UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
183
Pedagogik jarayonda sodir bo‘ladigan muomala odobida muallimning axloqiy madaniyati, tarbiyalanganlik
darajasida aks etadi. Muallimning pedagogik kasb egasi sifatida o‘ziga, o‘z kasbiga, o‘quvchilarga, kasbdoshlariga,
ota–onalariga muamolasini belgilovchi asosiy qoidalar, talablar mavjud. Bu mezonlar jamiyat, davlat o‘qituvchiga,
ta‗lim–tarbiya ishlariga nisbatan qo‘yayotgan axloqiy talablariga, pedagogik faoliyatning axloqiy xarakteri va
xususiyatlariga asoslanadi. Pedagogik jarayonda muomila odobi o‘qituvchining faoliyatida namoyon bo‘ladi.
O‘qituvchilik faoliyatida qo‘yiladigan axloqiy talablar, o‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati yosh
avlodni umuminsoniy va milliy–an‗anaviy, madaniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash sohasida kun tartibiga
qo‘yayotgan vazifalariga bog‘liq. Ular pedagogik
jarayondagi muomala odobida
, unda qatnashayotgan kishilaning
xulqi, xatti-harakatlarida ifodalanadi. Bu xatti- harakatlar pedagogik jarayon qatnashchilarining ta‗lim-tarbiya
maqsadi, vazifalari, usul va vositalarini, axloqiy qadriyatlarni qay darajada qabul qilishlari shaklida namoyon
bo‘ladi.
Pedagogik jarayonning o‘zida ham faoliyatning turli sohalarida turlicha muomala-munosabatlar mavjud. Masalan,
o‘quv ishlari sohasida, jamoat toashiriqlarini bajarishda o‘quvchilar, bilan sinfdan tashqari ishlarda, dam olish
paytlardagi muomala, shuningdek, o‘qituvchining Vatanga, xalqqa bo‘lgan munosabati o‘ziga, xos xususiyatlarga
ega. Uning mohiyati shundan iboratki, agar o‘qituvchining bu muomala munosabati o‘z professional vazifasini
burchini bajarish jarayonida sodir bo‘lsa, jamiyat o‘qituvchining pedagoglik kasbining ijtimoiy mavqeini, unga
ma‗lum bir huquq va vakolatlar berilganligini nazarda tutadi.
Pedagogik etikada muomola odobining biror jihati, masalan, o‘qituvchining o‘z kasbiga munosabati, burchi alohida
tahlil etilishi mumkin.O‘qituvchilik kasbi kishiga ma‗lum talablarni qo‘yadi, lekin muallim bu talablarni qanday
bajarayotgani bu talablarda hali aks etmaydi.O‘qituvchining pedagogik faoliyati natijalarini xalq ta‗limi bo‘limlari,
maktab ma‗muriyati, metodik birlashma xodimlari baholaydi. O‘qituvchining pedagogik jarayon qatnashchilari
bilan muomalasi-bu kishilarning o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan shaxsiy insoniy munosabatlari sifatida ham qaraladi,
ular pedagogik jarayon qatnashchilarining
xatti-harakatlarida
, xulqida, ish shakli va usullarida namoyon bo‘ladi.
Ular o‘rtasidagi o‘zaro axloqiy baholashlar ham muhim rol o‘ynaydi.
Pedagogik jarayonda o‘qituvchi axloqiy munosabatlarning sub‗ekti hisoblanadi.U pedagogik jarayonning asosiy
kishisi-figurasi sifatida o‘quvchilar, kasbdoshlar, ota-onalar bilan muomalada bo‘ladi.Pedagogik muomala odobi
tizimida o‘qituvchi asosiy figuradir. O‘quvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar, pedagoglar jamoasi va jamoat
tashkilotlarining vakillari o‘qituvchi uchun pedagogik muomala-munosabatlarning ob‗ekti hisoblanadi. Ular bilan
bo‘ladigan aloqalar yosh avlodga ta‗lim-tarbiya berish vazifalarini bajarish jarayonida sodir bo‘ladi.Bu muomala
jarayonida ishtirok etadigan kishilar bir-birlariga nisbatan xayrixoh, ijobiy hissiyotda bo‘lishlari, bir-birlarining
fazilatlarini o‘zaro baholashlari, qadrlashlarini nazarda tutadi.