Ayol haqmi? Uning fikrini bola rivojlanishi qonunlari nuqtai nazaridan tanqidiy tahlil qiling




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/307
Sana22.05.2024
Hajmi6,15 Mb.
#249463
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   307
Ayol haqmi? Uning fikrini bola rivojlanishi qonunlari nuqtai nazaridan tanqidiy tahlil qiling

2- masala
. Ona shunday deydi: «Men bolaning rivojlanishi uchun unga u ishlata oladigan turli buyumlarni berish 
kerak, deb eshitgan edim. Shu sababli uch yashar o‘g‘limning stol ustidan, shkafdan turli narsalarni olishiga ruxsat 
beraman. Unga tez-tez yangi o‘yinchoqlar sotib olaman. Lekin u ko‘p o‘tmay bu buyumlarni har yoqqa otib tashlaydi 
va xonada kaltak ko‘tarib chopib yurishni hamma narsadan yaxshi ko‘radi. Men o‘g‘limning bu borishida yaxshi 
rivojlanishiga ishonmayman. Nimada xato qilayotganimni bilmayman.» 
Onaning xatosini va bolani rivojlantirish uchun turli buyumlardan qanday foydalanish kerakligini uqtiring. 
3- MASALA
: Bo‘lajak o‘qituvchilar o‘rtasida «Qanday qilib mohir o‘qituvchi bo‘lib etishish mumkin» degan 
mavzuda bahs ketmoqda. 
- Buning uchun pedagog bo‘lib tug‘ilish kerak, - dedi bir talaba. 
Ba`zilar uning fikriga qo‘shilishmadi. Birinchi talaba o‘z fikrini shunday asoslashga harakat qildi:
- Pedagogik qalb va mahorat, bolalarga muhabbat bilan tug‘ilmagan kishini 5 yil emas, 20 yil institutda o‘qitsa ham,
undan haqiqiy o‘qituvchi etishib chiqmaydi.
- Mening fikrimcha,- dedi boshqa bir talaba,- pedagog bo‘lib tug‘ilishgina emas, balki pedagog bo‘lib tarbiyalanish ham 
kerak. Chunki o‘qituvchilikka qiziqmay, tasodifiy institutga kirib qolgan ba`zi talabalar ham o‘qish davrida bu 
kasbga mehr qo‘yib, mohir o‘qituvchi bo‘lib etishishlari mumkin. 
Bu bahsni Siz davom ettiring. Mohir o‘qituvchi bo‘lib etishishning yo‘llari nimada?
4- MASALA
: «Kimyo fani o‘qituvchisi mening sevimli o‘qituvchim edi. U o‘zining fanini juda yaxshi bilar va 
har bir darsda qandaydir yangilikni etkazishga harakat qilardi. U bizga gapirib berayotgani uning bilimining kichik bir 
bo‘lakchasi ekanligi sezilib turardi. Ilgari kimyo faniga qiziqmagan ko‘pgina o‘quvchilar ham bu fanga qiziqib 
qolishdi va kimyo to‘garagiga qatnay boshlashdi. U har bir o‘quvchiga e`tibor bilan qarardi. Uning sevimli 
o‘quvchilari borligi, ularga qo‘yilayotgan talabning kattaligidan sezilib turardi. VIII sinfda biz u bilan fan yuzasidan 
bahslashish darajasiga etdik. Har qanday holatda ham u g‘olib chiqardi. Agar o‘quvchilar u bilan teng bahslasha olsalar
yoki g‘olib chiqsalar o‘qitiuvchimiz juda xursand bo‘lardilar». 
O‘quvchining sevimli o‘qituvchisi haqidagi hikoyasini tahlil qiling. O‘qituvchi muvaffaqiyatining sababi 
nimada deb bilasiz? Kimyo o‘qitish davomida u qanday usullardan foydalangan? 

Download 6,15 Mb.
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   307




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ayol haqmi? Uning fikrini bola rivojlanishi qonunlari nuqtai nazaridan tanqidiy tahlil qiling

Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish