|
Umum ped na amal-O`um 13-14 Pdf ko'rish
|
bet | 237/307 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,15 Mb. | | #249463 |
UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
173
kishi bajarishi lozim bo‘lgan axloqiy qoidalar bilan shaxs ularni qay darajada qabul qilishi o‘rtasidagi, shaxsiy va
ijtimoiy manfaatlar orasidagi bog‘lanishlarga asoslanadi.
Muomala odobi bevosita baho beruvchanlik xususiyatiga ham ega. Axloqiy baho esa kishilarning xulqini, xatti-
harakatlarini nazorat qiladi, tartibga soladi. Muomala-munosabatlar kishi o‘z xulqi va faoliyatida axloqiy printsiplar,
qoidalar, talablar, an‗analarga, urf-odatlarga qay darajada amal qilayotganiga qarab baholanadi.
Pedagogik jarayonda sodir bo‘ladigan muomala odobida muallimning axloqiy madaniyati, tarbiyalanganlik
darajasida aks etadi. Muallimning pedagogik kasb egasi sifatida o‘ziga, o‘z kasbiga, o‘quvchilarga, kasbdoshlariga,
ota–onalariga muamolasini belgilovchi asosiy qoidalar, talablar mavjud. Bu mezonlar jamiyat, davlat o‘qituvchiga,
ta‗lim–tarbiya ishlariga nisbatan qo‘yayotgan axloqiy talablariga, pedagogik faoliyatning axloqiy xarakteri va
xususiyatlariga asoslanadi. Pedagogik jarayonda muomila odobi o‘qituvchining faoliyatida namoyon bo‘ladi.
O‘qituvchilik faoliyatida qo‘yiladigan axloqiy talablar, o‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati yosh
avlodni umuminsoniy va milliy–an‗anaviy, madaniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash sohasida kun tartibiga qo‘yayotgan
vazifalariga bog‘liq. Ular pedagogik jarayondagi muomala odobida, unda qatnashayotgan kishilaning xulqi, xatti-
harakatlarida ifodalanadi. Bu xatti- harakatlar pedagogik jarayon qatnashchilarining ta‗lim-tarbiya maqsadi, vazifalari,
usul va vositalarini, axloqiy qadriyatlarni qay darajada qabul qilishlari shaklida namoyon bo‘ladi.
Muomala odobining tuzilishi juda murakkabdir. U pedagogik faoliyatda sub‗ekt-obe‗ktmunosabatlari shaklida
ifaodalanadi. Sub‗ekt-obe‗kt munosabatlari muallim o‘zining professional burchini bajarayotganida o‘quvchilar,
kasbdoshlari, ota-onalar, jamoat tashkilotlarining vakillari bilan o‘qituvchi o‘rtasidagi aloqalarda vujudga keladi. U
o‘zaro hurmat darajasi, ishonch, talabchanlik, xayrixohlik tashabbuskorlik, o‘zaro g‘amxo‘rlik, har birlarining inson
sifatida qadr–qimmatini e‗zozlash kabilarda namoyon bo‘ladi.Ular o‘qituvchining pedagogik faoliyatida boshqalar
bilan muamalasining xarakterini baholashda xizmat qiladi.O‘zaro ta‗sirlar o‘quv ishida, turmushda, dam olish
paytlarida, oiladagi muomala-munosabatlarining xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi.
Pedagogik jarayonning o‘zida ham faoliyatning turli sohalarida turlicha muomala-munosabatlar mavjud.
Masalan, o‘quv ishlari sohasida, jamoat toashiriqlarini bajarishda o‘quvchilar, bilan sinfdan tashqari ishlarda, dam
olish paytlardagi muomala, shuningdek, o‘qituvchining Vatanga, xalqqa bo‘lgan munosabati o‘ziga, xos xususiyatlarga
ega. Uning mohiyati shundan iboratki, agar o‘qituvchining bu muomala munosabati o‘z professional vazifasini burchini
bajarish jarayonida sodir bo‘lsa, jamiyat o‘qituvchining pedagoglik kasbining ijtimoiy mavqeini, unga ma‗lum bir
huquq va vakolatlar berilganligini nazarda tutadi.
Pedagogik etikada muomola odobining biror jihati, masalan, o‘qituvchining o‘z kasbiga munosabati, burchi
alohida tahlil etilishi mumkin.O‘qituvchilik kasbi kishiga ma‗lum talablarni qo‘yadi, lekin muallim bu talablarni
qanday bajarayotgani bu talablarda hali aks etmaydi.O‘qituvchining pedagogik faoliyati natijalarini xalq ta‗limi
bo‘limlari, maktab ma‗muriyati, metodik birlashma xodimlari baholaydi. O‘qituvchining pedagogik jarayon
qatnashchilari bilan muomalasi-bu kishilarning o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan shaxsiy insoniy munosabatlari sifatida ham
qaraladi, ular pedagogik jarayon qatnashchilarining xatti-harakatlarida, xulqida, ish shakli va usullarida namoyon
bo‘ladi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro axloqiy baholashlar ham muhim rol o‘ynaydi.
Pedagogik jarayonda o‘qituvchi axloqiy munosabatlarning sub‗ekti hisoblanadi.U pedagogik jarayonning
asosiy kishisi-figurasi sifatida o‘quvchilar, kasbdoshlar, ota-onalar bilan muomalada bo‘ladi.Pedagogik muomala odobi
tizimida o‘qituvchi asosiy figuradir. O‘quvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar, pedagoglar jamoasi va jamoat
tashkilotlarining vakillari o‘qituvchi uchun pedagogik muomala-munosabatlarning ob‗ekti hisoblanadi. Ular bilan
bo‘ladigan aloqalar yosh avlodga ta‗lim-tarbiya berish vazifalarini bajarish jarayonida sodir bo‘ladi.Bu muomala
jarayonida ishtirok etadigan kishilar bir-birlariga nisbatan xayrixoh, ijobiy hissiyotda bo‘lishlari, bir-birlarining
fazilatlarini o‘zaro baholashlari, qadrlashlarini nazarda tutadi.
Pedagogik muomala-munosabatlarda hissiyot aralashgani uchun ularning axloqiy va ruhiyjihatlarini bir-biridan
ajratish qiyin bo‘ladi. Shuning uchun ham bunday hodisalar haqida gapirganda, odatda, pedagogik jamoadagi axloqiy-
ruhiy vaziyat tushunchasi ishlatiladi.
Demak, o‘qituvchining muomala odobi-u aloqa qiladigan odamlar, muassasalar bilan o‘zprofessional vazifasini
bajarayotganda sodir bo‘ladigan axloqiy munosabatlar majmuidir. Bu yondoshuv asosida pedagogik muomala odobini
shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi muomala; o‘qituvchi
bilan pedagogik jamoa o‘rtasidagi muomala; o‘qituvchi bilan ota-onalar o‘rtasidagi muomala; o‘qituvchi bilan maktab
rahbarlari o‘rtasidagi muomala.
Muomala odobida o‘qituvchining axloqiy ongi, axloqiy faoliyatining yetuklik darajasi, axloqiy ehtiyojlari va
axloqiy yo‘nalishlari, so‘zi bilan ishining birlik darajasi, xullas, muallimning faol hayotiy nuqtai-nazari namoyon
bo‘ladi.
|
| |