Umum ped na amal-O`um 13-14




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet283/307
Sana22.05.2024
Hajmi6,15 Mb.
#249463
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   307
9- MASALA
: Ota o‘z o‘g‘lining etuklik attestatini olishi va 16 yoshga to‘lishi munosabati bilan ziyofat berdi. 
O‘iulini bugungi baxtli kuni bilan tabriklab unga qadah uzatdi.Oila a`zolari bu voqeaga quyidagicha munosabat 
bildirishdi: 
Dadasi: o‘g‘lim muborak yoshing bilan tabriklayman, shu munosabat bilan bir qadah ko‘taraylik! 
Buvisi: jon bolam, spirtli ichimliklarga o‘g‘lingni o‘rgata ko‘rma, ichkilikbozlikning oxiri voy bo‘lishi 
mumkin. 
Bobosi: .. mayli, otangning so‘zi erda qolmasin. 
Oyisi: ..o‘g‘lim, otang senga qadahni spirtli ichimliklarning qanchalik zararli ekanligini bilishing yoki 
bilmasligingni sinab ko‘rish uchun uzatdi.
Siz kimning fikrini to‘g‘ri deb o‘ylaysiz?
 
10- MASALA
: Quyidagi «.. donolar bisotidan..» keltirilgan hikoyatlardan parchani o‘qing va mushohada 
qiling. 
Ilm o‘rganish fazilatlari haqida 
Axloqning erdagi elchisi Rasululloh aytmishlarki, ilm o‘rganish har bir mo‘min va muslima uchun farzdir. Ilm 
tolibi uchun borliq mavjudot, hatto dengizdagi baliqlar ham (o‘z) gunohlarini so‘rab istiqfor aylaydilar. 
Ilm ibodatdan afzaldir, chunki u dinni tutib turuvchidir. Bilim olmoq ikki toifaga bo‘linur, ya`ni6 biri qalban 
ilmga tashnalikdur, bu foydali ilmdur. Bunday ilm kishi hayotini toabad nurafshon qiladur. Ikkinchi xildagi ilm esa 
faqat tilagidur. 
Savol: Bu hikoyatda qanday ilm to‘g‘risida fikr bildirilyapti?* 
11
- MASALA
: Tarix darsi edi. O‘qituvchi voqealarni berilib hikoya qilar, kitoblardan bolalarni qiziqtiradigan 
parchalarni o‘qib berar edi. O‘qituvchi o‘quvchilarga bir qator kitoblarni o‘qishni tavsiya qildi va ularni nomini 
daftarga yozdira boshladi. Shu payt bir o‘quvchi qo‘l ko‘tarib: 
-
Mana menda ham shunga oid qiziqarli kitob bor,- dedi. 
-
Joyingda jimgina o‘tir,- deb o‘qituvchi uni o‘tkazib quydi. 
Darsda yuzaga kelgan holatni tahlil qiling. O‘qituvchi qanday xatoga yo‘l qo‘ydi? O‘qituvchining bunday 
muomalasi qanday natijalarga olib kelishi mumkin?
12- MASALA
: 2- sinfda har xil buyumlar: qalam ruchka, rezinka va boshqalar yuqola boshladi. Bir kuni bir 
qizchaning kattaroq banti yo‘qoldi. O‘qituvchi topilmalar byurosining faoliyati haqida gapirib berdi. Bolalar topib 
olingan narsalar qaytarib berilishi to‘g‘risidagi kattalardan eshitgan misollarni aytishdi.
O‘qituvchi qanday tarbiya metodini qo‘llagan. Bu metodning samaradorligi nimalarga bog‘liq 

Download 6,15 Mb.
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   307




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish