UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
180
kommunikativ qobiliyatlarni takomillashtirish, pedagogik kasbiy ko‗nikma va malakalarni shakllantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Agarda ta‘lim va tarbiyadan ko‗zlangan maqsad shaxsning shaxsga ijobiy ta‘siri ekan, demak,
aynan o‗quvchilar bilan o‗zaro hamkorlik sharoitida o‗qituvchi ularning ma‘naviy dunyosiga kirib borishi kerak
Quyidagi ko‗rsatkichlar asosida o‗zingiz yoki kasbdoshlaringizning darsini tahlil qiling, keyin esa o‗zingizni
yoki kasbdoshingizni sinf jamoasi bilan muloqotiga yakuniy tavsif bering:
1.
Sinfga kirish (tetik, ishonchli, shaxdam, ishonchsiz, bo‗sh).
2.
Muloqotning boshlang‗ich bosqichida o‗zini erkin his etish, umumiy kayfiyat (tetik, barkamol, betaraf,
siqiq, ishonchsiz).
3.
Kommunikativ kayfiyatga tavsif (muloqotga har taraflama mukammal tayyorgarlikni ta‘riflash, yoki
ifodalanadigan kommunikativ kayfiyatning yo‗qligi).
4.
Kommunikativ tashabbusni shaxdam namoyon qilinishi, faoliyatga yaxshi kayfiyat bilan kirishish, bu
kayfiyatni sinfga «yuqtira olish», darsning ko‗tarinki ruh va neytral boshlanishi; yoki ruhan toliqqanlik,
muloqotni tashkil qilishda tashabbusning yo‗qligi.
5.
Darsda zarur (umumiy, butun dars davomida, bosqichma bosqich, ba‘zi vaziyatlarda) bo‗lgan o‗qituvchiga
xos ruhiy kayfiyatni yarata bilish.
6.
Dars jarayonida va o‗quvchilar bilan muloqot davomida o‗z ruhiy hissiyotini boshqara olish (barqaror
ruhiy holat, dars davomida yuzaga keladigan vaziyatlarga muvofiq tarzda o‗zini boshqara olish qobiliyati,
kayfiyatning buzilishi, o‗z ijodiy kayfiyatini boshqarishda beqarorlik).
7.
Dars jarayonida tashkil qilingan muloqot xarakteri (uyg‗un, sermahsul, engil, rasmiy; yoki majburiy,
zo‗rma-zo‗raki muloqot).
8.
Ta‘lim-tarbiyaviy vazifalarni hal etish, o‗quvchilar bilan o‗zaro munosabatlarni tashkil qilish uchun
muloqotni boshqarish samaradorligi (tezkorlik, nazokatlilik, muloqotda o‗z shaxsiy uslubi
samaradorligini his qilish, o‗zaro muloqot va ta‘sir o‗tkazish metodlari birligini tashkil qila olish
malakasi; yoki muloqotdan ta‘lim-tarbiyaviy ta‘sir quroli sifatida etarlicha foydalana olmaganlik).
9.
Nutq (yorqin va jarangdor; obrazli va intonatsiyali; chuqur hissiyotga berilish bilan; oddiy va betaraf;
bosiq va vazmin gapirish; yoki ifodaliligi kam, ta‘sirchanlikning yo‗qligi; betaraf; yo‗riqnomaviy-
idoraviy).
10.
Mimika (ifodali, tetik va dadil, yorqin ko‗rinishga ega bo‗lish, tashqi ko‗rinishning pedagogik maqsadga
muvofiqligi, his tuyg‗ularga boy, bosiq va vazmin ko‗rinishni yuzda aks etishi).
Ushbu tahlilga yakun yasab, o‗zingiz uchun foydali bo‗lgan xulosalar chiqaring, o‗zingizda mavjud bo‗lgan
kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etishga harakat qiling. Pedagogik faoliyatingizda ijodiy muloqot madaniyati va
texnologiyasini shakllantirish bo‗yicha maxsus tizim bilan ishlang, ma‘lum bir maqsadga yo‗naltirilgan trening,
dilkashlik va xushmuomalalikni shakllantiruvchi o‗zingiz uchun maxsus mashqlar tizimini yarating.