|
Umum ped na amal-O`um 13-14 Pdf ko'rish
|
bet | 230/307 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,15 Mb. | | #249463 |
UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
166
Ko‗rinib turibdiki, bu ta‘riflarda mazkur fenomenning ayrim jihatlarigagina urg‗u berilgan. Shuning o‗zi
kommunikatsiyaning naqadar qamrovi keng va murakkab hodisa ekaniga ishoradir. Kibernetika asoschisi Norbert Viner
ta‘kidlashicha: «Axborot almashinuvi – bu jamiyatni birlashtiruvchi sement
1
». Ijtimoiy kommunikatsiya – insonlarning
o‗zaro munosabatlarga kirishishning o‗ziga xos shakli bo‗lib, unda axborot uzatish til va boshqa belgilar tizimlari
yordamida amalga oshiriladi. Kanadalik sotsiolog Marshal Maklyuen fikricha, kommunikatsiya usulining almashishi
tarixning rivojlanish bosqichlarini ifoda etadi. Shunga ko‗ra u insoniyat rivojlanishning quyidagi davrlarini ajratgan:
— og‗zaki kommunikatsiya (bu davrda jamoa doirasida kommunikativ muhit kommunikantlarni bevosita har
tomonlama qamrab olgan);
— yozma kommunikatsiya (yozilgan xabarlar vaqt va makon to‗siqlarini kesib o‗tgan);
— nashr-kommunikatsiya (kommunikantlarni yalpi qamrab olishning oshishi, «Gettenberg galaktikasi»ning yaratilishi,
ya‘ni bosma kitoblar chop etish texnologiyasining ixtiro qilinishi);
— multimedia kommunikatsiyasi (bevosita muloqotga global miqyosda kirishish).
M.Maklyuenning g‗oyasiga binoan, kommunikativ muhit madaniyat xususiyatlarini belgilab beradi. Uning
fikricha, zamonaviy madaniyat mazmunan vizual, XIX asr oxiri XX asr boshi madaniyati esa asosan yozma bo‗lgan.
Shunday qilib, hozirgi vaqtda sotsiomadaniy kommunikatsiya – bu umume‘tirof qilingan tushunchalarda asoslangan,
kommuntatorlar o‗zaro munosabatlari mazmuni hamda ularning ijtimoiy muhiti bilan shartlangan xabarlarni almashish
bo‗yicha ikki tomonlama jarayon.
Kommunikatsiya muammolarini gumanitar, tabiiy va texnik fanlar vakillari tadqiq qilishadi. Faqat insonlararo
emas, balki hayvonlararo, kompyuterlararo, «inson-mashina» va aloqa tizimlarida axborot almashinuvini o‗rganuvchi
fanlarning vakillari – kibernetiklar, biologlar, etologlar, semiotiklar axborot almashinuvini ―kommunikatsiya‖ deb
ataydilar. Shuningdek, XX asrning 60-yillarida amerikalik sotsiloglar (Lazarsfeld, Lippman, Lassuell, Merton,
Maklyuen va boshqalar) o‗z tadqiqotlarida «ommaviy kommunikatsiya» atamasini ham qo‗llay boshladilar. Shu tariqa,
kommunikatsiya nazariyasi mustaqil fan sifatida shakllanib borib, o‗zining predmeti, kategoriyalar apparati, o‗z qonuni
va tarixiga ega bo‗ldi. U falsafa, sotsiologiya, psixologiya, siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik iqtisodiyot va boshqa
fanlar bo‗yicha tadqiqotlarning natijalarini o‗zida mujassam qilgan ilmiy bilimning kompleks sohasi hisoblanadi.
Kommunikatsiya nazariyasi axborot almashinuvining universal mexanizmlari va qonuniyatlarini o‗rganadi.
Shuningdek, uning ommaviy kommunikatsiya nazariyasi, shaxslararo kommunikatsiya nazariyasi kabi tarmoqlari ham
mavjud. Kommunikatsiyani amalga oshirish imkoniyati muayyan shartlar bajarilgandagina paydo bo‗ladi. Ular
quyidagilar:
kommunikativ jarayon uchun kamida ikki tomonning ishtiroki zarur;
kommunikatsiya doimo teskari aloqa tamoyiliga tayanadi;
kommunikatsiya ma‘lum belgilar tizimisiz amalga oshirilmaydi.
Hаr qanday nazariyada bo‗lganidek, kommunikatsiya nazariyasi ham «axborot», «kommunikatsiya», «axborot
almashinuvi», «kommunikativ makon» kabi o‗ziga xos tushunchalari (kategoriyalari) ga ega. M.Veber, G.Gadamer,
G.Shpetler ilgari surgan kommunikatsiya modelida kommunikatsiyaning asosiy natijasi bu insonning boshqa inson
tomonidan tushunilishi, o‗zaro tushunish
2
deb ataladi. Axborot jamiyati nazariyasi vakillari (D.Bell, A.Toffler,
G.Maklyuen) kommunikatsiyaga futurologik yondashadilar. Ushbu nazariyada kommunikatsiya vositalari yagona
rag‗batlantirish va ijtimoiy rivojlanishning manbai tarzida talqin qilinadi. Axborot bu holda madaniyat va barcha
madaniy qadriyatlarning tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‗ladi. Kommunikatsiya – bu o‗ziga xos axborot almashinuvi
bo‗lib, uning natijasida jo‗natuvchidan qabul qiluvchiga intellektual va emotsional axborotni uzatish jarayoni kechadi.
Kommunikativ jarayonning turli modellari mavjud. Misol uchun, Aristotel kommunikatsiya jarayonining uchta (notiq –
nutq – auditoriya) komponentini ajratgan bo‗lsa, zamonaviy variantda u «kommunikator – xabar – kommunikant»
ko‗rinishiga ega. Axborot almashinuvi kommunikatsiyaning ham, muloqotning ham markaziy xususiyati ekanligi
tufayli bu kategoriyalarni tushuntirish, izohlash borasida, tabiiy ravishda, xilma-xilliklar kelib chiqdi va bir qator
yondashuvlar paydo bo‗ldi. Birinchi yondashuv mazmunan ikki tushunchani ma‘no jihatdan aynanlashtirishdan iborat.
Bu yondashuv yuzaga chiqishiga yetakchi psixolog va faylasuflar L.C.Vigotskiy, V.N.Kurbatov, A.A.Leontevlar katta
hissa ko‗shgan. Qator qomusiy va izohli lug‗atlarda «kommunikatsiya» atamasi «xabar yo‗li, muloqot» deb talqin
qilingan.
|
| |