• ―Kommunikativ jihatdan o‗z-o‗zini tarbiyalashning individual-tipologik dasturi‖
  • Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganishda materiallar to‘plash




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet254/307
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,15 Mb.
    #249463
    1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   307
    Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganishda materiallar to‘plash 
    Pedagogik faoliyat o‘z mehnatiga ko‘ra ijodiy tavsifga ega. Pedagogik ijodkorlikning asosiy mohiyati 
    pedagogik faoliyatning maqsadi va xarakteri bilan aniqlanadi. Pedagogik ijodkorlik majmui – pedagogik tajribadir.
    Ilg‘or pedagogik tajriba deganda o‘qituvchining o‘z pedagogic vazifasiga ijodiy yondashishi, o‘quvchilarga 
    ta‘lim-tarbiya berishning yangi shakl, metod va vositalarini izlab topishdir. 
    Ilg‘or pedagogic tajribani o‘rganish, unga asoslanib yangi pedagogic hodisa va qonuniyatlarni ochish o‘quv-
    tarbiya jarayoniga yaxshi sifatli o‘zgarishlar kiritadi, o‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish, yangi turdagi o‘quv 
    jarayonini modellashtirish muammolarini yechishga sabab bo‘ladi. 
    Pedagogik tajriba o‘qituvchining o‘quv ishlari jarayonida egallaydigan bilim, ko‘nikma va malakalari 
    yig‘indisidir. Pedagogik tajribani to‘plash pedagogik mahoratning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, u pedagogic 
    faoliyatni samarali tashkil etish omili hisoblanadi. 
    Pedagogik tajribani to‘plash tizimi quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi: 
    1.
    Maqsadni belgilash. 
    2.
    Ma‘lumotlarni to‘plash. 
    3.
    Ma‘lumotlarni tahlil etish, umumlashtirish, xulosa qilish. 
    4.
    Yutuqlarni aniqlash va amaliy faoliyatga tatbiq etish. 
    O‗tkazilgan o‗z-o‗zini kuzatish asosida, o‗zingiz uchun dilkashlik xususiyatlarini kasbiy fazilat sifatida ahamiyatini 
    aniqlang, shunda siz o‗quvchilar bilan muloqot jarayonida pedagogik faoliyatingizdagi asosiy kamchiliklardan kelib 
    chiqqan holda o‗zingiz uchun 
    ―Kommunikativ jihatdan o‗z-o‗zini tarbiyalashning individual-tipologik dasturi‖
    ni 
    tuzishingiz mumkin. Ushbu dastur – kasbiy fazilat sifatida o‗qituvchida dilkashlik va xushmuomalalikni rivojlantirish 
    dasturi (o‗quvchilar bilan muloqotga kirishish darajasi past bo‗lganida) bo‗la oladi hamda o‗quvchilar bilan muloqotda 
    salbiy ko‗rinishlarni bartaraf etish (siqiqlik, tortinchoqlik, keskinlik va hokazo), kasbiy-kommunikativ ko‗nikma va 
    malakalarni qisqa muddatda shakllantirishga zamin yaratadi. 
    Kommunikativ jihatdan o‗z-o‗zini tarbiyalash tizimi individual, berilgan tavsiyalar inobatga olingan holda 
    ishlab chiqilgan bo‗lishi kerak. Tabiiyki, muloqotga oid ko‗p narsalarni har qanday o‗qituvchi o‗zining shunchaki 
    sog‗lom tafakkuri va tajribasi bilan ishlab chiqishi mumkin. Masalan, boshqalar bilan muloqotda tabiiy noqulaylikni his 
    qiladigan odamlar, bunday muloqotdan keyin o‗z tajribasini ongli ravishda orttirishi, psixologik to‗siqlarni ma‘lum bir 
    maqsadni ko‗zlab bartaraf etishi lozim. Buning uchun yosh o‗qituvchi turli seminarlarda, yig‗ilishlarda, o‗qituvchilar 
    davrasida ko‗proq chiqish qilishga intilishi, hamkasblari va kishilar bilan muloqot qilishning har bir imkoniyatidan 
    foydalanishi kerak. Masalan, birorta muammo haqida bir nechta hamkasblaringiz bilan gaplashish vazifasini qo‗ying. 
    YOshi ulug‗, tajribali o‗qituvchilarga o‗zingizni qiziqtirgan muammoli savollar bilan murojaat qiling, do‗kon 
    sotuvchisining xaridorlar bilan muomalasidagi hatti - harakatini sharhlab bering va hokazo. Ko‗chada yo‗lovchining 
    savoliga javob berganingizda, u bundan qoniqish hosil qilganini tushunishga harakat qiling. Har safar darsga 
    tayyorgarlik ko‗rib, yangi materialni tushutirishda nafaqat pedagogik vositalar va metodlarni qanday qo‗llashni, balki 
    sinf jamoasi bilan qanday muloqotga kirishish haqidagi fikr xayolingizni band qilsin. O‗quvchilar bilan maktabdan 
    tashqari ta‘lim va tarbiya jarayonida muloqot qilish haqida o‗ylang. Sizga ajoyib taassurot qoldirgan, yaxshi kayfiyat 
    bag‗ishlagan muloqotdagi vaziyatlarni aslo unutmang. O‗quvchilar bilan muloqotdagi ba‘zi muvaffaqiyatsizliklarni 
    tahlil qilishga urining. Xatolaringizni tan oling va ko‗ra biling, sizga qoniqish bag‗ishlashi uchun navbatdagi 
    muloqotlarni qanday tashkil qilishni o‗ylang.


    UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
    188 
    Sizga muloqotda noloyiq inson ekanligingizni aytishsa, aslo ruhiy tushkunlikka tushmang. Xulqingiz, hatti-
    harakatlaringiz, hayot va ish tajribangiz bilan shaxsiy xususiyatlaringiz buning aksi ekanligiga, muloqotda dilkashlik va 
    xushmuomalalilik fazilatlari sizda mavjudligiga o‗zingizni ishontirishga harakat qiling. Tajribalar asosida o‗z kasbiy 
    holatingiz ustida tinimsiz ishlash, muloqotda dilkashlikni kasbiy jihatdan ahamiyatli xususiyatlarini rivojlantirish, 
    kommunikativ qobiliyatlarni takomillashtirish, pedagogik kasbiy ko‗nikma va malakalarni shakllantirishda muhim 
    ahamiyat kasb etadi. Agarda ta‘lim va tarbiyadan ko‗zlangan maqsad shaxsning shaxsga ijobiy ta‘siri ekan, demak, 
    aynan o‗quvchilar bilan o‗zaro hamkorlik sharoitida o‗qituvchi ularning ma‘naviy dunyosiga kirib borishi kerak 
    Quyidagi ko‗rsatkichlar asosida o‗zingiz yoki kasbdoshlaringizning darsini tahlil qiling, keyin esa o‗zingizni 
    yoki kasbdoshingizni sinf jamoasi bilan muloqotiga yakuniy tavsif bering: 
    11.
    Sinfga kirish (tetik, ishonchli, shaxdam, ishonchsiz, bo‗sh). 
    12.
    Muloqotning boshlang‗ich bosqichida o‗zini erkin his etish, umumiy kayfiyat (tetik, barkamol, betaraf, siqiq, 
    ishonchsiz). 
    13.
    Kommunikativ kayfiyatga tavsif (muloqotga har taraflama mukammal tayyorgarlikni ta‘riflash, yoki 
    ifodalanadigan kommunikativ kayfiyatning yo‗qligi). 
    14.
    Kommunikativ tashabbusni shaxdam namoyon qilinishi, faoliyatga yaxshi kayfiyat bilan kirishish, bu 
    kayfiyatni sinfga «yuqtira olish», darsning ko‗tarinki ruh va neytral boshlanishi; yoki ruhan toliqqanlik, muloqotni 
    tashkil qilishda tashabbusning yo‗qligi. 
    15.
    Darsda zarur (umumiy, butun dars davomida, bosqichma bosqich, ba‘zi vaziyatlarda) bo‗lgan o‗qituvchiga 
    xos ruhiy kayfiyatni yarata bilish. 
    16.
    Dars jarayonida va o‗quvchilar bilan muloqot davomida o‗z ruhiy hissiyotini boshqara olish (barqaror ruhiy 
    holat, dars davomida yuzaga keladigan vaziyatlarga muvofiq tarzda o‗zini boshqara olish qobiliyati, kayfiyatning 
    buzilishi, o‗z ijodiy kayfiyatini boshqarishda beqarorlik). 
    17.
    Dars jarayonida tashkil qilingan muloqot xarakteri (uyg‗un, sermahsul, engil, rasmiy; yoki majburiy, zo‗rma-
    zo‗raki muloqot). 
    18.
    Ta‘lim-tarbiyaviy vazifalarni hal etish, o‗quvchilar bilan o‗zaro munosabatlarni tashkil qilish uchun 
    muloqotni boshqarish samaradorligi (tezkorlik, nazokatlilik, muloqotda o‗z shaxsiy uslubi samaradorligini his qilish, 
    o‗zaro muloqot va ta‘sir o‗tkazish metodlari birligini tashkil qila olish malakasi; yoki muloqotdan ta‘lim-tarbiyaviy 
    ta‘sir quroli sifatida etarlicha foydalana olmaganlik). 
    19.
    Nutq (yorqin va jarangdor; obrazli va intonatsiyali; chuqur hissiyotga berilish bilan; oddiy va betaraf; bosiq 
    va vazmin gapirish; yoki ifodaliligi kam, ta‘sirchanlikning yo‗qligi; betaraf; yo‗riqnomaviy-idoraviy). 
    20.
    Mimika (ifodali, tetik va dadil, yorqin ko‗rinishga ega bo‗lish, tashqi ko‗rinishning pedagogik maqsadga 
    muvofiqligi, his tuyg‗ularga boy, bosiq va vazmin ko‗rinishni yuzda aks etishi). 
    g‗ularga boy, bosiq va vazmin bo‗lish, betaraf, beo‗xshov harakatlardan saqlanish). 
    Ushbu tahlilga yakun yasab, o‗zingiz uchun foydali bo‗lgan xulosalar chiqaring, o‗zingizda mavjud bo‗lgan 
    kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etishga harakat qiling. Pedagogik faoliyatingizda ijodiy muloqot madaniyati va 
    texnologiyasini shakllantirish bo‗yicha maxsus tizim bilan ishlang, ma‘lum bir maqsadga yo‗naltirilgan trening, 
    dilkashlik va xushmuomalalikni shakllantiruvchi o‗zingiz uchun maxsus mashqlar tizimini yarating. 
    MAVZU: 

    Download 6,15 Mb.
    1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   307




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganishda materiallar to‘plash

    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish