UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
197
metod
method
(yunoncha metodos – bilish yoki tadqiqot yo‘li, nazariya, ta‘limot) –
ta‘lim jarayonida taqdim etilgan amaliy va nazariy bilimlarni egallash,
o‘zlashtirish, o‘rgatish, o‘rganish, bilish uchun xizmat qiladigan yo‘l-
yo‘riqlar, usullar majmui.
Axloqiy tarbiya
Moral education
muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan
tartib, odob, o‘zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari,
mezonlarini o‘quvchilar ongiga singdirish asosida ularda axloqiy ong,
axloqiy faoliyat ko‘nikmalari va axloqiy madaniyatni shakllantirishga
yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy
qismi.
Oila
Family
kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush
tarzi, axloqiy mas‘uliyat hamda o‘zaro yordamga asoslanuvchi kichik
guruhi.
Oilaviy
munosabatlar
Domestic
relations
ota-onalar (yoki bolaning kamoloti uchun mas‘ul bo‘lgan shaxslar)
hamda farzandlar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda tashkil etiluvchi
munosabatlar.
Oila tarbiyasi
Domestic
education
ota-onalar (yoki bola kamoloti uchun mas‘ul shaxslar) tomonidan tashkil
etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, sog`lom etib
tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon