kasbidagi yuksak shaxsiy fazilati




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/307
Sana22.05.2024
Hajmi6,15 Mb.
#249463
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   307
kasbidagi yuksak shaxsiy fazilati
sifatida namoyon bo‗ladi. 
Xushmuomalalilik, Sharq mutafakkirlari ijodida yuksak odob namunasi sifatida tasvirlangan. Dilkashlik, o‗qituvchi 
uchun ajoyib bezak hisoblanadi va muosharat odobi sifatida talqin qilinib, o‗quvchilar ongiga singdirilgan. 
O‗qituvchining xushmuomalaligi va dilkashligi o‗zida butun bir global insonparvarlik jarayonini qamrab 
oluvchi, ko‗plab tarkibiy qismlardan iborat bo‗lgan ajoyib fazilatlaridan biridir. O‗z pedagogik kasbidan voz kechgan 
sobiq o‗qituvchilar bilan suhbat jarayonida shu narsa ma‘lum bo‗ldiki, ularning ko‗pchiligi qo‗pol, muloqotda 
nazokatsiz kishilar. Odamlar bilan muloqotga kirishish, ular uchun qiziqarli emas. SHu sababli o‗qituvchi sifatida 
kasbiy hislatlari ham shakllanmagan. Muloqot jarayoni – doimiy, uzoq vaqt davomida shakllanuvchi, keng qamrovli 
jarayon. Zero, shuning uchun pedagogik faoliyat – muomalada qo‗pol, nazokatsiz o‗qituvchilarni charchatadi, ish 
jarayoni uning g‗ashiga va asabiga tegadi, ta‘lim muassasasidagi faoliyatiga putur etkazadi. 
Xushmuomalalilik va dilkashlik shaxsning insoniy fazilati sifatida o‗qituvchilarning ham kasbiy faoliyatidagi 
yuksak fazilatlaridan biriga aylanib, o‗qituvchining pedagogik muloqoti unumdorligini ta‘minlaydi. Pedagogika oliy 
ta‘lim muassasalarida bo‗lajak o‗qituvchilarni kasbga yo‗naltirishda, xushmuomalalilik va dilkashlikni shakllantirish 
uchun maxsus tayyorgarlikdan o‗tishni taqozo etadi. O‗qituvchining dilkashligi – uchta tarkibiy qismni birlashtiruvchi 
jarayondir: 

muloqotda zaruriyatning mavjudligi; 

muloqotdan keyin, muloqot paytida, muloqotgacha yaxshi kayfiyat; 

kommunikativ ko‗nikma va malakalarga ega bo‗lish.
Ushbu ta‘rifda muloqotning o‗qituvchi kasbiy faoliyatidagi ijodiy jihatlari ko‗rsatilgan. Biroq, muloqot uchun 
zaruriyat hamisha mavjudligi – umuminsoniy xususiyat bo‗lib, u barcha kasb egalariga taalluqlidir. 
Rus olimi A.V.Mudrik o‗z ilmiy tadqiqotlarida o‗qituvchining xushmuomalalilik bilan muloqotga kirishishi va 
unga ko‗nikma hosil qilishga nisbatan qobiliyatini aniqlaydigan quyidagi mezonlarni ajratib ko‗rsatadi:

inson tafakkurining o‗ziga xos xususiyatlarga muvofiqligi;

notiqlik san‘atini mukammal egallaganlik yoki nutqda erkinlik;

xushmuomalalilik va shirinsuxanlik;

empatiya va o‗z-o‗zidan paydo bo‗ladigan o‗tkir zehnga ega bo‗lish;

ma‘lum bir maqsadga qaratilgan aniq ijtimoiy munosabat (masalan, muloqot jarayonining natijalariga emas, 
balki o‗ziga nisbatan qiziquvchanlik);

kommunikativ mahoratda – vaqtni, suhbatdosh ichki dunyosini, munosabatni, vaziyatni aniq mo‗ljalga olish. 
Ushbu nuqtai nazardan ta‘kidlash joizki, o‗qituvchining kasbiy faoliyatida mavjud bo‗lgan pedagogik dilkashlik 
ham o‗ziga xos mazmunga ega va uning quyidagi tarkibiy qismlarini ajratib ko‗rsatish mumkin: 

ta‘lim va tarbiyaning turli sharoitlarida o‗quvchilar bilan doimiy muloqotda bo‗lish uchun barqaror 
zaruriyatning mavjudligi; 

o‗qituvchining shaxsiy va kasbiy jihatdan dilkashlik va xushmuomalalik fazilatlarini namoyon qilishda 
uzviylikning doimiyligi; 

dilkashlik va xushmuomalalikning barcha bosqichlarida ruhiy xotirjamlikni his etish;

muloqotning samaradorligi va pedagogik faoliyatning turli tarkibiy qismlariga ijobiy ta‘sir etishi; 

pedagogik kommunikatsiya jarayonini amalga oshirishda qobiliyatning mavjudligi;

o‗qituvchining pedagogik kommunikativ ko‗nikma va malakalarni doimiy egallab borishi.
Hozirgi kunda ta‘lim-tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi, o‗quvchilarni erkin, mustaqil fikr 
yuritishga va ongli intizomga o‗rgatish, intellektual va ma‘naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, o‗qituvchidan chuqur 
bilimga, kasbiy malaka va ko‗nikmalarga, yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‗lishni talab qiladi. Shu jihatdan 
o‗qituvchining o‗quvchilar bilan munosabatida ―Pedagogik takt‖ muhim pedagogik qobiliyat sifatida e‘tirof etiladi.
Takt so‗zi azaldan pedagogikada tarbiyaviy ta‘sir etish ma‘nosini bildiradi va o‗quvchilar bilan o‗zaro 
munosabatni boshqarishga yordam beruvchi axloqiy kategoriya sifatida ta‘riflanadi. O‗quvchilar bilan muloqot 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
178 
jarayonida ro‗y beradigan eng og‗ir vaziyatlarda ham pedagogik takt o‗qituvchidan mutlaqo bosiqlikni, suhbatdoshiga 
nisbatan hurmat va ehtiromni talab qiladi.
Pedagogik takt – o‗qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo‗lib, o‗quvchilarga barcha demokratik talablar asosida 
pedagogik ta‘sir o‗tkazish, muloqotni insonparvarlik tuyg‗ulari asosida o‗rnatish o‗lchovi, o‗quvchilarda mustaqil fikr 
yuritishni hamda ongli intizomni tarkib toptirish ko‗nikmalarini hosil qilish shaklidir. Pedagogikada o‗qituvchining 
o‗quvchilar bilan munosabati ularning yosh xususiyatlariga qarab belgilanishi va bu qonuniyatga amal qilinishi qat‘iy 
talab qilinadi. 
Shunday ekan, o‗qituvchi ta‘lim–tarbiya jarayonida hali to‗liq shakllanmagan, ta‘sirlarga va ruhiy 
kechinmalarga tez beriluvchi, ota–onasining sevimli farzandi bo‗lgan murg‗ak qalb egalari bilan muloqot 
qilayotganligini aslo unutmasligi kerak.
O‗quvchilar bilan muloqotda pedagogik taktga zid bo‗lgan qo‗pollik, adolatsizlik, qo‗rqitish, haqorat, 
mensimaslik, pedagogikaga zid bo‗lgan jazolash usullarini qo‗llash va boshqa ular shaxsiga salbiy ta‘sir qiladigan turli 
jargon so‗zlar ishlatish o‗quvchilar qalbini umuman tuzalmaydigan darajada jarohatlab qo‗yishi, yoki o‗qituvchining 
obro‗siga putur etkazishi mumkin. O‗qituvchi va o‗quvchi o‗rtasidagi bunday qarama-qarshiliklar ko‗pincha dars va 
darsdan tashqari jarayonlarda sodir bo‗ladi. Bunda ayniqsa yosh o‗qituvchilarning pedagogik takt sirlarini bilmasligi, 
tajribasizligi pand beradi. 
O‗qituvchining taktik mahorati birdaniga shakllanib qolmaydi, u yillar davomida pedagogik faoliyatda, ustozlar 
tajribasini o‗rganishda, dars jarayonida, sinfdan tashqari faoliyatda va tarbiyaviy soatlarda o‗quvchilar bilan muloqotda 
takomillashib boradi. Dars jarayonida pedagogik mahoratning asosi bo‗lmish pedagogik taktga ega bo‗lish o‗qituvchi 
uchun juda zarurdir. 

Download 6,15 Mb.
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   307




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish