Pedagogik nazokatni egallash malakalari




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/307
Sana22.05.2024
Hajmi6,15 Mb.
#249463
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   307
Pedagogik nazokatni egallash malakalari.
Pedagogik nazokat pedagogik mahorat bilan birga yillar davomida 
ustozlar tajribasini o‗rgangan holda va o‗z hayotiy hamda kasbiy faoliyati tajribalaridan kelib chiqib shakllantirilib 
boriladi. O‗qituvchining ma‘naviy etuklik darajasi, nazokat sirlarini o‗rganishda o‗quvchilar bilan muloqot qilish 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
176 
ko‗nikma va malakalarini egallashi, maxsus psixologik bilimlarga ega bo‗lishida, o‗z ustida tinimsiz mehnat qilishi 
natijasida erishiladi. Avvalo bu bilimlar o‗quvchilar yosh xususiyati psixologiyasini va bolalarning individual 
xarakterini bilish bilan bog‗liq. 
Axloq asoslarini bilish, hatti-harakatlarda axloqiy ma‘noni kasb ettirish ham katta ahamiyatga ega. SHu bilan 
birga o‗quvchi ruhiyatiga ijobiy-tarbiyaviy ta‘sir etish yo‗llarini bilish o‗qituvchilarning kundalik faoliyatiga aylanishi 
lozim: 
-
o‗quvchilarni chin ko‗ngildan sevish, o‗z muhabbatini o‗zaro munosabatda ko‗rsata olish; 
-
o‗quvchilar xulqi va ruhiyatidagi yashirin ichki tuyg‗ularni anglashga harakat qilish, ko‗rish va kuzatish; 
-
sinf jamoasidagi har qanday sharoit va muhitga moslashish; 
-
sinf jamoasi bilan o‗zaro hamkorlikni ta‘lim-tarbiyaviy maqsadga muvofiq yo‗lini tanlash; 
-
o‗quvchilar bilan norasmiy suhbatlarda o‗z ichki hissiyotini sezdirmaslik, aksincha ular ishonchini qozonish. 
Pedagogik nazokatning asosiy xususiyati
 
shundan iboratki,
 
o‗qituvchiga muloqotni ijobiy hissiyotlar asosida 
qurishga, o‗quvchilar bilan psixologik kontaktga kirishish uslublarini saqlashga yordam beradi. Pedagogik nazokatning 
quyidagi xususiyatlari hozirgi kunda muvaffaqiyat poydevori hisoblanadi:

o‗qituvchi pedagogik nazokat talablariga amal qilib, o‗zida muloqotning erkin demokratik asosini 
shakllantiradi;

sinf jamoasida ongli intizomni vujudga keltiradi; o‗quvchilar bilan haqiqiy muloqot madaniyatiga erishadi;

o‗qituvchi sinfda yakka (avtoritar) hukmronlikdan, erkin muloqotga o‗tib, demokratik prinsiplar asosida 
pedagogik faoliyatga kirishish shaklini qo‗llaydi;

o‗quvchilarni ongli ravishda tartib-intizomga muloqot asosida o‗rgatadi. 
Pedagogik nazokat asosida o‗qituvchi o‗quvchilar bilan muloqotda qarama-qarshilikka yo‗l qo‗ymasligi o‗zaro 
munosabatni to‗g‗ri tashkil etishga yordam beradi. Bizga ma‘lumki, o‗qituvchining fikr-mulohazalarida nisbiylik va 
sub‘ektivlik alomatlari ham mavjud. U hammaga birdek, to‗g‗ri munosabatda bo‗la olmasligi tabiiy holdir, lekin u 
mohiyatan barcha o‗quvchilarga holis niyatli, yaxshilik qilishga intiluvchi, adolatli kishi ekanligiga ishonch uyg‗otishi 
kerak. Bu holat pedagogik nazokatning muhim xususiyatlaridan biridir.

Download 6,15 Mb.
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   307




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik nazokatni egallash malakalari

Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish