bevosita bog‗liq.