• Каган М.С. Мир общения. Москва, 1988. – С. 143-146. 4 Андреева , Г. М.
  • Соколов, А.В. Защита информации в распрeделенных корпоративных сетях и систeмах / А.В. Соколов, В.Ф. Шаньгин. — Москва: ДМК Пресс, 2017. – 656 с.
  • -MAVZU. O'qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet232/307
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,15 Mb.
    #249463
    1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   307
     
    3-MAVZU. O'qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi 
    Reja: 
    1. Pedagogik muomala va pedagogik muloqotning mohiyati, uning o'qituvchi faoliyatidagi o'rni. 
    2. Sharqona tarbiya va uning muloqotga ta'siri. 
    3. Muosharat odobi. Sof adabiy tilda so'zlashishga odatlanish. 
    4. Milliy madaniyatning muloqotga ta'siri. 
    5. Muloqot madaniyaiga erishish yo'llari. 
    6. Pedagogik takt. Takt va taktika. Pedagogik taktni egallash shartlari. 
    1
    М.С.Коган. Человеческая деятельность : опыт систeмного анализа – Москва : Издательство политической 
    литературы, 1974. – С.45 
    2
    М.С.Коган. Человеческая деятельность : опыт систeмного анализа – Москва : Издательство политической 
    литeратуры, 1974. – С.46 
    3
     Каган М.С. Мир общения. Москва, 1988. – С. 143-146. 
    4
     
    Андреева

    Г. М.
     Социальная психология: Учебник для высш. шк. — 
    Москва
    : Аспeкт-Прeсс, 1999. 375 с 
    5
     Соколов, А.В. Защита информации в распрeделенных корпоративных сетях и систeмах / А.В. Соколов, В.Ф. 
    Шаньгин. — Москва: ДМК Пресс, 2017. – 656 с.


    UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
    168 
    Muomala - axborot jarayonidir. Pedagog bevosita shaxslarga muomalada, o'z tarbiyalanuvchilari, umuman, jamoa 
    haqida, undagi ichki jarayonlar haqida g‘oyat xilma-xil axborotga ega bo'ladi va xokazo. Pedagog ham o'z navbatida 
    muomala jarayonida o'z tarbiyalanuvchilariga maqsadga qaratilgan axborotni ma'lum qiladi. 
    Pedagog muomala vositasi orqali qanday axborot olishini qarab chiqar ekanmiz, o'quvchining shaxsi haqidagi 
    axborotning muhimligini alohida ta'kidlab o'tish kerak. Muomala shaxsni g‘oyat xilma-xil sharoit va ko'rinishlarda 
    o'rgatishga imkon beradi. Pedagog o'quvchilar bilan muomala qilar ekan, juda mayda qismlarni ham anglab olishga 
    qodir bo'ladi. Bular sirtdan qaraganda unchalik ahamiyatli bo'lmasada, shaxsda sodir bo'layotgan, uni tushunish uchun 
    juda muhim bo'lgan zarur ichki jarayonlar ko'rinishlarining alomatlari bo'lishi ham mumkin, bunda pedagog shaxsi 
    katta rol o'ynaydi. Ayni bir xil hodisaning turli kishilar tomonidan talqini, uning o'tmishdagi tajribasiga bog‘liqligi bilan 
    izohlanadi. Bu tajribaning uch jihati bor: umumiy hayotiy tajriba, pedagogik faoliyat tajribasi va muayyan jamoa bilan, 
    o'quvchilar bilan muomalada bo'lish tajribasi. 
    Nihoyat, pedagogniig o'quvchilar bilan kundalik muomalasi shunga olib keladiki, u o'quvchilarning xatti-
    harakatlaridagi chuqur ma'no va xaqiqiy sababni turli vaziyatlarda payqab oladi, buning uchun namuna sifatida u o'zi 
    tez-tez qayd qilgan dalillardan va o'quvchilarning xulq-atvor usullaridan foydalanadi. O'qituvchining o'quvchilar bilan 
    muomalasi tarbiyani boshqarish vositasi sifatida qaralib, birlashtiruvchi, o'rnini to'ldiruvchi vazifasini ham bajaradi. 
    Muomala o'zaro munosabatlar doirasida sodir bo'ladi. Boshqarish vositasi bo'lgan muomala o'quvchilarning faoliyatiga 
    hamrohlik qiladi nihoyat, boshqarish vositasi bo'lgan muomala faoliyatidan keyin boradi. 
    Muomala - axloq ko'rki sanaladi. Har bir kishining qanday dunyoqarashga egaligi, bilimliligi uning 
    muomalasidan ma'lum bo'ladi. Muomala - insonlar o'rtasidagi o'zaro aloqa vositalaridir. Muomalada asosiy vosita til 
    hisoblanadi. Shuning uchun ham til - aloqa quroli deyiladi. Insonning tili shirin, muomalasi madaniyatli bo'lsa, qisqa 
    vaqt ichida xalq orasida obro'-e'tibor topadi. So'zga chechanlik, hech qachon kishiga obro' keltirmaydi. Shuning uchun 
    ham o'tmishda yashab o'tgan mutafakkirlarimiz tilga, so'zga hurmat bilan yondashishlarini uqtirib o'tganlar. Ulug‘ 
    bobomiz Alisher Navoiy muomala madadiyati, xushmuomalalik, tilning ahamiyati to'g‘risida, shirinso'zlik haqida 
    purhikmat fikrlar bayon qilganki, bugungi kunimiz uchun ham o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. «Til shirinligi ko'ngilga 
    yoqimlidir, muloyimligi esa - foydali. Shirin so'z sof ko‘ngillar uchun asal kabi totlidir», - deydi Alisher Navoiy. 
    Pedagog bolalarga bilim berish uchun bir qatorda ular nutqining rivojlanishiga ham alohida ahamiyat beradi va bunda u 
    turli pedagogik usullardan foydalanadi.
    Bolalar nutqini o'stirishda pedagog so'zi muhim ahamiyatga ega: bir tomondan, uning nutqi bolani o'qitish va 
    tafakkurini rivojlashirishning muhim omili bo'lib hisoblanadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki pedagogning 
    nutqi obrazli, chiroyli, jarangdor, namunali bo'lmog‘i, bola diqqatini o‘ziga tortmog‘i lozim. Zotan nutq pedagogning 
    o'z mutaxassisligiga qay darajada loyiq ekanligini ifodalaydigai o'lchov, ko'rsatkich hisoblanadi. Shuning uchun nutq 
    ustida ishlash, nutq madaniyatini takomillashtirib borish har bir pedagogning eng asosiy ijtimoiy burchi va mas'uliyati 
    hisoblanadi. Ta'lim-tarbiya ichida nutqning ta'sir kuchi nihoyatda kattadir. O‘qituvchining nutqi o'quvchilarning 
    o'zlarini tuta bilishlariga, xulk-atvori va fikr yuritishlariga ham ta'sir etuvchi kuchli vositadir. O'qituvchining nutqida 
    uning hissi, intilishlari, iroda va etiqodi aks etadi. U nutq yordami bilan o'quvchilarda xursandchilik, ruhlanish, 
    muhabbat, sadoqat, g‘azablanish, nafratlanish hislarini tug‘diradi. Xalq bilan birga turish, birga yashash muosharat deb 
    ataladi. 
    Odamlarning bir-birlari bilan bo'lgan munosabatlarining go‘zalligi, muloyimligiga «Muosharat odobi» deyiladi. 
    Insonning eng ulug‘, lekin murakkab va mashaqqatli faoliyatlaridan biri odamlar orasida, ya'ni jamiyatda o'z o'rnini 
    topib yashashidir. Bu faoliyatning murakkabligi shundaki, ko'pchilikka qo'shilish, ular bilan ahil bo'lib yashash uchun 
    iisonda shunga yarasha muomala va munosabat bo'lishi kerak. Muomala va munosabati ko'pchilikning didiga to'g‘ri 



    Download 6,15 Mb.
    1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   307




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU. O'qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi

    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish