• KOMMUNIKATSIYA
  • «inson-inson», «inson-mashina», «mashina-inson», «mashina-mashina».
  • Umum ped na amal-O`um 13-14




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet227/307
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,15 Mb.
    #249463
    1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   307
    A.S.Makarenkoning
    quyidagi fikrlarini yana takror keltirish 
    o‗rinlidir: 
    «Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, jahldor bo‗lishni bilishi lozim, u o‗zini 
    shunday tutishi lozimki, uning har bir harakati tarbiyalasin».
    Bu yerda gap o‗qituvchining qandaydir bir 
    andozadagi (qolipdagi) shaxsga barovaiiashtirish zarurligi to‗g‗risida emas, balki uning o‗z individual sifatlaridan 
    ustalik bilan foydalanishi, o‗zida shaxsning zarur xislatlarini tarkib toptirishi, o‗z kamchiliklariga barham berishi 
    to‗g‗risida boradi. 
    KOMMUNIKATSIYA
    (lot. communicatio — umumlashtiraman, bogʻlayman) — 1) kibernetikada —
     informatsiya (axborot)larni almashish jarayoni. Jismoniy va ijtimoiy nuqtayi nazardan yondoshiladigan 
    Kommunikatsiyalar mavjud. Jismoniy nuqtayi nazardan yondoshiladigan Kommunikatsiyani aloqa ham deb ataladi. 
    Aloqa faza joylashgan nuqtalar, qurilmalar yoki kishilar oʻrtasida mos aloqa kanalы boʻyicha axborotlarni uzatish 
    jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Inson yaratgan texnikaviy tizimlarda quyidagi 4 ta asosiy Kommunikatsiya turi bor: 
    «inson-inson»,
    «inson-mashina», «mashina-inson», «mashina-mashina».
    Texnikaviy darajadagi Kommunikatsiya 
    jarayonlarida turli xil sunʼiy tillar (mas, algol, kobol va axborotlarni avtomatik qayta ishlash uchun moʻljallangan 
    boshqa tillar)dan foydalaniladi. Ijtimoiy nuqtayi nazardan yondoshiladigan Kommunikatsiya guruh yoki tashqilot 
    ichidagi, butun jamoa ichidagi alohida shaxslar oʻrtasida axborot almashish jarayonini oʻz ichiga oladi. Bunday turdagi 
    Kommunikatsiya, asosan, tabiiy til yordamida amalga oshiriladi. Yakka Kommunikatsiyada inson axborotni aniqlashi 
    va idrok etishi (oʻzlashtirishi) katta ahamiyatga ega. Guruh yoki tashqilot ichidagi Kommunikatsiya uchun shu guruh 
    yoki tashqilot aʼzolari orasida munosabatlarning taqsimlanishi, qabul qilingan Kommunikatsiya qoidalarining 
    xususiyatlari ahamiyatli; 
    2) transport, aloqa yoʻllari va shahar xoʻjaligi yer osti tarmoqlari. Shahar xoʻjaligi yer osti tarmoqlariga shaharni 
    suv, elektr energiyasi, issiqlik, gaz bilan taʼminlash uchun yer ostidan oʻtkaziladigan suv quvurlari va kabellar kiradi. 
    Yer osti tarmoqlari koʻcha va maydonlar ostidan oʻtkaziladi. Katta shaharlarda suv quvurlari va kabellar bir umumiy 
    kollektordan oʻtkaziladi, natijada Kommunikatsiyani taʼmirlash vaqtida yoʻllarni qayta buzib-tuzatishga hojat 
    qolmaydi; Z) hayvonlarda birbiri bilan «muloqot qilish»dagi «signalli» usullar majmui. Har bir tur hayvon uchun 
    «oʻziga xos» kommunikatsiya «signallari» boʻladi. 

    Download 6,15 Mb.
    1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   307




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish