|
Umum ped na amal-O`um 13-14 Pdf ko'rish
|
bet | 286/307 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,15 Mb. | | #249463 |
19- MASALA
:
VI B sinf rahbari o‘quvchilar o‘rtasida norasmiy so‘rov o‘tkazishi natijasida kamsuqum Anvar
sinfdagi eng faol Baxtiyordan ko‘ra katta obro‘ga ega ekanligini aniqladi. Baxtiyor sinfkom edi.
Shunga asoslanib Baxtiyor noto‘g‘ri saylangan, uni Anvar bilan almashtirish kerak degan xulosaga kelish
mumkinmi? Sinf rahbari qanday yo‘l tutishi kerak?
20- MASALA
: Ko‘p bolali oilaning otasi mamnun bo‘lib hikoya qiladi: Er ag‘darish biz uchun hech gap emas. 1-
2 kg konfet, pechen`e sotib olib kelamanda, qani bolalar bu sizlarga, lekin oldin erni chopib beringlar, deyman.
Bolalar konfetsiz er ag‘darishmaydimi?- so‘radik biz.
-Uncha tirishib ishlashmaydi-da,- tushuntirdi ota.
Ota qo‘llagan rag‘batlantirish usuliga qanday baho berasiz?
21- MASALA
: 3-sinf o‘quvchisining onasi hikoya qiladi: Avvallari o‘g‘limning hamma ishi joyida edi. Men
ishlamasdim, unga ko‘p vaqt ajratardim. Ishga kirganimdan so‘ng «ikki baholar» ola boshladi. Kechqurun darsini
tekshirsam, topshiriqlarning bir qismi bajarilmagan, bajarilagni esa iflos, tushunarsiz bo‘lgani uchun uni qayta
ko‘chirish kerak. Lekin qachon ulgurardi? Uxlash vaqti bo‘lib qolardi.
Ota-onaning xatosi nimada? Siz qanday yo‘l tutardingiz?
22. MASALA
: O‘quvchi o‘zining sevimli o‘qituvchisi haqida shunday eslaydi: «U darsni shunday tashkil
qilardiki, o‘zini juda bilag‘on kishi sifatida ajratib ko‘rsatmasdi. Hech kim unga o‘z fikrini aytishdan qo‘rqmasdi. Biz
darsdan doimo ko‘nglimiz to‘lib, hatto o‘zimizga ishonchimiz ortib chiqar edik. U darsda har bir o‘quvchining
imkoniyatidan to‘liq foydalanishga harakat qilardi. Bizga ba`zan u darsda ishtirok etayaptiyu, lekin biz uni olib
borayotgandek tuyulardi. U hech qachon «Bunday emas!» deb fikrni kesib qo‘ymasdi. Agar biz nohaq bo‘lsak u
yo‘naltirardi, ishontirardi, asoslardi. U o‘qituvchilik rolini o‘ynamasdi, balki biz bilan yashardi».
O‘quvchining o‘qituvchi faoliyatiga bergan bahosini tahlil qiling. Ta`lim jarayonini tashkil etishda o‘qituvchi
qanday psixologik qonuniyatlardan foydalangan? O‘qituvchi muvoffaqiyatining siri nimada?
|
| |