|
Umum ped na amal-O`um 13-14 Pdf ko'rish
|
bet | 251/307 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,15 Mb. | | #249463 |
Pontomimika
– bu gavda, qo‘l va oyoq harakatidir. O‘qituvchining gavdasi, qul va oyoqlari harakati ham
joyida bo‘lishi kerak. Pontomimika asosiy fikrni ajratib ko‘rsatishga imkon beradi. YAqqol qiyofalarni gavdalantiradi.
O‘qituvchi darsda o‘quvchilar oldida to‘g‘ri turish holatini mashq qilish kerak (oyoqlar oralig‘i 12-15 sm, o‘ng oyoq
biroz oldinda), barcha harakatlar o‘zini oddiyligi va nafisligi bilan o‘quvchilar e‘tiborini tortishi zarur. Gavda tutish
estetikasi: oldinga-orqaga tebranish, og‘irlikni bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa o‘tkazib turish, stul suyanchig‘iga tayanib
turish, boshni qashlash, qo‘lda biror buyumni aylantirib turish, burunni artish, quloq qashlash kabi zararli odatlarga yo‘l
qo‘ymaydi. O‘qituvchi gavdasining harakati chegarali va bosiq bo‘lishi, ortiqcha silkinish va keskin harakatlardan holi
bo‘lishi zarur.
Mimika
- o‘z fikri, kayfiyati, sezgisini yuz muskullari harakati orqali aks ettirish san‘ati. O‘qituvchining yuz
ifodasi va qarashi ba‘zan o‘quvchilarga so‘zdan ham qattiqroq ta‘sir ko‘rsatadi. Jest va mimika axborotning hissiy
ahamiyatini oshiradi, uni puxtaroq o‘zlashtirilishini ta‘minlaydi. O‘quvchilar o‘qituvchi kayfiyati va munosabatini
uning yuzidan «uqib» turadilar. SHuning uchun ham o‘qituvchining yuzi, uning sezgilarini ifodalash bilan birga, ularni
yashirib turishi ham muhimdir.
2. Pedagogik texnikani egallash yo‘llari.
Pedagogik texnikani egallashning asosiy yo‘llari o‘qituvchi
rahbarligidagi mashg‘ulotlar va mustaqil ishlashdir. Pedagogik texnika malakalarining individual shaxsiy tusda
ekanligini hisobga olib, pedagogik texnikani egallashda va uni takomillashtirishda kasbiy jihatdan o‘z - o‘zini
tarbiyalash, ya‘ni talabaning o‘zida mohir o‘qituvchi shaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini shakllantirishga
qaratilgan faoliyat yetakchi rol o‘ynaydi, deb aytish mumkin. Kasbiy ideal sari bu harakatda ham pedagogik texnikani
egallash muhim rol o‘ynashi lozim.
Tashkiliy - metodik jihatdan pedagogik texnika mashg‘ulotlari individual, guruhli yoki ketma - ketlikda
o‘tkazilishi mumkin. Masalan, zarur bilimlar ma‘ruzalarda yoki tegishli adabiyotni mustaqil o‘qishda egallanishi
mumkin. Avtomatlashtirishga doir oddiy harakatlar ketma - ket ko‘rsatilishi mumkin. Tegishli kunikmalarni ishlab
chiqish individual ishlashni dastlab o‘qituvchining nazorati va rahbarligida keyin esa mustaqil ishlashni talab qiladi.
3. Nutq faoliyati - odam tomonidan ijtimoiy - tarixiy tajribani o‘zlashtirish va avlodlarga berish yoki
kommunikatsiya o‘rnatish yoki o‘z harakatlarini rivojlantirish maqsadida tildan foydlanish jarayonidir.
Nutq qanchalik chiroyli, mazmundor bo‘lsa kishilarni o‘ziga shunchalik jalb etadi. Bu masalaga kishilar
qadimdan qiziqib kelishgan. Qadimgi YUnoniston va Rimda nutq madaniyatining nazariy asoslari yaratilgan. Notiqlik
san‘at darajasiga ko‘tarilgan. Ularda yetuk inson bo‘lish uchun notiqlik san‘atini egallashlari shart bo‘lgan. 335 yilda
Aristotelning "Ritorika"si yaratiladi. sitseronning "Notiq haqida", "Notiq"asarlari, Mark Fabiy Kvintilianning "Notiq
tayyorlash to‘g‘risida" asari ham notiqlik san‘ati haqidadir.
4.
|
| |