O‘qituvchi nazokatida dilkashlik va pedagogik takt




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/307
Sana22.05.2024
Hajmi6,15 Mb.
#249463
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   307
O‘qituvchi nazokatida dilkashlik va pedagogik takt
 
Pedagogikada axloq va odobning muhim xususiyatlaridan biri bo‗lmish dilkashlik insonning atrofdagi odamlar 
bilan barqaror, yaqin munosabatda bo‗lishga intilishi deb ta‘riflanadi. Bu intilish o‗qituvchining o‗quvchilar va 
atrofidagi kishilar bilan tez aloqa o‗rnata olishi va belgilangan maqsadga erishishini ta‘minlaydi. Albatta bu jarayon 
birdaniga sodir bo‗lmaydi, ayniqsa yosh o‗qituvchilardan psixologik bilim, kishilar bilan muloqotda xushmuomalalik, 
ehtiyotkorlik talab qilinadi. Psixologlar o‗qituvchilarning dilkashlik xususiyati ikki toifadagi odamlar xarakterida 
mujassamlashgan deb ta‘kidlaydilar: 
Birinchisi, 
ekstravert
shaxslar: Ular barcha ishlarda faol, jiddiy va vazmin, osoyishtalikka va tashqi 
ta‘sirchanlikka moyil kishilardir.
Ikkinchisi, 
introvert
shaxslar: Ular faqat o‗z ichki olamiga beriluvchan, atrofidagi odamlarga aralashmaydigan, 
o‗z-o‗zini nazorat qilishga, doimo ichki xavotirga moyil kishilardir.
Pedagog olimlar o‗qituvchining dilkashligi ekstravert yoki introvert xususiyatlarga ega bo‗lgan shaxslar 
xarakterining birlashuvida paydo bo‗lishini ta‘kidlaydilar. Biroq, 
ko‗pincha pedagogikada ekstravert tipdagi shaxslar 
dilkash insonlar sifatida e‘tirof etilganlar.
O‗qituvchida ushbu hislatlarning mavjudligi, uning pedagogik nazokat 
qoidalariga rioya qilib dilkashlik xususiyatlarini rivojlantirishi pedagogik mahorat sirlarini takomillashtirish zamini va 
shartidir.
Dilkashlik munosabatini doimiy ravishda o‗z kasbiy faoliyatida mujassamlashtirgan o‗qituvchi quyidagilarni 
unutmasligi kerak: 

sinf jamoasiga nisbatan bir qolipdagi fikrlarning muayyan tizimiga ega bo‗lishi; 

o‗quvchilar bilan doimo erkin muloqot qila olishi, har bir o‗quvchiga individual shaxs sifatida 
yondashishi; 

birorta ham o‗quvchisining yomon bo‗lishiga, ularning hurmat e‘tiborini qozonmasligi mumkin 
emasligiga ishonch hosil qilishi; 

biror o‗quvchiga nisbatan ishonchsizlik, salbiy munosabat sinf jamoasi bilan o‗zaro yaxshi 
munosabatni yo‗lga qo‗yilishiga xalaqit qilishini bilishi; 

o‗quvchilar bilan muloqotda haddan tashqari masofani (subardinatsiya) saqlash mumkin emasligi; 

sinf jamoasida sodir bo‗ladigan kulgili vaziyatlarda o‗qituvchining o‗ta jiddiy va qat‘iy bo‗lishi 
jamoadagi qaltis ahvolni murakkablashtirib yuborishini unutmasligi; 

har bir o‗quvchiga beriladigan xolisona va adolatli baho (ijobiy yoki salbiy) o‗qituvchi va o‗quvchi 
orasidagi munosabatni mustahkamlaydigan ko‗prik ekanligini unutmaslik.
O‗qituvchining kasbiy pedagogik faoliyatida dilkashlik fazilati o‗quvchilar jamoasi bilan qizg‗in, muvaffaqiyatli 
muloqotga kirishib ketishida namoyon bo‗ladi. Avvalo, o‗qituvchi o‗zining kasbiy-pedagogik dilkashlik fazilati haqida 
va uning nima ekanligini va tarkibiy qismlari nimalardan iboratligi to‗g‗risida aniq ma‘lumotga ega bo‗lishi lozim. Shu 
bilan birga o‗qituvchi o‗zining kasbiga xos bo‗lgan shaxsiy fazilatlari nuqtai nazaridan e‘tibor berib, dilkashlikning 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
177 
qanday jihatlarini o‗zida shakllantirish lozimligini aniqlashi va o‗z-o‗zida kommunikativ hislatlarni tarbiyalashning 
shaxsiy rejasini tuzishi kerak. 
Pedagogik kommunikatsiyaning o‗qituvchi kasbiy faoliyatidagi ahamiyati shundan iboratki, unda o‗qituvchining 
yuksak kommunikativ madaniyati qay darajada ekanligi namoyon bo‗ladi. O‗qituvchining kommunikativ madaniyati 
o‗z navbatida turli pedagogik vaziyatlarda paydo bo‗ladigan oddiy insoniy dilkashlik xususiyatiga tayanadi. Har 
birimizda, o‗z shaxsiy muloqotimizning va o‗zgalarning biz bilan olib boradigan shirin xushmuomalali muloqotidan 
ko‗plab ajoyib taassurotlar xotiramizda saqlanadi. O‗zaro muomalada dilkashlik fazilatlarini namoyish etadigan ko‗plab 
pedagog ustozlarni bilamiz. Ular har qanday vaziyatlarda kishilar bilan bemalol muloqotga kirishib keta oladilar. Biroq, 
muloqotda butun suhbat jarayonini faqat o‗ziga qaratib, kommunikatsiyaning qoq markazida faoliyat ko‗rsatishni 
istovchi o‗qituvchilar ham bor. Hayotda yana shunday o‗qituvchilar uchraydiki, ular muloqotda kamgap, suhbatda istar-
istamas ishtirok etishadi, mutlaqo faol kommunikativ rolni bajarishmaydi. Faqat kommunikativ xulqi bilan 
suhbatdoshini qo‗llab turadi. Ba‘zan hech kim bilan umuman muloqotga kirisha olmaydigan tund toifali o‗qituvchilar 
ham uchraydi. Ammo, pedagogik faoliyatda muloqotdagi xushmuomalalilik nafaqat insoniy fazilat sifatida, balki 
o‗qituvchilik kasbini tanlagan har bir kishining 

Download 6,15 Mb.
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   307




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘qituvchi nazokatida dilkashlik va pedagogik takt

Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish