Umum ped na amal-O`um 13-14




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/307
Sana22.05.2024
Hajmi6,15 Mb.
#249463
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   307
 
13- MASALA
: Ota quyidagicha hikoya qiladi: «o‘g‘lim qorong‘idan va balandlikdan qo‘rqadi. Men imkon 
boricha uni kuproq ana shu qo‘rquvni enga oladigan sharoitga qo‘yaman: Goho ob-havo qandayligini bilib kelish uchun 
kechqurun hovliga, goho go‘yo esdan chiqqan narsani olib kelish uchun qorong‘i xonaga yuboraman.
O‘yin paytida chuqurlikka sakraymanda, «Daraxtning hov anavi navdasini menga olib ber. Uni emas, narigi 
yuqoridagisini» deyman.
Ota to‘g‘ri qiladimi? Bu qanday tarbiya metodi.? U nima uchun samarali?
14- MASALA
: Dars boshlanishidan oldin o‘qituvchi polda g‘ijimlangan qog‘oz parchasi yotganini ko‘rib, bir 
o‘quvchiga «qog‘ozni ol», deb murojaat qildi. O‘sha o‘quvchi sekin partadan turib «men tashlamaganman, nega 
olarkanman» deb, yana joyiga o‘tirdi. 
O‘qituvchi nima qilishi kerak? Sinfning ta`sirlanishi qanday bo‘ladi va bu nimaga bog‘liq? 
15- MASALA
: Darsda bir o‘quvchi javob berayotgan edi. O‘qituvchi yaxshi o‘qiydigan bir o‘quvchini 
partadoshi bilan gapirishib o‘tirganini ko‘rib qoldi va undan mavzuni kelgan joyidan davom ettirishni so‘radi.
O‘quvchi to‘liq javob berdi. Lekin o‘qituvchi unga darsda gaplashib o‘tirgani uchun «uch» baho qo‘ydi.
O‘qituvchi to‘g‘ri ish qildimi? Siz qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz? 
16- MASALA
: O‘qituvchi o‘zini-o‘zi darsdan chiqarib yuborgan holni eshitganmisiz? Bunga quyidagi voqea 
sabab bo‘lgan edi: o‘qituvchi dars o‘tish uchun sinfga kirsa, tanaffusda navbatchilar sinfni darsga tayyorlamagan, doska 
o‘chirilmagan, latta yo‘q, bo‘r yo‘q. O‘qituvchi : «Shunday oddiy masalani hal qila olmagan yomon o‘qituvchi dars 
o‘tishi mumkin emas»,- deb sinfdan chiqib o‘qituvchilar xonasiga ketdi. Uch minutdan keyin esa sinf o‘quvchilaridan 
vakillar borib, o‘qituvchidan kechirim so‘rab uni olib kelishdi. 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
207 
Vaziyatni tahlil qiling. O‘qituvchi to‘g‘ri yo‘l tutdimi? O‘quvchilarda ongli intizomni tarbiyalash usullari
qaysi hollarda samara beradi?

Download 6,15 Mb.
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   307




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish