UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
208
Darsdan sung darsni kuzatgan talabalar o‘rtasida bahoni oshirib qo‘ymadimikin degan munozara boshlandi.
O‘qituvchi esa,
men bahoni tushira olmayman, u juda intiluvchan,
harakatchan, lekin doskada hayajonlanib qoladi.
Masalan, Anvar shunday xato qilsa kechirmayman, chunki u o‘qimagan bo‘ladi.
O‘qituvchi haqmi? Bu yerda qaysi ta`lim prinsipi qo‘llanilayapti?
25- MASALA
: «Sinfda o‘quvchilar qanday o‘tirishlari kerak» degan mavzuda munozara bo‘lib o‘tdi.
O‘qituvchilar bunga quyidagicha munosabat bildirdilar:
Fizika o‘qituvchisi:
- Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari paytida men o‘quvchilarni 4-5 tadan qilib kichik guruhlarga bo‘laman.
Guruhga kimlarni kiritishni oldindan belgilab olaman. Bunda o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlarini,
tayyorgarlik
darajasini hisobga olaman. Guruhga kuchli, o‘rta va kuchsiz o‘quvchilar kirishi kerak.
Matematika o‘qituvchisi:
- Men o‘quvchilarni o‘quv maqsadiga ko‘ra o‘tqizaman, kuchli bilan kuchsiz, etakchi bilan qoloq o‘quvchi
birga o‘tirishi kerak. Yetakchilar bilan ularning otalig‘idagilarga qanday yordam berish haqida suhbatlar o‘tkazaman.
Ingliz tili o‘qituvchisi:
- Men o‘quvchilarning bittadan o‘tirishlari tarafdoriman. Shunda
ularda mustaqillik shakllanadi, bir-biriga
halaqit qilishmaydi. Har bir o‘quvchi o‘qituvchi bilan alohida ishlagandek bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi:
- Men birinchi navbatda bolaning sog‘ligini- ko‘rishi, eshitishi, bo‘y balandligini hisobga olaman. O‘g‘il va qiz
bolani birga o‘tirg‘izaman, bu bolani intizomli qiladi va tarbiyalaydi. Bo‘ysunmas, quloqsiz bolalarni va qo‘shimcha
yordamga muhtojlarni o‘z stolimga yaqinroq o‘tqizishga harakat qilaman.
Geografiya o‘qituvchisi:
- Men bolalarning o‘tirishiga
ahamiyat bermayman, kim qaerda xohlasa o‘tiraversin. Buning dars uchun
ahamiyati yo‘q deb o‘ylayman.
Shu masalada o‘z fikringizni ayting. Bu muhimmi? O‘quv jarayonida o‘quvchining to‘g‘ri tanlangan ish joyi
qanday rol o‘ynaydi. O‘qituvchi o‘quvchilarni joylashtirishi kerakmi?