|
Umum ped na amal-O`um 13-14 Pdf ko'rish
|
bet | 281/307 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,15 Mb. | | #249463 |
5- MASALA
: «IX sinfda bizga yangi o‘qituvchi keldi. Birinchi darsidanoq bizga qattiq va qo‘pol muomala
qila boshladi. U bizni o‘zidan uzoqlashtira boshladi, biz ham shunga mos javob qaytardik. Balki biz o‘qituvchiga
nisbatan noto‘g‘ri yo‘l tutgandirmiz, lekin har bir darsda «Axmoqlar, aqli pastlar» kabi so‘zlarni eshitaverganimizdan
so‘ng boshqa choramiz qolmadi.
Bir kuni o‘quvchilardan biri o‘zini tuta olmay o‘qituvchiga «Asablaringizni davolating» deb yuborganligi
uchun uni maktabdan haydashdi. O‘qituvchi haq, o‘quvchi esa aybdor bo‘lib qolaverdi. Agar o‘qituvchi bizga
«yovvoyi hayvonlarga» emas, balki insonga qilgandek muomala qilganda edi bu hodisa yuz bermas edi. Biz ham uni
hurmat qilgan bo‘lardik».
IX sinf o‘quvchilarining tahririyatga ushbu mazmunda xat yozishiga nima sabab bo‘lgan? O‘qituvchi darsda
qanday yo‘l tutishi kerak edi? Darsda ishchan muhitni yaratishning asosida nima yotadi deb o‘ylaysiz?
6- MASALA
: Bir a¸l shunday fikr bildiradi: «Bizning oilamizda har xil ixtisosdagi kishilar bor. Turmush
o‘rtog‘im - muxandis, men- muxbir, otam- hisobchi, onam- tikuvchi. Ishonamanki, qizim har tomonlama rivojlangan
odam bo‘lib etishadi».
A¸l haqmi? Uning fikrini bola rivojlanishi qonunlari nuqtai nazaridan tanqidiy tahlil qiling.
7- MASALA
:
Bir ona shunday deydi: «Men bolaning rivojlanishi uchun unga u ishlata oladigan turli
buyumlarni berish kerak, deb eshitgan edim. Shu sababli uch yashar o‘g‘limning stol ustidan, shkafdan turli narsalarni
olishiga ruxsat beraman. Unga tez-tez yangi o‘yinchoqlar sotib olaman. Lekin u ko‘p o‘tmay bu buyumlarni har yoqqa
otib tashlaydi va xonada kaltak ko‘tarib chopib yurishni hamma narsadan yaxshi ko‘radi. Men o‘g‘limning bu borishida
yaxshi rivojlanishiga ishonmayman. Nimada xato qilayotganimni bilmayman.»
Onaga xatosi nimaligini va bolani rivojlantirish uchun turli buyumlardan qanday foydalanish kerakligini uqtiring.
|
| |