|
Umum ped na amal-O`um 13-14 Pdf ko'rish
|
bet | 285/307 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,15 Mb. | | #249463 |
17- MASALA
:
Yosh o‘qituvchini 1X V sinfga sinf rahbari etib tayinladilar. Bu ancha murakkab bo‘lgan va
yaqinda tashkil topgan sinf edi. Sinf jamoa bo‘lib uyushmagan, o‘quvchilar tarqoq edi. Sinf rahbari ularni sinf va
maktab ishlarini bajarishga chorlash bilan uyushtirishga harakt qildi. Bunga kuzgi ekskursiya ham yordam berdi. Bu
o‘qituvchiga har bir bolaning qiziqishi va imkoniyatini bilishga sharoit yaratdi. Sinfda tashkil etilgan xar bir tadbir
o‘zaro sog‘lom munosabatlarni o‘rnatishga, yuqori sinf o‘quvchilarining jamoadan talablarini qondirishga qaratilgan
edi. Sinf o‘quvchilaridan biri o‘z inshosida shunday yozadi: «Men sinfga faqat o‘qish uchun bormayman. Bu erda
mening doimo yordamga tayyor bo‘lgan do‘stlarim bor. Ilgari mening faqat ko‘chada do‘stlarim bor edi. Ular bilan juda
ma`nisiz xayot kechirgan ekanman. Meni unday hayotdan sinfim olib chiqdi. Men go‘zallikni qadrlashga, odamlarni
sevishga, ularning mehriga ishonishga, o‘z hatti-harakatim uchun javob berishga o‘rgandim. Men sinfimga biror -bir
ziyon etkazishdan xavotirlanaman».
Yosh o‘qituvchi faoliyatini tahlil qiling. Ancha tarbiyasi murakkab bo‘lgan sinfda ijobiy natijalarga erishishga
nima yordam berdi deb uylaysiz?
18- MASALA
: Sinfda qator yillar davomida saylangan kat`iy «faollar» boshqarib, «passiv»lar unga bo‘ysinib
keldi. Lekin keyin ular bu holatga qarshi chiqa boshlashdi. Yangi sinf rahbari oldingi o‘qituvchining xatosini
to‘g‘rilash maqsadida kat`iy chora ko‘rdi. Sinfda qayta saylov o‘tkazilib, «faollar» o‘rnini «passivlar» egalladi. Lekin
bir-ikki haftadan so‘ng saylov o‘zini oqlamaganligi aniq bo‘ldi. Yangi faollarning bir qismi o‘z majburiyatini
bajarishdan bosh tortsa, ikkinchi qismi kuch bilan tartib o‘rnatishga harakat qilishdi. Sinfda yangi guruhlar tashkil
topib, «passivlar» ikki barobar ortdi.
O‘qituvchi qanday xatoga yo‘l qo‘ydi? Bu vaziyatda qanday yo‘l tutish kerak edi? Qanday holda aktiv jamaoni
jipslashtirishga yordam berardi? Maktabda o‘z-o‘zini boshqarishning qanday xususiyatlari bor?
|
| |