|
―Muloqot‖ va ―kommunikatsiya‖ tushunchalariga ilmiy yondashuv Pdf ko'rish
|
bet | 228/307 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,15 Mb. | | #249463 |
―Muloqot‖ va ―kommunikatsiya‖ tushunchalariga ilmiy yondashuv
Insonning rivojlanishini, ijtimoiylashishini, individning shaxs bo‗lib shakllanishini, uning jamiyat bilan
aloqasini muloqotsiz aslo tasavvur etib bo‗lmaydi. Muloqot ham o‗ziga xos ehtiyoj. Polshalik olim E.Melibruda
aytganidek, ―shaxslararo munosabatlar biz uchun suv bilan havodek ahamiyatga egadir‖. Muloqot o‗ta murakkab
jarayon bo‗lganligi sababli unga yagona to‗g‗ri ta‘rif berish oson emas. Shuning uchun odatda ―muloqot‖
tushunchasining mazmuni uning ayrim tomonlariga urg‗u berish orqali ochib beriladi.Mashhur rus psixologi
A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida muloqotni ikki va undan ortiq kishilar
o‗rtasidagi axborot ayirboshlash, o‗zaro ta‘sir va bir-birini tushunishdan iborat jarayon sifatida talqin etilgan.
O‗zbek psixologiya fanining olimlaridan biri M.G.Davletshin muallifligidagi «Umumiy psixologiya» o‗quv
qo‗llanmasida esa, muloqot ―ikki yoki undan ortiq kishilar orasidagi affektiv baholovchi xarakterda va bilish bo‗yicha
ma‘lumot almashinishdan iborat bo‗lgan o‗zaro ta‘sir etishdir‖- deb ta‘kidlanadi. Sotsiologiyadan entsiklopedik
lug‗atda muloqotga quyidagicha ta‘rif beriladi: ―Insonning boshqa kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyojini qondirish
uchun individlar yoki ijtimoiy guruhlar o‗rtasida bevosita faoliyatlar, bilimlar, malakalar, tajribalar, axborotlar
almashinuvidagi o‗zaro ta‘sir
1
‖. Demak, muloqot ikki va undan ortiq kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish ehtiyojini
qondiriga qaratilgan o‗zaro ta‘sir jarayoni bo‗lib, bunda axborotlar almashiniladi, munosabatlar o‗rnatiladi va
rivojlantiriladi.
Muloqotning hamkorlikda harakat qilish va faoliyat ko‗rsatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan vosita til bo‗lib, u
muloqotga kirishuvchilar o‗rtasida aloqa bog‗lanishini ta‘minlaydi. Axborotni boshqaga yo‗llayotgan kishi
(kommunikator) va uni qabul qilayotgan kishi (retsepient) munosabat va birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish
uchun mohiyatlarni kodlashtirish va kodini ochishning bitta tizimidan foydalanishlari, ya‘ni «bitta tilda» so‗zlashishlari
kerak. Agar kommunikator va retsepiyent turlicha «til»da so‗zlashsalar, ular o‗zaro hamjihatlikka va birgalikda faoliyat
|
| |