• Ularning fikriga tayangan holda muloqotning kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv
  •  Социологический энциклопедический словарь. В русском, английском, немецком, французском и чешском




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet229/307
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,15 Mb.
    #249463
    1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   307
    1
     Социологический энциклопедический словарь. В русском, английском, немецком, французском и чешском 
    языках. Редактор – координатор – академик РАН Г.В.Осипов. – Москва: Издательская группа ИНФРА . 
    Москва: НОРМА, 1998. – С. 210. 


    UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
    165 
    borasida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. Qo‗llanadigan belgilar (so‗zlar, imo-ishoralar va boshqalar) zamiridagi 
    mohiyat muloqotda ishtirok etayotganlarga tanish bo‗lgan taqdirdagina axborot almashish imkoni bo‗ladi. 
    ―Muloqot‖ tushunchasini ―kommunikatsiya‖ tushunchasidan farqlash lozim. Kommunikatsiya jonli va jonsiz tabiatdagi 
    tizimlar o‗rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o‗rtasidagi signallar almashinuvi, daraxtlardagi irsiy 
    belgilarning uzatilishi, insonning turli-tuman texnik vositalar bilan aloqaga kirishishi – bularning barchasi 
    kommunikatsiya hisoblanadi. Muloqot faqat insonlar o‗rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan 
    boshqalar bilan muloqotda, munosabatda bo‗lish jarayonida ijtimoiylashib, shaxsga aylanib boradi. Muloqot tufayli 
    inson ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallaydi. Umuman olganda, muloqot fenomeni psixologiya fanida atroflicha 
    o‗rganilgan. B.F.Lomov
    1
    , L.A.Karpenko va boshqalar muloqotning funksiyalari, ichki tuzilishi, xususiyatlari borasida 
    jiddiy tadqiqotlar e‘lon qilishgan. 
    Ularning fikriga tayangan holda
    muloqotning
    kommunikativ 
    (axborot uzatish), 
    interaktiv
    (hamkorlikda harakat qilish) va 
    pertseptiv 
    (o‗zaro birgalikda idrok etish) funksiyalarini alohida ko‗rsatish 
    mumkin. Ana shu uchta funksiyaning birligi muloqot jarayonida hamkorlikdagi faoliyat va ishtirokchilarning o‗zaro 
    ta‘sir etishdagi harakatlarini tashkil etish usuli sifatida maydonga chiqadi. 
    1.
    Muloqotning kommunikativ jihatida individlarning o‗zaro ma‘lumot almashinishi sodir bo‗ladi. 
    2.
    Muloqotning interaktiv jihatida individlar nafaqat bilim va g‗oyalar, balki harakatlar bilan ham o‗zaro ta‘sirni 
    amalga oshiradilar. Yanada aniqlik kiritadigan bo‗lsak, muloqot shaxslararo birgalikdagi harakat, ya‘ni 
    odamlarning hamkorlikdagi faoliyati jarayonida tarkib topadigan aloqalari va o‗zaro bir-birlariga ta‘sirining 
    yig‗indisi sifatida yuzaga chiqadi. Hamkorlikdagi faoliyat va munosabat ijtimoiy qoidalar – odamlarning 
    birgalikdagi harakati va o‗zaro munosabatlarini qat‘iyan belgilab qo‗yadigan hamda jamiyatda udum bo‗lgan 
    xulq-atvor namunalari asosida amalga oshiriladigan ijtimoiy nazorat sharoitida yuz beradi. Jamiyat ijtimoiy 
    qoidalar sifatida qabul qilgan, ma‘qul topgan, udumga aylangan va tegishli vaziyatda turgan har bir kishidan 
    bajarilishini kutayotgan namunalarning o‗ziga xos tizimini yaratadi. Ularning buzilishi qoidadan chetga 
    chiqadiganlarning xulq-atvori to‗g‗rilanishini ta‘minlaydigan ijtimoiy nazorat mexanizmlari (ma‘qullamaslik, 
    ta‘na qilish, jazolash)ni o‗z ichiga oladi. 
    3.
    Muloqotning pertseptiv jihati muloqot jarayonida o‗zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir, ya‘ni 
    muloqotning ushbu jihatida bir kishining ikkinchi kishi tomonidan idrok qilinishi, tushunilishi, baholanishi 
    kuzatiladi. Muloqotning mazkur jihatida idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi o‗zining shaxsiy xislatlari 
    bilan qiyoslash natijasida anglaydi va tushunadi. Idrok qilinayotgan shaxsning o‗rniga idrok qiluvchi o‗z 
    xohishi bo‗yicha mulohaza yuritishi, uni tushunishga intilishi o‗z-o‗zini anglash negizida namoyon bo‗ladi. 
    Yuqorida qayd etilgandek, muloqot – bu birinchi navbatda axborot bilan bog‗liq noyob hodisa, o‗ziga xos axborot 
    jarayonidir. Umuman olganda, axborot jarayonlari axborotni qabul qilish, saralash, saqlash, uzatish va boshqalardan 
    iborat ijtimoy jarayonlardir. Axborot jarayonlari butun jamiyat organizmini qurshab olib, barcha ijtimoiy tizimlarni 
    qamraganligi, ijtimoiy hayotning har qanday, hatto, eng kichik qismida ham mavjudligi bilan ahamiyatlidir. Ko‗rinib 
    turibdiki, ijtimoiy axborot asosiy turlari ichida axborot almashinuvidan iborat muloqot turi ustunlik qiladi. Insonlar 
    muloqotining chuqur ijtimoiy determinatsiyasi hayot faoliyati va umuman olganda, butun jamiyat rivojlanishi uchun 
    axborot almashinuvining o‗rni qanchalik muhimligidan dalolat beradi. 
    «Kommunikatsiya» atamasi fanga XX asrning boshida kirib kelgan. «Kommunikatsiya» lotincha communicatio, 
    communico so‗zlaridan kelib chiqqan bo‗lib, bog‗layman, muloqot qilaman ma‘nolarini anglatadi. Ijtimoiy fanlarda 
    kommunikatsiya birgalikda harakat qilish, o‗zaro ta‘sir haqidagi ilmiy bilim sohasi hamda ushbu jarayonlar va ularning 
    natijalarini ifodalash uchun qo‗llaniladi. Kommunikatsiya muammolariga tadqiqotchilar, ayniqsa, Ikkinchi jahon 
    urushidan keyin qiziqa boshlashdi. Bunga yaqqol misol sifatida 1960-yillar boshiga kelib, falsafa va sotsiologiya ilmiy 
    adabiyotlarida kommunikatsiya tushunchasining yuzdan ortiq ta‘riflari mavjud bo‗lganini aytish mumkin. Tasavvur 
    hosil bo‗lishi uchun mazkur ta‘riflardan faqat to‗rttasni keltirib o‗tamiz: 
    1.
    «Kommunikatsiya – bu murakkab dinamik tizimlar va uning axborotni qabul qilish, to‗plash, o‗zgartirish 
    imkoniga ega qismlari o‗rtasida axborot almashinuvi». 
    2.
    «Kommunikatsiya – bu axborotni o‗ziga xos almashish, uning emotsional va intellektual mazmunini aks 
    ettirish jarayoni». 
    3.
    «Kommunikatsiya – insonlarning kongitiv va mehnat faoliyati jarayonida o‗zaro munosabatlarga kirishishning 
    o‗ziga xos shakli». 
    4.
    «Kommunikatsiya – noverbal va verbal harakatlar natijasida axborot olish». 
    1
     Ломов Б.Ф. Методологическиe и теорeтические проблемы психологии. Москва, 1984, С.242-271. 



    Download 6,15 Mb.
    1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   307




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Социологический энциклопедический словарь. В русском, английском, немецком, французском и чешском

    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish