UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
175
oriyat kabi xususiyatlarni o‗zida mujassamlashtirishi bilan erishadi. Pedagogik faoliyatda o‗z
kasbini sevgan
o‗qituvchigina butun kuch g‗ayratini, qalb nuri va dil haroratini shu ishga bag‗ishlaydi va o‗z faoliyatida yaxshi
natijalarga erishadi. Bolalarni sevish, ularga mehr-muhabbatli bo‗lish o‗qituvchi axloqiy qiyofasini namoyon etuvchi
muhim fazilatlardir.
O‗qituvchi deyarli har kuni o‗quvchilar
bilan uchrashadi, savol-javob qiladi, ularning yaxshi xulq va ezgu
ishlarini ma‘qullaydi, bilimlarini baholaydi, nojo‗ya hatti-harakatlari
uchun tanbeh berib, lozim bo‗lganda tarbiyaviy
metodlarni qo‗llaydi.
Pedagogik nazokat doimiy izlanishni, ijodkorlikni talab qiladi. Doimiy ijodiy izlanishda bo‗lgan o‗qituvchi
tadqiqotchilik ko‗nikma va malakalariga ega bo‗ladi, ilm-fan muammolari, tarbiya etikasi va psixologiyasi yuzasidan
erkin fikr yurita oladi.
O‗qituvchi o‗quvchilarning kattalar bilan muloqotga kirishish tizimiga ma‘lum darajada kirib borib,
ularning
ichki qoidalarini o‗rganishga harakat qilishi kerak. Bu narsa o‗quvchilar bilan suhbatlashish orqali, fe‘l-atvorini
o‗rganish, tengdoshlari va kattalar bilan munosabatlarini kuzatish, o‗quvchilar hayotidagi turli voqealar va
muammolarni
birgalikda tahlil qilish, ular muhitida ro‗y berayotgan hodisalarga nisbatan fikr-mulohazalarini bilish
asosida amalga oshiriladi. Bunda u o‗quvchilar jamoasida ro‗y berib turadigan, tashqi tomondan kuzatganda aslo bilib
bo‗lmaydigan yashirin hodisalar va voqealarni o‗rganish imkoniyatiga ega bo‗ladi. Natijada o‗qituvchi ta‘lim-
tarbiyaviy jarayonda o‗z oldida turgan vazifalarni hal etishda o‗quvchilarning o‗zlarini ham jalb qila oladi.
Ijobiy natijalarga erishish uchun, o‗qituvchi o‗quvchilarning