Pedagogik nazokat haqida tushuncha




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/307
Sana22.05.2024
Hajmi6,15 Mb.
#249463
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   307
Pedagogik nazokat haqida tushuncha
 
O‗qituvchining o‗quvchilar muhitiga uzviy ravishda qo‗shilib keta olishi nihoyatda qiyin jarayon. Lekin uning 
pedagogik faoliyati bevosita o‗quvchilar orasida olib boriladi. O‗zaro munosabatlarni ishonch va do‗stlik tuyg‗ulari 
bilan mustahkamlab borish o‗qituvchidan jiddiy psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. Buning uchun o‗qituvchi avvalo, 
turli xarakterdagi o‗quvchilardan iborat bo‗lgan, sinf jamoasida tez-tez o‗zgarib turadigan pedagogik vaziyatlarga 
darhol o‗z munosabatini bildirishi va unga odilona baho berishi kerak. U o‗quvchilar hatti-harakatini to‗g‗ri idrok 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
174 
etishi, vaziyatlarni oldindan ko‗ra bilishi, tarbiyaviy metodlarni o‗z o‗rnida qo‗llashi, o‗quvchilar bilan muomalada 
bosiqlik, sabr, milliy an‘ana va turmush tarzimizdan kelib chiqqan muruvvat va himmat, odamiylik va mehr-oqibat 
tuyg‗ularini ko‗rsata olishi shart. Bu vazifalar o‗qituvchining zimmasiga yuklanadigan va u rioya qilishi lozim bo‗lgan 
pedagogik nazokat
deb atalmish faoliyatning zarur shartidir.
Pedagogik nazokat – o‗qituvchi axloqiy-ma‘naviy qiyofasini namoyon etuvchi me‘yor tuyg‗usi yoki xulq va odob 
qoidalariga rioya qilishi demakdir. Pedagogik nazokat o‗qituvchining o‗quvchilar bilan o‗zaro munosabatini tashkil 
qilish vositasi. Psixologik til bilan aytilganda, nazokat insonning bir qolipdagi barqaror tasavvurlarida 
mujassamlashgan shaxsiy insoniy hislatlarining yig‗indisidir.
Pedagogik nazokat me‘yorlari o‗qituvchidan avvalo yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‗lishni talab qiladi. Zero, 
ta‘lim-tarbiya tizimini isloh qilishning asosiy maqsadlaridan biri komil inson tarbiyasi bo‗lib, u davlat siyosatining 
ustuvor yo‗nalishi deb e‘lon qilingan. Ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‗zgalarga ibrat 
bo‗ladigan bilimli, ma‘rifatli yoshlarni tarbiyalab voyaga etkazish o‗qituvchi zimmasida. Shunday ekan, hozirgi 
demokratik jamiyat o‗qituvchisining o‗zi avvalo barkamol inson bo‗lishi, mukammal bilimlar sohibi, o‗z kasbining etuk 
egasi bo‗lishi zarur. O‗qituvchi xulq-atvorida pedagogik nazokat ma‘lum bir muddatda shakllanib tugaydigan jarayon 
emas, uning omillari ham jamiyat taraqqiyoti natijasida uzluksiz sayqallanib boradi. 
O‗qituvchi pedagogik nazokatga ta‘lim va tarbiya jarayonidagi har bir vaziyatga adolatli baho berishi, 
o‗quvchilarning hatti-harakatini to‗g‗ri idrok etishi, sabot va matonat, o‗zini tuta bilish, sabr-toqat, sezgirlik, vijdon, 

Download 6,15 Mb.
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   307




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish