Yosh o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik dilkashligini o‘rganish DASTURI




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/307
Sana22.05.2024
Hajmi6,15 Mb.
#249463
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   307
Yosh o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik dilkashligini o‘rganish DASTURI 
 
I.
 
1.
O‗zingizda kishilar bilan muloqotga ehtiyoj sezasizmi? 
2.
Yolg‗iz o‗zingiz qolganingizda zerikasizmi, odamlar orasida bo‗lishni istaysizmi, yoki aksincha, yolg‗iz 
qolishdan qoniqish hosil qilasizmi? 
3.
Ko‗chada tanishingizni ko‗rib qolsangiz, u bilan gaplashish istagi paydo bo‗ladimi, yoki ehtimoliy suhbatdan 
qochishni istaysizmi? 
4.
Tanish do‗stlaringiz ko‗pmi? 
5.
Nima deb o‗ylaysiz, tanishlaringiz siz bilan muloqotdan zavq olishadilarmi? 
6.
Zaruriyat yuzasidan notanish kishilar bilan oson muloqotga kirisha olasizmi? 
7.
Telefonda uzoq gaplashasizmi (do‗stlaringiz, tanishlaringiz, hamkasblaringizga qaraganda)? 
8.
Sizda ba‘zan shunday holat bo‗ladimi: masalan, jamoa bilan doimiy muloqot qilishdan charchagansiz, yolg‗iz 
o‗zingiz qolishni istaysiz, ammo bir necha soniya vaqt o‗tmasdan, siz yana kishilar va do‗stlaringiz bilan 
muloqot qilishga ehtiyoj his qilasizmi? 
9.
Ba‘zan tanishlaringiz haqida o‗ylaganingizda ular bilan gaplashish istagi paydo bo‗ladimi va suhbatning 
lozim bo‗lgan mavzusi ham topiladimi? 
II 
1.
O‗quvchilar bilan muloqotga kirishish istagida doimiy ehtiyojni his qilasizmi? 
2.
Ishdan bo‗sh vaqtlaringizda bolalar va o‗quvchilaringiz haqida o‗ylaysizmi? 
3.
Sizda shunday holat bo‗ladimi: masalan, o‗qigan kitobingiz haqida yoki ijtimoiy hayotda ro‗y bergan biror 
taassurotli hodisa haqida o‗quvchilaringizga aytib berish, o‗z mulohazalaringizni bildirish istagi paydo 
bo‗ladi? Bu holatingizni batafsilroq sharhlab bering. 
4.
Bolalar, sinf, ular bilan muloqot qilish haqida o‗ylaganingizda sizda birdaniga o‗qitish, tarbiyalash istagi 
paydo bo‗ladimi? 
5.
O‗quvchilarga ta‘til berilgan paytlarda ular bilan muloqot qilish istagi sizda paydo bo‗ladimi? 
6.
Sizning ishchanlik faoliyatingizga, o‗quvchilar bilan bo‗lajak muloqot jarayonini qanday tashkil etish va 
ular haqida o‗ylashingiz ta‘sir etadimi, nima deb o‗ylaysiz? 
7.
O‗quvchilar jamoasi bilan o‗tkaziladigan mashg‗ulotlar oldidan maktabga kelganingizda siz qanday 
taassurotni his etasiz? Batafsil tahlil qiling. 
8.
Ma‘lumki, tanaffus payti – ta‘lim muassasasi hayotida sershovqin payt. Bu vaqtda sizni qanday his-hayajon 
qamrab oladi: befarqlik, asabiylashish holati, charchoq va toliqish, o‗quvchilarni kuzatish va ayrimlariga 
tanbeh berish istagi, bu ko‗rinishdan qoniqish hissi? 
9.
Dars oldidan o‗qituvchilar xonasidasiz: sinf jamoasi bilan bo‗lajak muloqot haqida o‗ylaysizmi, bu o‗y va 
fikrlar ishchanlik kayfiyatingizga qanday ta‘sir etadi? 
10.
Sinfga kirib kelishingiz, o‗quvchilar bilan salomlashish, umuman darsning boshlanishi, ushbu vaziyatlar 
sizga qanday ta‘sir etadi (tez harakat qilishga da‘vat etadi, ishchanlik kayfiyatini uyg‗otadi, tetiklantiradi, 
ko‗ngillarga yaxshi kayfiyat bag‗ishlaydi, umuman ta‘sir qilmaydi va hokazo.)? 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
179 
11.
Dars jarayonida o‗zlashtirmovchi va intizomsiz o‗quvchilarga nisbatan asabiylashish holatingizni oson 
bartaraf eta olasizmi? 
12.
Siz uchun o‗quvchilar bilan dars jarayoni qiziqarlimi, yoki o‗zingizni ko‗proq betaraf his qilasizmi? 
13.
Sinf jamoasi bilan munosabatlar yo‗lga qo‗yilmasa, o‗zingizni qanday his qilasiz: qayg‗urasiz, munosabatni 
yaxshilashga urinasiz, befarqsiz, o‗z aytganingizni majburlab bajartirasiz, o‗quvchilar fikrini ham 
ma‘qullaysiz? 
14.
Dars jarayoni yaxshi o‗tganidan qoniqishni his qilasizmi? Bu sizning ishchanlik kayfiyatingizga ta‘sir 
etadimi, o‗quvchilar bilan muloqot qilish zaruriyatini keltirib chiqaradimi? 
15.
O‗quvchilaringizni ko‗chada, mahallada ko‗rib qolgan paytlaringizda, ular bilan suhbatlashish istagi paydo 
bo‗ladimi? 
16.
Transportda, ko‗chada yurgan betaraf vaziyatlaringizda o‗quvchini kuzatib, uning ruhiy holatini tushunish 
istagi paydo bo‗ladimi? 
17.
Sinfda dars o‗tish davomida siz uchun ma‘lum bo‗lgan holatni tahlil qiling: o‗quvchilarni tushunishga 
intilish, ularning kayfiyatini va ruhiy kechinmalarini his qilish, sinf jamoasining kayfiyatidan qat‘iy nazar 
belgilangan dars rejasini amalga oshirish. 
18.
Darsga tayyorlanayotgan paytingizda yangi mavzuni o‗rganish bo‗yicha turli pedagogik texnologiyalarni 
tanlash bilan bir qatorda, o‗quvchilar bilan muloqotga kirishish variantlarini ham o‗ylab olasizmi? 
19.
O‗quvchidan jahlingiz chiqsa, sizning asabiylashgan holatingiz uzoq vaqt davom etadimi? 
20.
O‗qituvchilik kasbingizni o‗zgartira olarmidingiz? Agarda o‗zgartirsangiz, qaysi kasbni tanlagan 
bo‗lardingiz? 
III. 
1.
O‗quvchilar bilan odatiy, nisbatan barqaror pedagogik muloqot usullari sizda shakllanganmi yoki yo‗qmi: uni 
tahlil qiling?
2.
Siz tanlagan muloqot usullari pedagogik faoliyatingizda sizga qanchalik yordam beradi deb o‗ylaysiz? 
3.
Siz o‗zlashtirgan muloqot usullari dars jarayonida paydo bo‗ladigan kutilmagan vaziyatlarda qanday 
ahamiyatga ega? 
4.
Siz odamlar bilan kundalik muloqot qilish va sinf jamoasiga dars o‗tish davomida o‗quvchilar bilan 
bo‗ladigan muloqotni farqlay olasizmi? Agar farqlasangiz, bu farqlar nimalardan iborat? 
5.
Sinfdagi pedagogik muloqotingiz paytida odamlar bilan kundalik muloqotdan farqli nimalar paydo bo‗ladi? 
6.
Sinf jamoasi bilan pedagogik muloqot usullarini, ba‘zan kishilar bilan odatiy kundalik muloqot qilish 
vaziyatiga ko‗chirgan holatlaringiz bo‗ladimi? Tahlil qiling.
O‗tkazilgan o‗z-o‗zini kuzatish asosida, o‗zingiz uchun dilkashlik xususiyatlarini kasbiy fazilat sifatida 
ahamiyatini aniqlang, shunda siz o‗quvchilar bilan muloqot jarayonida pedagogik faoliyatingizdagi asosiy 
kamchiliklardan kelib chiqqan holda o‗zingiz uchun 

Download 6,15 Mb.
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   307




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yosh o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik dilkashligini o‘rganish DASTURI

Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish