UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
152
Talabalar shahar maktablaridan birida bir soatlik tarbiyaviy soatni kuzatib, unda o‘qituvchi tarbiya qoidalari va
metodlarning qaybiridan o‘rinli foydalana olganligini kuzatishlari zarur. Shu kuzatish natijasida o‘zlari xohlagan
mavzuni tanlab, bir soatlik tarbiyaviy soat ishlanmasini ishlab chiqishlari kerak.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan ishlar ekan, ta‘lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan turli xil pedagogik
muammolarga, vaziyatlarga duch kelib qolishi mumkin. Yosh pedagoglar bunday vaziyatlarga oldindan tayyorlanib
borsalar foydadan xoli bo‘lmaydi. Shu o‘rinda bir pedagogik muammoli misol: Siz rahbarlik qiladigan sinfda ikkita
o‘g`il bolaning xaddi-harakatlari, tartib-intizomi sinf jamoasiga ham sizga ham yoqmaydi. Chunki sinf sha‘niga dog`
tushirishga ulgurishgan. Lekin har ikkalasining otasi siz o‘tkazadigan tadbirlarning homiyligiga rahnamolik qilib
turishadi. Siz bu muammoni qanday yechgan bo‘lar edingiz.
Tarbiya borasida buyuk mutafakkirlarimiz Alisher Navoiy, Yusuf Xos Hojiblarning pedagogik qarashlarini
o‘rganib chiqing. Buni o‘rganib chiqishda Alisher Navoiyning «Mahbub-ul qulub», Yusuf Xos Hojiblarning
«Qutadg`u bilig» asarlaridan foydalanishlari mumkin.
XULOSA
Pedagogika fani va amaliyoti har doim rivojlanib boradi, shuning uchun tarbiya jarayoni ham, uning qoida va
usullari ham takomillashib boraveradi. Tarbiyaning samarasi bu qoida va usullarning to‘g`ri qo‘llanishiga, bu vosita va
usullar muayyan ijtimoiy guruhda tarbiya tizimidan qanchalik o‘rin olganiga, ularning tarbiya vazifalari va
maqsadlariga qanchalik javob berishiga bog`liqdir.
Savol va topshiriqlar
1.
Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘quv yili rejasida ko‘rsatilgan biror bir tarbiyaviy soatlar yoki
tadbirlarni tabiya metodlaridan foydalangan holda ssenariysini ishlab chiqish.
2.
Tarbiya jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan turli xil pedagogik muammolarni ishlab chiqish.
3.
Sharq mutafakkirlari barkamol shaxs tarbiyasi haqidagi qarashlarini o‘rganish.