• Mustaqil ish uchun topshiriqlar 1 -topshiriq
  • 2-topshiriq.
  • O‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z ustida ishlash pedagogik mahoratning asosiy sharti sifatida
  • Umum ped na amal-O`um 13-14




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet253/307
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,15 Mb.
    #249463
    1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   307
    Ritmika-
    bu ayrim so‘z va bo‘g‘inlarning aytilish muddati va to‘xtalishi, nutq va ifodalarning navbat bilan 
    o‘z o‘rnida ishlatilishini bildiradi. Bu nutqning muhim elementi bo‘lib, ba‘zan intonatsiya va pauza so‘zdan ko‘ra 
    kuchli emotsional ta‘sir qiladi. 
    Mustaqil ish uchun topshiriqlar 
    1
    -topshiriq
    . «Diqqat qiling», «Bugun siz bilan ... haqida gaplashamiz", "daftaringizni oching va ...... 
    yozing", "Doskaga chiq" kabi o‘quvchilarga murojaat qilib aytiladigan jumlalardan birini turlicha ohanglarda ayting. 
    2-topshiriq. 
    -O‘qituvchilar, talabalar, o‘quvchilar nutqining fazilatlari va nutq madaniyatini kuzating, taxlil
    eting. 
    - Bo‘lajak o‘qituvchilar nutqini takomillashtirish bo‘yicha mashqlar o‘tkazing. 
    - Nutq va notiqlik haqidagi mutafakkirlarimiz fikrini yig‘ib, tahlil eting. 
    Adabiyotlar 
    1.
    Азизхўжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. – Тошкент: Низомий номидаги ТДПУ,
    2006. 
    2.
    Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Дарслик. Н.Т.Омонов, Н.Х.Хожаев, С.А.Мадиярова, 
    Е.И.Эшкулов. Т.: ―IQTISOD-MOLIYA‖, 2009, 240 бет. 
    3.
    Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. Darslik. – T.: ―IQTISOD-MOLIYA‖, 2011.- 425 b. 
    4.
    M.O.Ochilova, N.Ochilova. O‘qituvchi odobi. Т.O‘qituvchi 1997y 
    5.
    Ochilova N. O‘qituvchi odobining talab qoidalari. «Xalq ta`limi», 1997y,2-son, 27-32- betlar 
    MAVZU: O‘Z-O‘ZINI TARBIYALASH VA O‘Z USTIDA ISHLASH PEDAGOGIK MAHORATNING ASOSIY 
    SHARTI SIFATIDA 
    O‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z ustida ishlash pedagogik mahoratning asosiy sharti sifatida 
     
    O‘qituvchi o‘z-o‘zini tarbiyalashi uchun, avvalo o‘zini atroflicha chuqur o‘rganishi, o‘z ishidagi yutuq va 
    kamchiliklarni ko‘ra olishi kerak. O‘z-o‘zini o‘rganish va boshqa kishini anglash uchun ham zarurdir. Boshqalarning 
    yutuqlarni o‘rganmay, o‘zini boshqalar bilan qiyos qilmay turib, o‘zini shaxs sifatida o‘rganish mumkin emas. O‘zini 
    anglash, o‘zini baholash xususiyati boshqa kishilar bilan munosabat jarayonida, birgalikdagi faoliyat vaqtida tarkib 
    topadi. 
    K.D Ushinskiy o‘z-o‘zini tarbiyalash orqali quyidagilarga erishilishini ta‘kidlab o‘tgan: 1) xotirjamlik; 2) 
    so‘zda ishonch va tug‘rilikka; 3) xatti-harakatga mulohaza bilan yondashish; 4) qat‘iylik; 5) o‘zi haqida sababsiz biror 


    UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
    187 
    og‘iz gapirmaslik; 6) lozim narsalardangina foydalanish; 7) har kuni kechasi o‘ziga o‘zi hisobot berish. 8) biror 
    marotaba maqtanmaslik. 
    O‘z-o‘zini tarbiyalash uo‘z faoliyatini tahlil qilishdan va o‘z shaxsini takomillashtirishdan boshlanadi. 
    O‘qituvchi o‘z ustida ishlashi, o‘z-o‘zini tarbiyalashda quyidagi usullardan foydalanadi: 
    O‗z–o‗zini bilish
    jarayoni o‗qituvchining pedagogik mahorati doirasida ma‘lumotlarni qayd qilish darajasida 
    kechadi, bunda refleksiyaning passiv shakli ustuvorlik qiladi. O‗qituvchi pedagogik faoliyatida yuzaga kelayotgan turli 
    qiyinchiliklar va muammolarning sabablarini, erishilayotgan yutuqlar va natijalarni shunchaki qayd qilib boradi. 
    O‗z – o‗zini anglash
    jarayoni o‗qituvchining o‗z faoliyati va unda o‗ziga nisbatan «metapozitsiya» (noaniq 
    pozitsiyada)da turib, o‗ziga tashqaridan qarash, o‗zini kuzatish malakasini ko‗zda tutadi. Bunda, interiorizatsiya (tashqi 
    omillarning ichki omillarga o‗tishi) hodisasi amalga oshadi, kasbiy qiyinchiliklarning kelib chiqish sabablari rasmiy-
    lashtiriladi; faoliyatdan ko‗zlanadigan asosiy maqsad aniqlanadi, refleksiv – «MEN» shakllanadi. Bu o‗qituvchining 
    dolzarb rivojlanish zonasi bilan bog‗liq.
    O‗z – o‗zini aniqlashtirish
    jarayonida boshlang‗ich daraja kasbiy ehtiyojlarni hisobga olib belgilanadi va jadal 
    imkoniyatlar asosida faoliyat rejalashtiriladi. Strategik, taktik va tezkor vazifalar shakllantiriladi. Haqiqiy «MEN» va 
    ideal «MEN» nisbatlanadi. Bu o‗qituvchining eng yaqin rivojlanish darajasi bilan bog‗liq.
    O‗z – o‗zini rivojlantirish
    jarayonida o‗qituvchining kasbiy faoliyati davomida takomillashtirilgan pedagogik 
    mahorati, refleksiyalangan (ya‘ni avval foydalanilgan va ularning samaradorligini baholash natijasida tobora optimal 
    bo‗lib chiqqan metodlar) harakat usullari va metodlarining o‗sishi sodir bo‗ladi. 
    O‗z – o‗zini nazorat qilish
    o‗qituvchi pedagogik faoliyati jarayonida nazariy va amaliy tajribalar asosida, o‗z – 
    o‗zini kasbiy jihatdan nazorat qilib, pedagogik mahoratini yanada takomillashtirib borishning ikkinchi shakli 
    boshlanishini nazarda tutadi.

    Download 6,15 Mb.
    1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   307




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish