• Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyatlari
  • Umum ped na amal-O`um 13-14




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet240/307
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,15 Mb.
    #249463
    1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   307
    ishonchini
    qozona olishi shart. YOsh o‗quvchi 
    ―do‗st‖lar ishonchini qozonish yoki ishonchiga kirishi uchun o‗qituvchi pedagogik nazokat imkoniyatlarini o‗z o‗rnida 
    qo‗llay olishi lozim. O‗zaro ishonch munosabatlari o‗rnatilgach, o‗quvchilar og‗ir damlarda o‗qituvchidan yordam 
    so‗rab murojaat qiladilar, o‗z mulohazalarini u bilan baham ko‗radilar. O‗zaro ishonch norasmiy munosabatlarda ham 
    o‗qituvchiga o‗quvchilarning ba‘zan anglab bo‗lmaydigan ichki dunyosini ko‗rish imkoniyatini beradi. O‗quvchilar 
    bilan munosabatlarda pedagogik nazokatni qo‗llash natijasida: 

    o‗qituvchi o‗quvchilarning xarakterini, ichki dunyosini yaxshi bilib oladi, o‗quvchilar bilan 
    munosabatda do‗stona muloqot qilish imkoniyatlari paydo bo‗ladi;

    o‗qituvchi o‗quvchilar bilan chin ko‗ngildan bir-biriga yaqin bo‗ladi, ba‘zan eshitmasligi kerak 
    bo‗lgan o‗quvchilarning o‗zaro sirli gaplarini eshitmasdan o‗tib ketishi mumkin, negaki o‗zgalar gapini tinglash 
    odobsizlikdir; 

    o‗qituvchi ba‘zan o‗quvchilar jamoasining kundalik ishlariga aralashmasligi, jamoada ro‗y beradigan 
    ba‘zi ko‗ngilsiz hodisalarni ijobiy hal etishni jamoa faollari zimmasiga havola etishi mumkin. 
    Bularning hammasi o‗qituvchining o‗quvchilar bilan bo‗ladigan ixtiloflariga, kelishmovchilik va ziddiyatlariga 
    barham beradi.
    Mamlakatimizda har qanday kasb egasi avvalo odob va axloq namunalariga ega bo‗lishi tabiiy, lekin pedagogik 
    nazokat va odoblilik mutlaqo o‗zgacha harakatni va muomalani talab qiladigan o‗qituvchilar uchun chinakam 
    mahoratdir. CHunki bu hislatlar faqatgina pedagogik qobiliyat va iste‘dodga ega bo‗lgan o‗qituvchida yillar davomida 
    shakllanadi 
    Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyatlari
    O‗qituvchining pedagogik nazokati mohiyatida avvalo etnopedagogik tuyg‗ular, milliy qadriyatlar, urf-odat va 
    an‘analar, o‗zbekona tavoze va muomala madaniyati, o‗quvchilar jamoasiga singib keta oladigan har qanday ijtimoiy 
    muhitga moslashuvchi individual qobiliyatlar, kasbiy bilim, ko‗nikma va malakalar mujassamlashgan bo‗ladi.
    Hozirgi kunda informatsion jarayonning jadal rivojlanishi o‗quvchi ruhiyatiga keskin ta‘sir qiladi. Ularning 
    psixologik xususiyatlarini, ruhiy holatini bir maromda ushlab turish uchun o‗qituvchidan kuchli iroda, muomala 
    madaniyati va bosiqlik, pedagogik mahoratning keng imkoniyatlaridan foydalanish talab qilinadi. YOsh avlod 
    tarbiyasida o‗qituvchi eng qiyin vaziyatlarda ham pedagogik nazokatning quyidagi holatlariga rioya qilishi va ushbu 
    faoliyatga o‗zini moslashtirishi lozim:

    emotsional his tuyg‗ular va kechinmalarda, stress va affekt holatlarida o‗zini boshqara olish 
    qoidalariga rioya qilish; 

    o‗zining xulq-atvor xususiyatlarini doimiy bir muvozanatda saqlagan holda qo‗llash; 

    bachkana qiliqlar, ortiqcha hatti-harakatlar, pedagogik etikaga to‗g‗ri kelmaydigan bema‘ni so‗zlardan 
    o‗zini qat‘iy tiyish; 

    o‗qituvchiga xos notiqlik san‘ati sirlarini puxta egallash, o‗quvchi shaxsiga og‗ir ta‘sir etadigan, uning 
    ruhiyatini jarohatlaydigan iboralarni ishlatmaslik, muomalada, jazo metodlaridan foydalanishda qo‗pol va dag‗al 
    so‗zlar qo‗llamaslik; 

    dars jarayonida hissiy, aqliy bilim berishda belgilangan muayyan psixologik va fiziologik me‘yorlarga 
    asoslanish, manmanlikka yo‗l qo‗ymaslik, o‗z holatidan boshqa holatga o‗tishdan saqlanish; 

    o‗qituvchilar jamoasi va o‗quvchilar bilan, ota-onalar hamda notanish kishilar bilan munosabatda 
    kommunikativ qobiliyatning rasmiy va qat‘iy muomala hamda ishbilarmonlik uslublariga asoslanish. 

    Download 6,15 Mb.
    1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   307




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish