Takt va pedagogik takt haqida tushuncha




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/307
Sana22.05.2024
Hajmi6,15 Mb.
#249463
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   307
 
Takt va pedagogik takt haqida tushuncha 
Tаkt аhlоqiy tushunchа bo‘lib, u insоnlаrning o‘zаrо munоsаbаtlаrini muvоfiqlаshtirish, tаrtibgа sоlish, 
insоnpаrvаrlik g‘оyalаrigа аsоslаngаn bo‘lib, аndishаli hulq, hаr qаndаy ziddiyatli vаziyatlаrdа hаm insоn hurmаti 
sаqlаnib qоlishini tаlаb qilаdi. Hаr bir insоndаn, аyniqsа o‘qituvchidаn аndishаli bo‘lish tаlаb qilinаdi.
Bоshqаchа qilib аytgаndа, pеdаgоgik tаkt bu o‘qituvchining tа‘lim оluvchilаr оldidа o‘zini tutishni bilishi, 
tа‘lim оluvchining hоlаtini, intilishlаri, qiziqishlаrini tushunа оlishi vа eng sаmаrаli tа‘sir yo‘lini tоpа оlishidir.
Pedagogik takt – o‗qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo‗lib, o‗quvchilarga barcha demokratik talablar asosida 
pedagogik ta‘sir o‗tkazish, muloqotni insonparvarlik tuyg‗ulari asosida o‗rnatish o‗lchovi, o‗quvchilarda mustaqil fikr 
yuritishni hamda ongli intizomni tarkib toptirish ko‗nikmalarini hosil qilish shaklidir. Pedagogikada o‗qituvchining 
o‗quvchilar bilan munosabati ularning yosh xususiyatlariga qarab belgilanishi va bu qonuniyatga amal qilinishi qat‘iy 
talab qilinadi. Shunday ekan, o‗qituvchi ta‘lim–tarbiya jarayonida hali to‗liq shakllanmagan, ta‘sirlarga va ruhiy 
kechinmalarga tez beriluvchi, ota–onasining sevimli farzandi bo‗lgan murg‗ak qalb egalari bilan muloqot 
qilayotganligini aslo unutmasligi kerak.
O‗quvchilar bilan muloqotda pedagogik taktga zid bo‗lgan qo‗pollik, adolatsizlik, qo‗rqitish, haqorat, 
mensimaslik, pedagogikaga zid bo‗lgan jazolash usullarini qo‗llash va boshqa ular shaxsiga salbiy ta‘sir qiladigan turli 
jargon so‗zlar ishlatish o‗quvchilar qalbini umuman tuzalmaydigan darajada jarohatlab qo‗yishi, yoki o‗qituvchining 
obro‗siga putur etkazishi mumkin. O‗qituvchi va o‗quvchi o‗rtasidagi bunday qarama-qarshiliklar, ko‗pincha, dars va 
darsdan tashqari jarayonlarda sodir bo‗ladi. Bunda ayniqsa yosh o‗qituvchilarning pedagogik takt sirlarini bilmasligi, 
tajribasizligi pand beradi. 
O‗qituvchining taktik mahorati birdaniga shakllanib qolmaydi, u yillar davomida pedagogik faoliyatda, 
ustozlar tajribasini o‗rganishda, dars jarayonida, sinfdan tashqari faoliyatda va tarbiyaviy soatlarda o‗quvchilar bilan 
muloqotda takomillashib boradi. Dars jarayonida pedagogik mahoratning asosi bo‗lmish pedagogik taktga ega bo‗lish 
o‗qituvchi uchun juda zarurdir. 
SHundаy qilib, pеdаgоgik tаkt bu o‘qituvchining tа‘lim оluvchilаrgа nisbаtаn аmаlgа оshirаdigаn tа‘sirining 
mеzоnidir.

Download 6,15 Mb.
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   307




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Takt va pedagogik takt haqida tushuncha

Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish